2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Prezidentning yangi qarori: Fan doktori ilmiy darajasi bolgan professorlar mehnat haqi miqdori 38-44 foizga oshiriladi

 

Respublika oliy talim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining mehnatiga haq tolash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 apreldagi PQ-3655-son qarori

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy talim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari togrisida 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-sonli qarori ijrosini taminlash, shuningdek, oliy talim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining mehnatiga haq tolash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:

1. Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oliy va orta maxsus talim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2018 yil 1 sentyabrdan boshlab bazaviy lavozim maoshlari miqdorlarini tabaqalashtirilgan holda:

oliy talim muassasalari rahbar xodimlari va professor-oqituvchilarining ortacha 25 foizga va stajer-oqituvchi hamda fan doktori ilmiy darajasiga ega professor ish haqining miqdorlari ortasidagi tafovutni ikki baravargacha oshirish;

ilmiy-tadqiqot muassasalarining fundamental, amaliy tadqiqotlar ilmiy-texnik dasturlarini amalga oshirish va innovatsiya ishlarida ishtirok etayotgan ilmiy xodimlarining ortacha 25 foizga va stajer-tadqiqotchi hamda fan doktori ilmiy darajasiga va professor ilmiy unvoniga ega bosh ilmiy xodim ish haqining miqdorlari ortasidagi tafovutni ikki baravargacha oshirish togrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

2. Belgilab qoyilsinki, 2018 yil 1 sentyabrdan boshlab:

bazaviy doktoranturada talim olayotgan shaxslarga ilmiy unvon yoki ilmiy darajaga ega bolmagan (2 yilgacha ilmiy faoliyat tajribasiga ega bolgan) kichik ilmiy xodimning lavozim maoshi bazaviy miqdorlariga tenglashtirilgan stipendiyalar;

doktoranturada talim olayotgan shaxslarga fan nomzodi (yoki falsafa doktori (PhD) darajasiga va xorijiy davlatlarning tegishli mutaxassislik boyicha unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga) ilmiy darajasiga yoki ilmiy unvonga ega bolgan etakchi ilmiy xodimning lavozim maoshi bazaviy miqdorlariga tenglashtirilgan stipendiyalar tolanadi.

3. Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2018 yil 1 iyulgacha:

oliy talim muassasalarining rahbar xodimlari va professor-oqituvchilari, shuningdek, boshqa xodimlari mehnatiga haq tolash boyicha bazaviy lavozim maoshlarini;

ilmiy-tadqiqot muassasalarining fundamental, amaliy tadqiqotlar ilmiy-texnik dasturlari loyihalarini amalga oshirish va innovatsiya ishlarida ishtirok etayotgan ilmiy hamda rahbar xodimlarning bazaviy lavozim maoshlarini ushbu qaror talablaridan kelib chiqqan holda byudjet mablaglari hisobidan qayta korib chiqsin.

4. Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oliy va orta maxsus talim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar Akademiyasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ushbu qarorda belgilangan tadbirlarni amalga oshirish bilan bogliq xarajatlarni oz vaqtida moliyalashtirilishini taminlasin.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasi Bosh vazirining orinbosari Moliya vaziri J.A. Qochqorov zimmasiga yuklansin.

 

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti    Sh. Mirziyoev

 

 

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018