-
Xorijiy davlat rahbarlari O‘zbekiston Prezidentini saylovdagi g‘alabasi bilan tabriklamoqda
2021-10-29 321Mamlakatimizda 2021 yil 24 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovda Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Prezidenti lavozimiga qayta saylangani munosabati bilan uning nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlaridan samimiy tilaklar bildirilgan qutlovlar kelmoqda, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga tayanib.
-
Turkmaniston Prezidenti Mustaqillik maydoniga tashrif buyurib, Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi
2021-10-04 333Prezident Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan bugun O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Mustaqillik maydonida Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
-
Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berish 14-20 oktabr kunlari o‘tkazilishini belgiladi
308O‘zbekiston Prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berish 14-20 oktabr kunlari o‘tkaziladi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
-
MDH IJROIYA QO‘MITASI RAISINING BIRINCHI O‘RINBOSARI LEONID ANFIMOVNING O‘ZBEKISTONGA TASHRIFI
2021-10-04 320Avval xabar berilganidek, joriy yilning 24-oktabrida mamlakatimizda muhim siyosiy tadbir - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi munosabati bilan Markaziy saylov komissiyasi taklifiga binoan, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi saylovlarni kuzatish missiyasi tashrif buyurdi.
Missiyaning uzoq muddatli kuzatuvchilari delegasiyasiga MDH ijroiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Leonid Anfimov boshchilik qildi.
L.Anfimov tashrif davomida Markaziy saylov komissiyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi hamda siyosiy partiyalar saylovoldi shtablari rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. -
Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi
2021-09-30 328Komissiya a’zolari dastlab Nogironligi bo‘lgan shaxslarning saylov huquqlarini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishdi.
Markaziy saylov komissiyasi saylovlarga tayyorgarlik jarayonida nogironligi bo‘lgan fuqarolarning alohida ehtiyojlariga hamisha jiddiy e’tibor qaratib keladi. Saylov kodeksining 31-moddasida Saylov byulletenlarini Brayl alifbosi asosida to‘ldirish uchun trafaretlar tayyorlanishi mumkinligi belgilangan.
-
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylariga bayram tabrigi yo‘lladi
2021-09-30 402Ushbu qutlug‘ ayyomda siz, zahmatkash ustozlarga ko‘nglimizda, yuragimizda bo‘lgan yuksak hurmat-ehtirom va ezgu tilaklarni so‘z bilan to‘liq ifoda etish qiyin, albatta. Chunki sizlar dunyodagi eng bebaho boylik va boqiy merosni yaratish, uni xalqimizga, unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodimizga bezavol yetkazish yo‘lida chinakam fidoyilik ko‘rsatib mehnat qilayotgan ulug‘ insonlarsiz. Bu ulkan boylik – aql-zakovat va ilm, bu o‘lmas meros – yaxshi tarbiyadir.
-
Mamlakatimizda MDH saylovlarni kuzatish missiyasi o‘z faoliyatini boshladi
2021-09-30 30629-sentabr kuni Markaziy saylov komissiyasida Kuzatuvchilar missiyasi a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayev mehmonlarni saylov kampaniyasi bilan tanishtirib, saylov O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi hamda Saylov kodeksiga muvofiq ochiq va oshkora o‘tkazilayotganini ta’kidladi.
-
O‘zbekiston va Qirg‘iziston yetakchilari ikki mamlakat mustaqilligining 30 yilligi bilan bir-birini qutladilar
2021-08-30 311Suhbat avvalida davlat rahbarlari ikki mamlakat mustaqilligining 30 yilligi bilan bir-birini dildan qutlab, birodar O‘zbekiston va Qirg‘iziston xalqlariga tinchlik, farovonlik va ravnaq tiladilar.
O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yana-da mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
-
Bishkekda O'zbekiston davlat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan brifing bo'lib o'tdi
2021-08-30 462Elchi Xurshid Mirzaxidov o'z nutqida respublika mamlakat uchun tarixiy ahamiyatga ega bo'lgan, jumladan, Markaziy Osiyoda yaxshi qo'shnichilik munosabatlarini o'rnatish, mintaqa davlatlari bilan barcha masalalar bo'yicha amaliy muloqot qilish borasida o'zining 30 yillik mustaqilligini mashhur 15 ta muhim islohotlar bilan nishonlashga tayyorgarlik ko'rayotganini ta'kidladi.
-
O‘zbekiston Prezidenti O‘zbekiston qahramonlari mehnatini eʼtirof etdi
2021-08-29 334Davlatimiz rahbari «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni bilan taqdirlangan to‘rt nafar yurtdoshimiz mehnatlarini eʼtirof etdi.