2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Sayyohlar oqimi tobora ortib borayotgan bugungi kunda davlatimiz chegaralari qatiy nazorat ostida

 

 

Ozbekiston Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoshinlari qomondonligi tomonidan davlatimiz chegaralari xududlari boylab press-tur tashkil etildi. Bundan kozlangan maqsad, chegarachilarning xalqimiz xavfsizligini taminlash yolidagi mashaqqatli xizmatini keng jamoatchilikka yetkazishdir.

Press-tur dasturidan Ozbekiston Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoshinlari qomondonligi tarixi muzeyi bilan tanishish ham orin oldi. Jurnalistlar, shuningdek, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportining chegara nazorati punktlari hamda Qozogiston bilan chegarada joylashgan Gishtkoprik punkti va Termiz daryo portida boldi?.

2017-yilda 22 milliondan ortiq fuqaro chegara nazorati punktlaridan otgan, ularning 7 millionga yaqini chet el fuqarolaridir. Ushbu punktlarda 920 mingdan ziyod transport vositasi, jumladan, 400 mingdan ortiq chet el transport vositalari tekshiruvdan otkazilgan.

Joriy yilning birinchi choragida ham Ozbekiston, ham chet el fuqarolarining mamlakatimizga kelib-ketishi otgan yilning shu davriga nisbatan ortgani kuzatilmoqda.

Otgan yili 32 milliard somlik (OR MB kursi 09.04.2018 da, 1$= 8100.92 som) qiymatdagi moddiy boyliklar mamlakatimizga noqonuniy ravishda olib kirilishi va yurtimizdan olib chiqib ketilishining oldi olingan, 48,971 kilogramm giyohvand modda, 285 dona qurol-yarog, 1 million 880 ming AQSh dollari miqdoridagi valyuta ushlab qolingan.

Bugungi kunda yurtimizda 69 ta kirish va chiqish chegara nazorati punkti mavjud bolib, ularning 49 tasi xalqaro, 14 tasi ikki tomonlama, 6 tasi soddalashtirilgan nazorat tartibiga ega chegara nazorati punktlaridir. Chegara nazorati punktlarining 38 tasi avtomobil yollarida, 18 tasi temir yollar, 12 tasi aeroportlar va bittasi daryo portida joylashgan.

Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-dekabrdagi Ozbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali otkazish punktlarida chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratini tashkil etish tartibini takomillashtirish togrisidagi qaroriga muvofiq, Shaxslar, transport vositalari va tovarlarni Ozbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali otkazish punktlarida chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratidan otkazish tartibi togrisida nizom hamda 2018 2020 yillarda Ozbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali otkazish punktlarini texnik vositalar bilan jihozlashni takomillashtirish boyicha tadbirlar rejasi tasdiqlangan.

Masalan, poytaxtimiz aeroporti har hafta, charter reyslarni hisobga olmaganda, 155 muntazam aviareyslarni qabul qiladi. Yolovchilarning pasportini tekshiruvchi nazoratchilar ikki smenada ishlaydi, 50 ish orni mavjud.

Malumki, Prezidentimizning joriy yil 3-fevraldagi Ozbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish boyicha qoshimcha tashkiliy chora-tadbirlar togrisidagi farmoniga kora, dunyoning 39 mamlakati bilan vizasiz tartib joriy etildi, turistik firmalar uchun katta soliq imtiyozlari yaratildi. Bu esa, mamlakatimiz yanada kop sayyoh qabul qilishga tayyor ekanini bildiradi. Poytaxt aeroportiga tashrifimiz chogida mazkur jarayonga puxta tayyorgarlik olib borilayotganiga ishonch hosil qildik.

Xususan, mahalliy yonalishlarga xizmat qilgan sobiq aeroport binosida rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmoqda, ishlar yakunlangach, bu yerda aviayolovchilar pasportini tekshirish boyicha 24 ish orni yaratiladi.

Biz Moskvadan kelgan yolovchilardan birini suhbatga tortdik.

Ilgari pasport nazoratidan otish va yukimizni olish uchun kop kutib qolar edik, deydi shahrisabzlik Ulugbek Mahmudov. Toshkent aeroporti binosida qoshimcha nazorat kabinalari tashkil etilganidan song ahvol ancha yaxshilandi. Xorijiy mehmonlarga ham bu manzur bolmoqda.

Chegeradan otishda avtomobil yolidagi Gishtkoprik chegara nazorat punktidan foydalanayotganlar ham sohadagi ozgarishlarni keng etirof etmoqda. Chimkentga uzatgan qizinikiga borib qaytayotgan samarkandlik Eshmamat Rahimov Gishtkoprik chegara nazorat punkti bolgan ozgarishlardan mamnunligini bildirdi.

Chegaradan otish jarayonlari sezilarli darajada soddalashgani uchun Prezidentimizdan minnatdorman, deydi oqsoqol. Ozaro muloqot, madaniy aloqalar uchun shunday ajoyib imkoniyatlar yaratilayotganidan butun xalqimiz xursand.

Shundan song Ozbekiston harbiy-havo kuchlari harbiy-transport samolyoti OAV vakillarini Termiz shahriga yetkazdi. Bu yerda biz Afgoniston bilan chegarani qoriqlash tartibi bilan yaqindan tanishish imkoniga ega boldik. Jurnalistlarga xizmat itlari yordamida shartli chegarabuzarlarni ushlash, daryo chegarasini jangovar katerlar yordamida qoriqlash, chegarani qoriqlashda uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish, daryo portida chegaradan otish tartibi namoyish etildi.

Safar yakunida Ozbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi orinbosari, Chegara qoshinlari qomondoni polkovnik Oybek Qosimov jurnalistlarga esdalik sovgalari topshirdi.

 

Manba: OzA

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018