-
Hurmatli mehmonlar!
2022-04-28 318O‘zbekiston Respublikasining Bishkek shahridagi elchixonasining may bayramlaridagi ish tartibi haqida ma’lumot beramiz.
-
“Иннопром-2022: Марказий Осиё” – технологик жиҳатдан кескин ривожланиш макони
2022-04-26 31725 апрель куни Ўзбекистон пойтахтида «Иннопром. Марказий Осиё» Халқаро саноат кўргазмаси ўз ишини бошлади. Бу минтақада инвестициявий, саноат ва савдо-иқтисодий ҳамкорликни фаоллаштириш, шунингдек, янги ишбилармонлик алоқаларини ўрнатиш ҳамда Марказий Осиё мамлакатлари корхоналари ўртасида саноат кооперациясини ривожлантиришга қаратилган энг йирик тадбирдир.
Ўзбекистон Инвестициялар ва ташқи савдо вазирлиги ҳамда Россия Саноат ва савдо вазирлиги тадбир ташкилотчилари ҳисобланади.
-
Elchixona Bishkekda o'zbekistonlik talaba yoshlar o'rtasida mini-futbol bo'yicha musobaqa o'tkazdi
2022-04-25 316Tadbir talabalarga bir-birlari bilan yaqindan tanishish, muloqot almashish, sport do'stligini mustahkamlash imkonini berdi.
Musobaqa yakunlariga ko'ra yoshlar o'rtasida Qirg'iziston milliy universiteti futbol jamoalari birinchi va ikkinchi o'rinlarni, uchinchi o'rinni Qirg'iziston iqtisodiyot universiteti talabalari egalladi.
-
“ИННОПРОМ. Марказий Осиё”: Йирик инвесторлар ва юқори даражадаги меҳмонлар платформаси
2022-04-25 330Дунёнинг ўнлаб мамлакатларидан келган турли соҳа вакилларининг профессионал мулоқоти учун яратилган ушбу ноёб майдонча Ўзбекистоннинг иқтисодий, инвестициявий, саноат ҳаётидаги яна бир кенг кўламли воқеадир.
Тадбирдан кўзланган асосий мақсад саноат соҳасидаги энг янги технологиялар ва ишланмаларни тарғиб қилиш, янги ишбилармонлик алоқаларини ўрнатиш, битимлар тузиш ва натижада саноат кооперацияси бўйича янги лойиҳаларни амалга оширишдан иборатдир.
-
O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari “Innoprom. Markaziy Osiyo” ko‘rgazmasi ochilishi arafasida jurnalistlar va blogerlar bilan jonli muloqot o‘tkazdi
2022-04-24 309Biz yiliga bir marta, ya’ni ko‘rgazma paytidagina ishlash kerak, deb hisoblamaymiz. “O‘zekspomarkaz” hududidagi faoliyatimizga muntazamlik bag‘ishlab, ma’lum tizim yaratish, muayyan turdagi doimiy formatlarni tashkil qilish niyatidamiz.
-
O‘zbekiston “Markaziy Osiyo – Rossiya” 5-Vazirlar uchrashuvida ishtirok etdi
2022-04-23 319Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuv kun tartibiga mintaqa davlatlari va Rossiya o‘rtasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikka oid, jumladan, Markaziy Osiyoda barqarorlikni saqlash, terroristik va ekstremistik tahdidlarga qarshi kurashish, islohotlarni amalga oshirish va barqaror rivojlanishni rag‘batlantirish, jadal iqtisodiy o‘sish va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, eksport salohiyatini yuksaltirish, hududlararo turizmni rivojlantirish, kiber- va biologik xavfsizlik, shuningdek mintaqa davlatlari o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish kabi masalalar kirdi.
-
Сенатнинг йигирма бешинчи ялпи мажлиси 28 апрель куни чақирилади
2022-04-22 314«Почта алоқаси тўғрисида»ги, «Ичимлик суви таъминоти ва оқова сувларни чиқариб юбориш тўғрисида»ги, «Қўриқлаш фаолияти тўғрисида»ги, «Халқаро тижорат арбитражи тўғрисида»ги Ўзбекистон Республикаси Қонуни қабул қилинганлиги муносабати билан Ўзбекистон Республикасининг айрим қонун ҳужжатларига ўзгартиш ва қўшимчалар киритиш ҳақида»ги, «Кўп квартирали уйларни бошқариш тизими такомиллаштирилиши муносабати билан Ўзбекистон Республикасининг айрим қонун ҳужжатларига ўзгартиш ва қўшимчалар киритиш тўғрисида»ги қонунлар шулар жумласидандир.
-
ШҲТ ёшлар лойиҳаларини амалга оширишга катта эътибор қаратмоқда
2022-04-22 299ШҲТ котибиятида ўтказилган ушбу учрашувда, шунингдек, Ташкилотга аъзо давлатларнинг дипломатия миссиялари вакиллари ҳам иштирок этдилар.
Бош котиб ўз нутқида ШҲТ маконида турли-туман ёшлар лойиҳаларини амалга ошириш ва ёшлар билан ишлаш ташкилот олдида турган таҳдидлар таъсирига қарамай, унинг фаолиятидаги муҳим қисм эканлигини таъкидлади.
-
Kasbida yana bir mahalla obod bo‘ldi
2022-04-22 311Prezident Shavkat Mirziyoyev Kasbi tumanidagi "Qamashi" mahallasida bo‘ldi.
Bu yerda 6 ming nafardan ziyod aholi yashaydi. Ularga qulay ijtimoiy sharoitlar yaratish maqsadida hududda “Obod qishloq” dasturi amalga oshirildi.
Mahallaga olib keluvchi yo‘l bo‘yida 40 dan ortiq yengil konstruksiyali savdo va xizmat shoxobchalari qurildi. Bu orqali 200 nafarga yaqin aholi ishli bo‘ldi.
Xonadonlar elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvi bilan ta’minlandi. 8 kilometrdan ortiq ichki yo‘llarga asfalt, 18 kilometrdan ziyod qismiga qum-shag‘al yotqizildi.
-
Prezident yoshlarning kasbga intilishini qo‘llab-quvvatladi
2022-04-22 308Davlatimiz rahbari Koson tumanidagi “Ishga marhamat” monomarkazini borib ko‘rdi.
Bu yerda texnika va xizmat ko‘rsatish sohalarida 20 ga yaqin kasb-hunarga o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan. O‘quv va mashg‘ulot xonalari tegishli uskuna, kompyuter, mulyaj va boshqa jihozlar bilan ta’minlangan.
Eng muhimi, o‘qish, o‘rganish yoshi chegaralanmagan. Bu yerda barcha istovchilar, vaqtincha ishsiz kishilar ham kelishi mumkin. Bunday imoniyatdan foydalanib, aholi mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan elektrik, santexnik, payvandchi, oshpaz, qandolatchi, sartarosh va tikuvchi kabi kasblarni o‘rganmoqda.