Yangiliklar


          2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Ozbekiston Kann kinofestivalida ishtirok etadi

Fransiyada otadigan 71-Kann xalqaro kinofestivalida ilk bor Uzbekistan paviloni tashkil etiladi.

2018-yilning 8-19-may kunlari Fransiyaning mashhur Kruazet bulvaridagi Festivallar va kongresslar saroyida otkaziladigan xalqaro kinofestivaldagi yurtimiz paviloni Ozbekiston yoshlar ittifoqi, Kinematografiyani rivojlantirish markazi hamda Yosh kinoijodkorlar kengashi tomonidan tashkil etilmoqda.

Bu borada Kinematografiyani rivojlantirish markazi Kann kinofestival direksiyasi bilan shartnoma imzolagan.

Har yili tashkil etiladigan kinofestival kino olamidagi asosiy madaniy voqealardan biri hisoblanadi. Otgan yilning ozida mazkur tadbirda 118 mamlakatdan 12 mingdan ortiq ishtirokchi royxatga olingani festival nufuzi ortib borayotganidan dalolatdir.

Pavilon qatnashchilari mehmonlarga Ozbekiston kinoijodkorlarining filmlari hamda mamlakatimizning kino sanoati haqida malumotlar taqdim etadi. Shu yerda 2018-yilning oktyabr oyida Toshkent shahrida bolib otadigan, joriy yildan boshlab xalqaro kinofestival maqomini olgan PROlogue loyihasi taqdimoti ham otkaziladi.

Mazkur voqea yoshlar tashabbusining davlatimiz rahbari tomonidan qollab-quvvatlayotganining amaliy ifodasidir.

 

Manba: OzA

 


 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018