SEARCHED FOR:
SHAVKAT MIRZIYOYEV
-
Shavkat Mirziyoyev: Qirg‘iziston bizning muhim strategik hamkorimiz, eng yaqin qo‘shnimiz va vaqt bilan sinalgan do‘stimizdir
2023-01-27 173Tomonlar oxirgi ikki yilda o‘zaro munosabatlarni mutlaqo yangi darajaga olib chiqishga erishgani ta’kidlandi. O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasining delimitatsiyasi yakuniga yetkazilgani esa tarixiy voqea sifatida e’tirof etildi.
Muzokaralarda ikki tomonlama siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, suv-energetika va hududlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston rahbari keyingi yillarda o‘zaro savdo hajmi yetti barobarga ko‘payganini mamnuniyat bilan qayd etdi. O‘tgan yilning o‘zida tovar ayirboshlash 30 foizga oshib, 1,3 milliard dollarga yetdi.
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Global Janub ovozi” onlayn-sammitidagi nutqi
2023-01-12 182“Global Janub ovozi” sammitining barcha ishtirokchilarini samimiy qutlashdan g‘oyat mamnunman.
Hindiston Bosh vaziri, hurmatli Modi janoblariga “Inson manfaatlariga yo‘naltirilgan taraqqiyot” mavzusidagi bugungi muloqotimizni o‘tkazish tashabbusi uchun bildirilgan hamma minnatdorchilik so‘zlariga to‘liq qo‘shilaman.
Ushbu forum Hindistonning “Dunyo – yagona oila” umumbashariy g‘oyasiga sodiq qolayotganidan yaqqol dalolat beradi.
Ishonchim komilki, ushbu tadbirimiz xalqaro miqyosda nufuzi, iqtisodiy, texnologik va intellektual salohiyati tobora yuksalib borayotgan Hindistonning “Katta yigirmatalik”dagi raisligi muvaffaqiyatli o‘tishiga salmoqli hissa qo‘shadi.
-
O‘zbekiston Prezidenti rivojlanayotgan mamlakatlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surdi
2023-01-12 174O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12 yanvar kuni Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi raisligida onlayn shaklda o‘tkazilgan “Global Janub ovozi” sammiti yalpi majlisida nutq so‘zladi.
Hindistonning “Katta yigirmatalik”ka (G20) raisligi doirasida tashkil etilgan tadbirda Vetnam Respublikasi Prezidenti Nguyen Suan Fuk, Gayana Respublikasi Prezidenti Muhammad Irfon Ali, Mozambik Respublikasi Prezidenti Filipe Nyusi, Senegal Respublikasi Prezidenti Maki Sall, Bangladesh Xalq Respublikasi Bosh vaziri Shayx Xasina, Mo‘g‘uliston Bosh vaziri Luvsannamsrayn Oyuun-Erdene, Tailand Qirolligi Bosh vaziri Prayut Chan Ocha, Kambodja Qirolligi Bosh vaziri Xun Sen va Papua - Yangi Gvineya Mustaqil Davlati Bosh vaziri Jeyms Marape qatnashdi.
-
O‘zbekiston Prezidenti Vengriya biznesi bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik uchun keng imkoniyatlar mavjudligini qayd etdi
2022-12-12 189O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-dekabr kuni Vengriyaning eng yirik “OTP” banki boshqaruvi raisi Shandor Chanini qabul qildi.
Oliy darajadagi muntazam uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarga muvofiq Vengriya kompaniyalari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish hamda qo‘shma kooperatsiya loyihalarini ilgari surish masalalari ko‘rib chiqildi.
Davlatimiz rahbari Shandor Chanini “Ipoteka-bank” aksiyalarining davlat ulushini xarid qilish bo‘yicha bitim muvaffaqiyatli yakuniga yetkazilgani va Yevropaning yetakchi bank-moliya instituti O‘zbekiston bozoriga kirib kelgani bilan samimiy tabrikladi.
-
Ўзбекистон Республикаси Президенти Россия Давлат Думаси Раиси билан учрашув ўтказди
2022-11-28 171Ўзбекистон ва Россия ўртасидаги кэнг қамровли стратег шериклик ва иттифоқчилик муносабатларини янада чуқурлаштириш, сиёсий, савдо-иқтисодий ва маданий-гуманитарий соҳалардаги ҳамкорликни ривожлантириш масалалари муқиокама.
Кейинги йилларда парламентлараро мулоқотлар жадал суръат касб этгани, Ўзбекистон в России ҳудудларида янги форматги – икки мамлакат парламентларининг палата ва қўмиталари раҳбарлари даражасида учрашувлар ўтказиш амалиёти жорий қайлингани алодди қайлингани алод.
-
O‘zbekiston Prezidenti Fransiyaning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashdi
2022-11-22 155Prezidentimiz uchrashuv ishtirokchilarini qutlab, rasmiy tashrifning birinchi kunidagi tadbirlar ishbilarmonlik masalalariga bag‘ishlanganiga e’tibor qaratdi.
– Bu O‘zbekiston muhim va ishonchli hamkorimiz – Fransiya bilan iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga intilishi qat’iyligidan yana bir bor dalolat beradi, – dedi davlatimiz rahbari.
Bugun O‘zbekistonda xorijiy investorlar uchun keng imkoniyatlar yaratilgani ta’kidlandi. Valyuta bozori erkinlashtirildi, foydani repatriatsiya qilishga barcha cheklovlar bekor qilindi, banklar, yirik sanoat va infratuzilma obyektlarini xususiylashtirish dasturi boshlandi, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari faol joriy qilinmoqda.
-
Ўзбекистон Президенти ва Франция тараққиёт агентлиги раҳбари кўп қиррали шерикликни кенгайтириш имкониятларини муҳокама қилдилар
2022-11-22 159Суҳбатда давлат-хусусий шериклик механизмларини, энг аввало, таълим, соғлиқни сақлаш ва инфратузилма соҳаларида жорий қилиш, энергетика ва транспортда “яшил” иқтисодиёт лойиҳаларини кенгайтириш, агросаноат мажмуини қўллаб-қувватлаш, хотин-қизлар ва ёшларни ўқитиш ва уларнинг тадбиркорлигини молиялаштириш лойиҳаларини илгари суриш каби устувор йўналишларда амалий шерикликни чуқурлаштириш масалаларига алоҳида эътибор қаратилди.
-
Ўзбекистон Республикаси Президенти ЕТТБ президенти билан учрашув ўтказди
2022-11-16 17716 ноябрь куни «Кўксарой» қароргоҳида Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Хорижий инвесторлар кенгашининг биринчи ялпи мажлиси ҳамда ЕИ ва Марказий Осиё ўртасидаги ўзаро боғлиқлик бўйича Самарқанд конференциясида иштирок этиш учун мамлакатимизга келган Европа тикланиш ва тараққиёт банки президенти Одиль Рено-Бассо билан учрашув ўтказди.
ЕТТБ билан самарали ҳамкорликнинг жорий ҳолати ва уни кенгайтириш истиқболлари кўриб чиқилди.
-
Ўзбекистон Президенти мактабгача таълим соҳасида халқаро ҳамкорликни кенгайтириш бўйича муҳим ташаббусларни илгари сурди
2022-11-15 155Ўзбекистон Президенти соҳада халқаро ҳамкорликни кенгайтириш бўйича муҳим ташаббусларни илгари сурди. Жумладан, кичик ёшдаги болалар учун сифатли таълим муаммоларини глобал даражада самарали ҳал қилиш, биргаликда тезкор ечимлар ва тизимли ёндашувлар ишлаб чиқиш мақсадида мазкур халқаро конференцияни мунтазам равишда ўтказиб бориш таклифи билдирилди.
Бирлашган Миллатлар Ташкилотининг Барқарор ривожланиш мақсадларига уйғун бўлган барча саъй-ҳаракатларни мувофиқлаштириш учун Тошкентда ЮНЕСКОнинг минтақавий марказини ташкил этиш ташаббуси илгари сурилди.
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ta’lim berish bo‘yicha ikkinchi Butunjahon konferensiyasi ochilish marosimidagi nutqi
2022-11-15 186So‘nggi yillarda YUNЕSKO bilan ta’lim, fan, madaniy meros, axborot va kommunikatsiya sohalarida hamkorligimiz jadal rivojlanib bormoqda.
Jumladan, mazkur tashkilot ko‘magida yurtimizdagi butunjahon madaniy meros ob’ektlarini asrab-avaylash, qadimiy Buyuk Ipak yo‘lida mavjud bo‘lgan madaniy aloqalarni qayta tiklash, ta’lim tizimi sifatini oshirish va barkamol avlodni tarbiyalash, O‘zbekistonda yoshlarning mehnat ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha qator muhim dastur va loyihalar samarali amalga oshirib kelinmoqda.