Bishkekda O'zbekiston davlat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan brifing bo'lib o'tdi
Qirg'iziston oliy o'quv yurtlarida tahsil olayotgan vatandoshlarimiz uchun Bishkekdagi O'zbekiston elchixonasida mamlakatimiz davlat mustaqilligining 30 yilligiga bag'ishlangan brifing bo'lib o'tdi.
Unda I. Oxunboyev nomidagi Qirg'iziston davlat tibbiyot akademiyasi, I. Arabayev nomidagi Qirg'iziston davlat universiteti, M. Ryskulbekov nomidagi Qirg'iziston iqtisodiyot universiteti va boshqa oliy o'quv yurtlari talabalari ishtirok etdi.