Yangiliklar


          2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Toshkent Andijon Osh Irkishtom Qoshgar: yuk tashish muddati 10 kundan ikki kunga qisqaradi

Otgan yilning 11 13 may kunlari Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi hamda Qirgiziston Respublikasi Prezidentining 5-6 oktyabrda mamlakatimizga tashrifi doirasida Toshkent Andijon Osh Irkishtom Qoshgar avtomobil yolagining ochilishi xususida hujjatlar imzolangan edi.

Ushbu kelishuvlar asosida 30 oktabr 3 noyabr kunlari uch davlat tomonidan ajratilgan avtotransport vositalari ishtirokida tajriba sifatida dastlabki qatnov amalga oshirildi. Umumiy uzunligi 920 kilometrlik masofa 31 soat davomida bosib otilgan bolsa, shundan 16 soati harakatga sarflandi. Avtotransportlar tezligi esa ortasa soatiga 50-60 kilometrni tashkil etdi.

Kecha poytaxtimizda Tashqi savdo vazirligi tomonidan tashkil etilgan brifingda shular xususida malumot berildi.

Ozbekiston Respublikasi tashqi savdo vaziri orinbosari Sohib Soifnazarov, Ozbekiston Avtomobil va daryo transporti agentligi boshligi orinbosari Shoolim Shovahobov va boshqalar bu yonalish ozaro savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, moliya, transport infratuzilmasini yanada takomillashtirish, Markaziy Osiyo boylab yuk tashish hajmini oshirishga xizmat qilishi bilan  muhim ahamiyatga egaligini alohida takidladilar.

Qirgizistonning Sari-Tosh qorgoni va Irkishtom dovoni orqali otuvchi mazkur yonalish Ozbekiston va Xitoy ortasidagi eng qisqa avtomobil  yoli hisoblanadi.

Yaqinda yangi transport yolagi orqali eksport-import yuklari tashish bilan shugullanuvchi masuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi Silk Road International qoshma korxonasi faoliyati yolga qoyilgani esa tadbirkorlarimizga yanada qulaylik yaratmoqda. Sababi, mazkur jamiyat tomonidan birinchi bosqichda 80 ta yuk avtomobili harakatga chiqariladi, yil oxiriga borib esa ular soni 200 taga yetkaziladi. Talab va taklifga kora, avtotransportlar soni bundan-da kopaytirilishi mumkin.  Ushbu chora-tadbirlar natijasida yil oxirigacha 100 ming tonna yukni tashilishi kutilayapti. 

Aytish joizki, yangi marshrut hozirdanoq mijozlarni oziga jalb qilmoqda. Uch oyga 27 ming tonnalik toqimachilik, charm-attorlik, qishloq xojaligi hamda elekrotexnika mahsulotlari tashish uchun buyurtmalar tushgani fikrimiz tasdigidir.

Albatta, ishbilarmonlikda vaqt katta ahamiyat kasb etadi. Shu manoda, yuklar ushbu yonalishda avvalgi 8-10 kun orniga 2 kunda, tezkor holatda, zarurat tugilganda esa hatto, bir kun ichida oz manziliga yetkazib qoyilishi ayni muddaodir.

Shu bilan birga, tashish xizmatlari arzonligi bilan ham ahamiyatlidir. Shunday qulay tariflar ishlab chiqilganki, ular 300 dollardan 500 AQSh dollarigacha, yiliga esa 2,5 million dollar mablagni tejash imkonini beradi. Qolaversa, yuk jonatuvchi va qabul qilib oluvchilarga qoshimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida Andijon viloyatining Axtachi terminal stansiyasi negizida Multimodal transport-logistika markazi tashkil qilindi.

Bularning bari mintaqa mamlakatlari hamkorligini kelgusida yanada mustahkamlash, shu jumladan, Xitoy Markaziy Osiyo Kavkaz Yevropa va Xitoy Markaziy Osiyo Afgonisson Eron yangi transkontinental yolaklarini yaratish imkonini imkonini beruvchi Ozbekiston Qirgiziston Xitoy yangi temir yol qurilishini jadallashtiradi.  Bu bilan masofani 1000 kilometrga qisqartiradi.

Joriy yilning 25 fevral sanasida yangi yolak boyicha dastlabki qatnovlar yolga qoyiladi.

 

Manba: Xalq sozi gazetasi

 

 


 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018