2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik mavzuida Afgoniston boyicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasi

 

 

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat rahbari sifatidagi faoliyatining ilk kunlaridan Markaziy Osiyo davlatlari bilan amaliy, ozaro manfaatli va yaxshi qoshnilik munosabatlarini shakllantirish, mintaqada xavfsizlikni taminlashni tashqi siyosatning ustuvor yonalishi sifatida belgiladi.

Ozbekiston rahbari mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni taminlashga doir strategik qarashlarini 2017-yilning sentabr oyida Nyu-York shahrida bolib otgan BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida batafsil bayon qildi. Song otgan yilning noyabr oyida Samarqand shahrida bolib otgan "Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yolidagi hamkorlik" mavzusidagi konferensiyada davlatimiz rahbari Markaziy Osiyo, jumladan, Afgonistonda mustahkam tinchlik va barqarorlikni taminlash boyicha mintaqaviy va xalqaro miqyosdagi qoshma say-harakatlarning keng qamrovli dasturini taklif etdi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining nutqlaridagi dasturiy nizomlar, uning Markaziy Osiyo va Afgonistondagi joriy vaziyat, rivojlanish istiqbollariga bergan bahosi xalqaro hamjamiyatda katta qiziqish uygotdi.

Davlatimiz rahbari takidlaganidek, Yevroosiyoning yuragida joylashgan Markaziy Osiyo Yevropa va Yaqin Sharq, Janubiy va Sharqiy Osiyoni boglovchi koprikdir. Mintaqamiz tabiiy resurslarga boy, bu yerda koplab mamlakatlar va butun mintaqalar rivojiga sezilarli darajada tasir korsatgan noyob madaniyat va taraqqiyot salohiyati mavjud.

Shu bilan birga, Shavkat Mirziyoyevning fikricha, Markaziy Osiyoda jahonning qudratli davlatlarining manfaatlari kesishmoqda, beqarorlik va qarama-qarshilik ochoqlariga tutash bolgan ushbu mintaqa yaqin va uzoq xorijda roy berayotgan barcha salbiy jarayonlar tasirini his etmoqda.

Shu munosabat bilan Ozbekiston Prezidenti adolatli savollarni ortaga tashladi: mintaqada vaziyat qanday rivojlanadi? Bu yerda qanday ssenariy ustun keladi nizo va qarama-qarshiliklarmi yoki hamkorlik va taraqqiyotmi?

Bu savolga javob ravshan eng avvalo, barchasi Markaziy Osiyo davlatlari mintaqaning umumiy kelajagi uchun javobgarlikni oz zimmasiga olishga nechogli tayyorligiga bogliq.

Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlari bilan chegaradosh bolgan Ozbekiston mintaqa barqarorlik, izchil taraqqiyot va yaxshi qoshnilik hududiga aylanishidan bevosita manfaatdor.

Davlatimiz rahbari bir necha bor takidlaganidek: bizning bosh maqsadimiz umumiy say-harakatlarimiz bilan Markaziy Osiyoni barqaror, iqtisodiy rivojlangan va yuksak taraqqiy etgan mintaqaga aylantirishdan iborat.

Ayni paytda eng dolzarb va otkir muammolardan biri qoshni Afgonistondagi nizoni hal qilmasdan turib oldimizda turgan maqsadlarga erishishning iloji yoq, chunki u tarixiy va geosiyosiy jihatdan mintaqamizning ajralmas bolagi hisoblanadi.

Afgonistonda tinchlik ornatish Markaziy Osiyoning barqarorligi va taraqqiyoti kafolatidir. Samarqanddagi xalqaro anjumanda sozga chiqar ekan, Ozbekiston Prezidenti xavfsizlikka tahdidlarni oziniki va ozgalarniki deb ajratishdan voz kechish, yalpi xavfsizlik tamoyiliga amalda rioya qilish zarurligiga togridan-togri davat qildi.

Tinch Afgoniston Markaziy Osiyo davlatlarining Hind okeani va Fors korfazi portlariga eng qisqa yolini taminlashi, Hindiston, Eron va Pokistonni Yevropa va Yaqin Sharq bozorlari bilan boglashi mumkin.

Shu munosabat bilan Afgonistonda tinchlik va xavfsizlik ornatishning asosiy masalalari boyicha keng va qatiy xalqaro konsensusni tasdiqlash, mamlakatda milliy yarashuv boyicha afgonistonliklar rahbarligida va ularning say-harakatlari bilan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni qollab-quvvatlash masalasi tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Ozbekiston doimo Afgonistondagi vaziyatni siyosiy jihatdan tartibga solishning qatiy tarafdori hisoblangan va shunday bolib qoladi. Mamlakatimiz qoshni davlatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishga ulkan hissa qoshib kelmoqda.

Shu jihatdan Shavkat Mirziyoyev tomonidan Afgoniston bilan hamkorlikda joriy yilning 26-27 mart kunlari Toshkent shahrida Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik mavzuida Afgoniston boyicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasini otkazish tashabbusining ilgari surilishi Ozbekiston rahbariyatining mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni taminlash boyicha umumiy strategiyasining ajralmas bolagi hisoblanadi.

Mamlakatimiz afgon muammosiga bagishlangan deyarli barcha xalqaro forumlarda faol ishtirok etmoqda. Kobul jarayoni, Moskva formati, Osiyo yuragi Istanbul jarayoni forumi, Afgoniston boyicha xalqaro aloqa guruhi, ShHT Afgoniston aloqa guruhi, Afgoniston boyicha mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik konferensiyasi shular jumlasidandir.

19 yanvar kuni Nyu-York shahrida bolib otgan BMT Xavfsizlik kengashi yigilishi davomida Ozbekiston va Afgoniston tomonidan Toshkent forumining qoshma taqdimoti tashkil etildi.

Toshkentdagi konferensiya 28 fevral kuni Afgoniston poytaxtida otgan Kobul jarayonining ikkinchi yigilishidan song boladi va xalqaro hamjamiyat tomonidan ushbu mamlakatda tinchlik va barqarorlikni taminlash boyicha amalga oshirilayotgan say-harakatlarning mantiqiy davomi boladi.

Konferensiyaning ochilish marosimida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Afgoniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf Gani sozga chiqadilar.

Toshkent uchrashuvida ishtirok etish uchun BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish va tashkilotning Afgonistondagi maxsus vakili Tadamiti Yamamoto, Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boyicha Oliy vakili Federika Mogerini, shuningdek, Xitoy, Rossiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Fransiya, Turkiya, Hindiston, Eron, Pokiston, Qozogiston, Qirgiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari tashqi siyosiy mahkamalari rahbarlari taklif etilgan.

Forum ishtirokchilari mintaqaviy va global darajada tez orada Afgoniston hukumati bilan Tolibon harakati ortasida hech qanday dastlabki shartlarni ilgari surmasdan togridan-togri muzokaralar otkazish zaruriyati xususida umumiy nuqtai nazar bayon etilishi kutilmoqda.

Konferensiya yakuni boyicha Toshkent deklaratsiyasini qabul qilish rejalashtirilgan bolib, unda quyidagi muhim jihatlar oz aksini topishi kozda tutilmoqda:

birinchidan, tinchlik jarayoni afgonistonliklarning bevosita rahbarligi va ularning say-harakatlari bilan BMT Bosh Assambleyasi va Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalari va qarorlari nizomlariga muvofiq amalga oshishi kerak;

ikkinchidan, qurolli muxolifat Afgonistonning siyosiy hayotiga kafolatli integratsiya qilinishi va qonuniy siyosiy kuch sifatida etirof etilishi tinchlik jarayonining muhim omili hisoblanadi;

uchinchidan, xalqaro hamjamiyat terrorizmning har qanday shakl va korinishiga qarshi bolib, transmilliy terrorizm, narkotrafik va uyushgan jinoyatchilik tahdidlari nafaqat Afgoniston, balki umuman butun mintaqa va jahonning barqarorligi va izchil taraqqiyotiga umumiy xavf sanalishini etirof etadi.

Toshkent konferensiyasi arafasida, shuningdek, hamkorlikning yangi shaklidagi Markaziy Osiyo + Afgoniston (C5+1) birinchi yigilishi bolib otadi. Ushbu format Afgonistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo-iqtisodiy va infratuzilma aloqalari tizimiga muvaffaqiyatli integratsiyasi, umummintaqaviy miqyosdagi aniq loyiha va dasturlarning samarali amalga oshirilishiga xizmat qiladi.

Toshkent konferensiyasi xaqidagi tashabbusni ilgari surar ekan, Ozbekiston uni bir martalik tadbir sifatida otkazish bilan cheklanib qolmay, undan keyin ham ikki va kop tomonlama munosabatlar doirasida Afgonistonda tinchlik ornatish borasidagi siyosiy jarayonga komaklashishga oz hissasini qoshishda davom etadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashqi siyosiy strategiyasini amalga oshirish asnosida Ozbekiston afgon muammosini tinch yol bilan yechish boyicha siyosiy jarayonning faol ishtirokchisiga aylanmoqda. Bu jarayonda asosiy rol va javobgarlik oz mamlakati kelajagini belgilashi va qurishi kerak bolgan afgonistonliklarning zimmasida ekanini yana bir bor takidlash joiz.

Toshkent konferensiyasi oldida turgan yuksak maqsadlar, shuningdek, uning ishida BMT Xavfsizlik Kengashining barcha doimiy azolari, ShHTga azo davlatlar va Afgonistonga qoshni mamlakatlar, jumladan, Markaziy Osiyoning beshta mamlakati ishtirok etishi butun dunyoda forum ishiga katta qiziqish uygotmoqda. Tadbirni yoritishda qatnashish uchun jahon ommaviy axborot vositalari vakillarining katta guruhi tashrif buyurishi kutilmoqda.

Ozbekiston poytaxtidagi xalqaro uchrashuv yakunlari Afgonistondagi vaziyatni barqarorlashtirish, uning izchil rivojlanishi uchun sharoit yaratish yolidagi muhim bosqich bolib, afgon xalqining farovonligini oshirish va uni mintaqa va umuman butun dunyodagi bunyodkorlik jarayoniga jalb etishga xizmat qilishiga umid qilamiz. Toshkent forumining muvaffaqiyati mintaqa davlatlarining tinchlik va taraqqiyot uchun keng imkoniyatlar eshigini ochgan holda, birgalikdagi say-harakatlar bilan umumiy muammolarni hal etishga qodirligini namoyon qilishi darkor.

 

Ozbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati

Manba: Ozbekiston Respublikasi TIV Matbuot xizmati

 

 

 

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018