Yangiliklar


          2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Ozbekiston Prezidenti "Jeneral Elektrik" kompaniyasi vitse-prezidentini qabul qildi

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 15 fevral kuni mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bolib turgan AQShning "Jeneral elektrik" kompaniyasi vitse-prezidenti Ronald Jeyms Pollettni qabul qildi.

"Jeneral elektrik" kompaniyasi jahonning kop tarmoqli yetakchi korporatsiyalaridan biridir. Bugungi kunda energetika, mashinasozlik, aniq uskunasozlik, elektr texnikasi, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari, zamonaviy tibbiyot texnologiyalari, moliya va boshqa koplab sohalarda faoliyat yuritadi.

Kompaniya dunyoning 180 dan ortiq mamlakatida faoliyat yuritmoqda, uning korxonalarida 300 mingdan ziyod kishi mehnat qiladi. Otgan yil yakunlariga kora, kompaniya 120 milliard dollardan ziyod daromad olgan.

Uchrashuvda "Jeneral elektrik" kompaniyasining mamlakatimizdagi faoliyati kengayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Bugungi kunda Ozbekistonda energetika infratuzilmasi obektlarini modernizatsiya qilish, jumladan, Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasida zamonaviy bug-gaz qurilmalarini qurish, Toshkent issiqlik elektr stansiyasi quvvatlarini kengaytirishning ikkinchi bosqichini amalga oshirish, Pskom gidroelektr stansiyasini barpo etish, gaz yetkazish tizimini rivojlantirish borasida qator ustuvor loyihalar, shuningdek, fuqaro aviatsiyasi va sogliqni saqlash sohalarida qoshma dasturlar ishlab chiqilmoqda va amalga oshirilmoqda.

Davlatimiz rahbari energetika tarmogidagi ozaro manfaatli texnologik sheriklik hamda ishlab chiqarish kooperatsiyasi sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini alohida takidladi.

Mamlakatimizda, jumladan, xorijning yetakchi mutaxassislari va ekspertlarini jalb qilgan holda, yuqori malakali kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlik masalalariga alohida etibor qaratildi.

Ronald Jeyms Pollett Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul hamda yuqori texnologiyali tarmoqlarda ikki tomonlama hamkorlikka doir loyiha va dasturlarni har tomonlama qollab-quvvatlagani uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.

"Jeneral elektrik" kompaniyasi mamlakatimiz korxona va tashkilotlari bilan uzoq muddatli va keng kolamli hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanini takidladi.

 

Manba: OzA

 

 


 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018