2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Ozbekiston BMTning Inson huquqlari boyicha kengashiga azo bolish taraddudida

 

 

Jenevada BMTning Inson xuquqlari boyicha kengashi 37-sessiyasi ish boshladi.

Inson huquqlari boyicha umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 70 yilligini nishonlash doirasida tashkil etilgan sessiyada Inson xuquqlarini taminlash va himoya qilishning dolzarb masalalari muhokama qilinayotir. Oliy darajadagi tadbir Segmentida 180 dan ziyod mamlakatdan 3 mingdan ortiq vakil, jumladan, davlat va hukumat, vazirliklar, shuningdek, qator xalqaro tashkilotlar rahbarlari ishtirok etmoqda.

Yigilishning ochilish marosimida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Inson huquqlari boyicha Oliy komissar Zeyd Raad al Husayn va BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasi raisi Miroslav Laychak sozga chiqib, butun dunyoda inson xuquqlariga rioya qilish va ushbu sohada hamkorlikni rivojlantirish zarurligini qayd etgan.

Tadbirda Ozbekiston nomidan Adliya vaziri Ruslanbek Davletov, Inson huquqlari boyicha milliy markaz direktori Akmal Saidov, Tashqi ishlar vazirligi va mamlakatimizning Jenevadagi doimiy vakolatxonasi xodimlari ishtirok etmoqda.

Oliy darajadagi Segmentda sozga chiqqan Adliya vaziri R.Davletov tadbir ishtirokchilarini Ozbekistonda fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklarini taminlash boyicha amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishtirdi. Ozbekistonning ushbu sohada BMT bilan hamkorligining joriy holati va istiqbollari, shuningdek, 2017-2021 yillarga moljallangan Harakatlar strategiyasi amalga oshirilayotgani qayd etildi. Xususan, xalqaro auditoriyaga Ozbekistonning aholi bilan muloqotni rivojlantirish maqsadida yuritayotgan Xalq qabulxonalari orqali ularning shikoyat va murojaatlarini korib chiqish, joylarda dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni kompleks ravishda hal etish boyicha oziga xos tajribasiga oid malumot berildi.

Jinoyatchilikka qarshi kurashishning butunlay yangicha, eng avvalo, jinoyatchilikning oldini olish va uni erta aniqlashga yonaltirilgan tizimini joriy etish masalasi haqida soz yuritildi. Sud-huquq sohasi va jinoyatni fosh etish tizimidagi islohotlar, xususan, Sudyalar oliy kengashining tasis etilgani, yangi iqtisodiy va mamuriy sudlarning tuzilgani, yurtimizda ilk bor joriy etilgan fuqarolarni avf etish, jinoyatchilikda noqonuniy dalil turlarini qabul qilish, ayniqsa, jismoniy kuch ishlatish va boshqa zoravonlik turlarini qollashga yol qoymaslik boyicha talablarning amalga oshirilishiga doir dastlabki natijalar taqdim etildi.

Iqtisodiyotni liberallashtirish va davlatimizning yangicha bolgan ochiq moliyaviy, savdo, soliq va investitsiyaviy siyosatini joriy etish masalasi ishtirokchilar etiborini jalb etdi.

Shuningdek, mamlakatimizda inson huquqlari himoyasini taminlash sifatini yanada yaxshilash, Ozbekistonning sohaga oid xalqaro hamkorlikni faollashtirish borasida olib borayotgan izchil ishlari, xalqaro tashkilotlarning respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarga bergan ijobiy bahosini hisobga olgan holda, yuksak darajali Segment yigilishi doirasida Ozbekiston 2021-2023 yillar mobaynida Inson huquqlari boyicha kengash azosi sifatida saylanish istagini ilk bor bildirdi.

Ozbekiston delegatsiyasi tomonidan taqdim etilgan malumotlar, jumladan, 2018-yilning noyabr oyida Samarqandda bolib otadigan Inson huquqlari boyicha Osiyo forumi yuksak darajali Segment uchrashuvi ishtirokchilarida katta qiziqish uygotdi.

 

Manba: OzA

 

 

 

 

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018