-
Prezident: Bu savob ishning ajr-u mukofoti juda ulkan
2022-04-22 312Davlatimiz rahbari oilaviy bolalar uyi tashkil etgan ota-onalar bilan uchrashdi.
Shavkat Mirziyoyev rahbar sifatida qat’iyatli va talabchan bo‘lsa, shaxs sifatida mehribon va e’tiborli inson. Buni uning keksalarga, bolalarga, ehtiyojmand odamlarga munosabatidan bilsa bo‘ladi.
Davlatimiz rahbari Jizzax viloyati hokimi bo‘lganida Mehribonlik va Muruvvat uylarini tartibga keltirgani, Samarqandda ko‘zi ojiz bolalar internatiga borganini odamlar haligacha eslaydi.
-
Умуминсоний қадриятлар акс этган янги ҳаёт нафаси «Бойсун баҳори» элларни, дилларни ўзаро боғлайди
2022-04-21 302Вазирлар Маҳкамасининг жорий йил 7 февралдаги қарорига мувофиқ, 7-8 май кунлари Бойсун туманида халқимизнинг кўп асрлик қадриятларини тараннум этувчи «Бойсун баҳори» халқаро фольклор фестивали бўлиб ўтади. Ҳозир ЮНЕСКО, Маданият вазирлиги, Туризм ва маданий мерос вазирлиги ҳамда Сурхондарё вилояти ҳокимлиги ҳамкорлигида ўтказиладиган ушбу халқаро санъат анжуманига ҳар жиҳатдан пухта ҳозирлик кўрилмоқда.
-
O‘zbekistonda oltinchi xalqaro jaz festivali o‘tkaziladi
2022-04-21 302Qayd etish joizki, O‘zbekiston xalqaro jaz bayramida 2015 yildan buyon ishtirok etib kelmoqda. Bu galgi festival doirasida O‘zbekiston davlat konservatoriyasida o‘zbekistonlik va xorijlik jaz ijrochilarining 20 ga yaqin konserti bo‘lib o‘tadi va ular asosiy makonga aylangani holda jazning 85 yilligini nishonlaydi. Shuningdek, Xiva shahrining Ichon qalʼasida ochiq havoda, Urganch shahridagi Ogahiy nomidagi musiqali drama teatrida, Buxoro shahridagi musiqali drama teatri va Ilxom teatrida konsertlar namoyish etiladi.
-
Toshkentda ShHTga aʼzo davlatlar vakolatli organlari rahbarlarining giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha 12-majlisi yakunlandi
2022-04-21 316«Bugungi kunda giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashish mavzusi mintaqada paydo bo‘layotgan giyohvandlik holati va SHHTga aʼzo davlatlar xavfsizligiga aniq-ravshan tahdid fonida tobora dolzarb tus olmoqda. 2021 yil O‘zbekistonda giyohvand moddalar bilan bog‘liq vaziyat afg‘on afyunlari noqonuniy savdosining kengayishi, xususan, sintetik giyohvandlik vositalarining intensiv tarqalishi bilan tavsiflandi. Asosiy muammolar orasida kuchli giyohvand moddalarni suisteʼmol qilishni kuchaytirish tendensiyasi ham mavjud», dedi O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Giyohvand moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi direktori Olim Narzullayev o‘z nutqida.
-
56-xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi
2022-04-20 313Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi 1948 yilda tashkil etilgan bo‘lib, dunyodagi nufuzli olimpiadalardan biri hisoblanadi. U har yili 30 ga yaqin davlat ishtirokida dunyoning turli mamlakatlarida o‘tkaziladi.
Maʼlumot uchun, 55-xalqaro Mendeleyev olimpiadasi pandemiya sabab onlayn shaklda o‘tkazilgan edi. Unda o‘zbekistonlik o‘quvchilar 1ta oltin, 4ta kumush va 2ta bronza medalni qo‘lga kiritgan edi.
-
ТЕРРОРИЗМГА ҚАРШИ КУРАШДА ИНСОН ҲУҚУҚЛАРИНИ ТАЪМИНЛАШ
2022-02-25 3262022 йил 3-4 март кунлари Тошкент шаҳрида “БМТнинг Глобал аксилтеррор стратегиясини амалга ошириш бўйича Биргаликдаги ҳаракатлар режаси доирасида Марказий Осиё мамлакатларининг минтақавий ҳамкорлиги” мавзуида ўтказиладиган халқаро конференция ғоят муҳим ва долзарб аҳамиятга эга. Ушбу глобал анжуман минтақа мамлакатлари ва жаҳон ҳамжамияти саъй-ҳаракатларини терроризмга қарши ҳамжиҳатлик билан курашишда бирлаштириш ҳамда фаоллаштириш учун даъват этишга қаратилган.
-
Тошкент яна бир нуфузли халқаро анжуманни қабул қилади
2022-02-24 337Хорижий шериклар томонидан кенг кўламда қўллаб-қувватланаётган ушбу муҳим воқеа Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев томонидан БМТ Бош Ассамблеясининг 75-сессиясида илгари сурилган ташаббуснинг амалий ифодасига айланади ва Марказий Осиёда БМТ Глобал аксилтеррор стратегиясини амалга оширишда минтақа давлатлари ва жаҳон ҳамжамияти саъй-ҳаракатларини бирлаштиришга салмоқли ҳисса қўшади.
-
Prezident mo‘ynoqliklar bilan muloqot qildi
2022-02-23 349O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-fevral kuni Mo‘ynoq shahriga keldi.
Ma’lumki, bu yer mamlakatimizning olis hududlaridan biri. Eng yaqin shahar – Qo‘ng‘irotgacha 100, Qoraqalpog‘iston markazi – Nukusgacha 200 kilometr masofa bor. Bu kommunikatsiyada qiyinchilik tug‘dirishi tabiiy. Shu bois mo‘ynoqliklarning hayoti, sharoitlariga davlatimiz rahbarining e’tibori boshqacha. Bu hududni rivojlantirish bo‘yicha ikkita qaror qabul qilinib, manzilli dasturlar amalga oshirilgan.
-
Prezident yo‘l inshootlarini ko‘zdan kechirdi
2022-02-19 336Davlatimiz rahbari Toshkent aylanma yo‘li bo‘yida “boks strit” qurish loyihasi bilan tanishdi.
Yo‘l bo‘yida tashkil etiladigan bunday majmualar dunyo tajribasida bor. Unda kechayu kunduz ishlaydigan savdo, ovqatlanish va maishiy xizmat shoxobchalari bo‘ladi. Ularni arzon va tez qurish maqsadida yuk konteynerlaridan foydalanilmoqda.
-
Shavkat Mirziyoyev: Mahalla - davlatning zamini
2022-02-18 394Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangihayot tumanidagi Do‘stlik mahallasi hayoti bilan tanishdi.
Bu yerda 11 ta ko‘p qavatli uy bo‘lib, 4 ming nafardan ziyod aholi yashaydi. Mahalla hududida kasb-hunar kolleji, maktabgacha ta’lim muassasasi, dorixonalar, do‘kon va maishiy xizmat shoxobchalari bor.
Ilgari bu yer biroz e’tibordan chetda qolgan edi. O‘tgan yili “Obod mahalla” dasturi doirasida hudud obodonlashtirildi. Bolalar o‘yingohi, sport maydonchasi, savdo va kasanachilik do‘konlari barpo etildi.