Yangiliklar


          2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Ozbekiston Respublikasi va Qirgiziston Respublikasi Prezidentlarining telefon orqali muloqoti togrisida

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 15 fevral kuni Qirgiziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Muloqot avvalida davlat rahbarlari Ozbekiston Respublikasi va Qirgiziston Respublikasi ortasida diplomatik munosabatlar ornatilganining 25 yilligi munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutladilar.

Otgan davrda qardosh xalqlarimiz ortasidagi kop asrlik dostlik va yaxshi qoshnichilik rishtalarini mustahkamlash, ozaro manfaatli Ozbekiston Qirgiziston hamkorligini salmoqli darajada kengaytirishga erishilgani chuqur mamnuniyat bilan qayd etildi.

Tomonlarning siyosiy irodasi va amaliy say-harakatlari tufayli ozaro munosabatlar strategik sheriklik darajasiga yetgani alohida takidlandi.

2017 yilda uch marta oliy darajadagi tashrif muvaffaqiyatli amalga oshirildi, ularning yakuni boyicha hamkorlikning dolzarb masalalariga oid muhim kelishuvlarga erishildi, Ozbekiston Qirgiziston davlat chegaralari togrisida shartnoma va boshqa bitimlar imzolandi.

Ozaro tovar ayirboshlash korsatkichlari jadal suratlarda osmoqda, ishlab chiqarish kooperatsiyasi kolami kengaymoqda. Transport kommunikatsiyalari sohasida, jumladan, "Ozbekston Qirgiziston XXR" yonalishi boylab avtomobil qatnovini yolga qoyish va temir yol qurishga doir strategik loyihalar amalga oshirilmoqda.

Ikki mamlakat hududlari ortasida samarali hamkorlik mexanizmlari yolga qoyildi. Madaniy-gumanitar sohadagi almashinuvlar faollashdi.

Muloqotda davlat rahbarlari oliy darajadagi ozaro tashriflar davomida erishilgan kelishuvlarni oz vaqtida amalga oshirish zarurligini qayd etdilar. Ikki tomonlama va kop tomonlama hamkorlikning boshqa masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Muloqot yakunida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirgiziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov mamlakatlarimiz va xalqlarimiz manfaatlari yolida dostlik, yaxshi qoshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga qatiy intilishini takidladilar.

 

Manba: OzA

 

 


 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018