2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Uzbekistan: soliq sohasi tubdan isloh etiladi

 

 

Toshkentdagi Ozekspomarkaz milliy korgazmalar majmuida bolib otgan Xalqaro press-klub sessiyasida Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi tomonidan ishlab chiqilgan Ozbekiston Respublikasi soliq tizimini isloh qilish konsepsiya loyihasi keng jamoatchilik etiboriga havola etildi. Unda ekspertlar, tadbirkorlar, xalqaro moliyaviy institutlari, diplomatik korpus vakillari ishtirok etdi.

Bugun soliq mamuriyatchiligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, bu borada ilgor xorijiy tajribadan unumli foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ochiq aytish kerak, tadbirkorlik subyektlariga nisbatan saqlanib qolayotgan yuqori darajadagi soliq yuki, soliqlar turining kopligi, ularning mamuriyatchilik jarayoni murakkabligi iqtisodiyotimiz ravnaqiga tosqinlik qilmoqda. 2018-2020 yillarga moljallangan soliq islohoti konsepsiyasi loyihasida ana shu goyat dolzarb masalalarga muhim etibor qaratilgan.

Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori orinbosari Gozal Islomova, moliya vaziri orinbosari Vyacheslav Pak, Davlat soliq qomitasi raisining birinchi orinbosari Bekzod Musayev va boshqalar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 13-fevraldagi Soliq qonunchiligini tubdan takomillashtirish boyicha tashkiliy chora-tadbirlar togrisidagi farmoyishiga muvofiq ishlab chiqilgan mazkur konsepsiya bir qator muhim ozgarishlarni qamrab olgani haqida gapirdi.

Soliq konsepsiyasini ishlab chiqishdan asosiy maqsad Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan tadbirkorlarni, keng aholi qatlamini qollab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish, ularga soliq mamuriyatchiligida imkoniyatlar yaratishdir, deydi Davlat soliq qomitasi raisining birinchi orinbosari Bekzod Musayev. Bunda asosiy etibor ish beruvchi tomonidan tolanadigan turli soliq yukini yengillashtirishga qaratilgan. Ulardan biri qoshimcha qiymat soligini kamaytirish. Bugungi kunda deyarli barcha mamlakatlarda qoshimcha qiymat soligi 20 foiz etib belgilangan. Soliq konsepsiyasi loyihasida esa bu miqdor Ozbekistonda 12 foizga tushirilishi belgilanmoqda. Asosiy maqsad tadbirkorlikni rivojlantirishga keng yol ochib berishdir.

Bugun Ozbekistonda 19 soliq turi mavjud. Endilikda soliqlar yukini kamaytirish, ularni soddalashtirish rejalashtirilmoqda.

Bu konsepsiya tadbirkorlarga haqiqiy yordam bolmoqda. Avvalo, qoshimcha qiymat soligi stavkasi pasaytirilishi va yuridik shaxslarning deyarli barchasi shu soliq toloviga otishi ahamiyatlidir, deydi tadbirkor Zafar Hoshimov. Qoshimcha qiymat soligi juda foydali soliq. Bu qiymat tugdirish zanjiri uzluksizligini taminlaydi, pirovardida, umumiy soliq miqdorini qisqartiradi. Hozirgi kunda respublikamizda mavjud yuridik shaxslarning faqatgina 3 foizi qoshimcha qiymat soligi tolaydigan tadbirkorlar hisoblanadi. Qolgan 97 foiz ishbilarmon doira vakillari yagona soliq tizimiga otib ketgandi. Agar bunga iqtisodiy nuqtai nazardan qarasak, yalpi ichki mahsulotining ham qisqargan holda korsatilishiga va soliq tolanadigan bazaning kamayishiga olib keladi. Qolaversa, kopgina yirik biznesmenlar qoshimcha qiymat soligini tolashdan qochib, tashkilotini 3-4 yuridik qismga bolib yuborgan edi. Konsepsiyada ana shu kabi omillarga jiddiy etibor qaratilgan.

Ozbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari soliq tolashida katta tafovut yuzaga kelgan. Bugungi kunda kichik biznes subyektlarining mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 50 foizdan oshadi. Biroq ularning soliqlar tushumidagi ulushi 7 foizdan sal koproqdir. Oz navbatida, mamlakatda ishga yaroqli aholi soni 13 milliondan ortiq. Davlat soliq organlari hisobiga kora, ulardan 5,7 million nafari rasman ishlaydi. Yani daromad soligi tolaydi.

Tadbirda bu holatga alohida izoh berildi.

Hozir ish beruvchi oz xodimiga, aytaylik, 1 million som (OR MB kursi 06.04.2018 da, 1$=  8 100,92 som) oylik beradigan bolsa, barcha soliqlar qoshib hisoblanganda, jami 55 foizgacha soliq tolashiga togri keladi. Tabiiyki, bu tadbirkorga ogirlik qiladi. Shu sabab, endilikda buni 25 foizgacha tushirish moljallanayapti. Bu, albatta, tadbirkorlarga yengillik yaratadi.

Ozbekiston Respublikasi soliq tizimini isloh qilish konsepsiyasi tahlili barcha tadbirkorlar uchun umumiy soliq yukini kamaytirishga xizmat qiladi.

 

Manba: OzA

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018