O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi
O‘zbekiston Respublikasining horijdagi konsullik muassasalari tomonidan horijiy shaxslar yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish bo‘yicha ariza va hujjatlar qabul qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish bo‘‘yicha ariza va hujjat topshirish uchun arizachi O‘zbekiston Respublikasining horijdagi konsullik muassasasiga shahsan murojaat etishi talab etiladi. Shu bilan birga, quyidagi hujjatlarni ilova etadi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga ariza; O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini qabul qilish va O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash maqsadini bildirgan shaxs, fuqarolikni qabul qilish bo‘yicha arizasida O‘zbekiston Respublikasi hududida turar-joy yoki ish bilan ta’minlanish masalasini ko‘rsatishi lozim;
2. o‘rnatilgan tartib bo‘yicha anketa-ariza;
3. avtobiografiya va yaqin qarindoshlari haqida ma’lumot;
4. 3 ta surat;
5. Horijiy davlat fuqaroligidan chiqqanligini yoki fuqaroligi yoqligi tasdiqlovchi hujjat;
6. Shaxs, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini qabul qilish to‘g’risidagi arizasi bo‘yich to‘plangan hujjatda otasi yoki onasi, buvisi yoki buvasining O‘zbekiston Respublikasi hududida tug’ilganligini isbotlovchi hujjatini ilova etishi lozim.
Fuqarolikka qabul qilish bo‘yicha arizaning ko‘rib chiqilish muddati 1 yilni tashkil etadi. Arizachidan ko‘rib chiqish uchun konsullik to‘lovi 40 AQSh dollari+ma’muriy to‘lov undiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish shartlari quyidagilardan iborat:
1. chet el fuqaroligini rad etish;
2. O‘zbekiston Respublikasi hududida oxirgi besh yil davomida doimiy yashash;
3. O‘zbekiston Respublikasi hududida yashash uchun qonuniy manbaning mavjudligi;
4. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini tan olish.