2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Ozbekistonning alohida davlatlar bilan viza tartibi

 

 

1. Qirgiziston (60 kungacha), Armaniston, Belarus, Gruziya, Moldova, Ozarbayjon, Qozogiston, Rossiya va Ukraina bilan ikki tomonlama vizasiz rejim ornatilgan.

2. 2018-yilning 10-fevralidan 7 ta davlat Isroil, Indoneziya, Koreya Respublikasi, Malayziya, Singapur, Turkiya va Yaponiya fuqarolari uchun 30 kunlik muddatga vizasiz tartib joriy etilgan.

Vizasiz tartib tashrif maqsadidan qatiy nazar mazkur davlatlardan Ozbekiston Respublikasiga 30 kungacha bolgan muddatga tashrif buyurmoqchi bolgan har qanday kategoriyadagi pasport (diplomatik, xizmat va fuqarolik pasportlari) egalariga nisbatan qollaniladi. Mazkur davlatlar fuqarolari ushabu tartibda Ozbekiston Respublikasiga amaldagi milliy pasport yoki xorijiy davlatlarga chiqishda foydalanadigan boshqa hujjat asosida kirishlari mumkin.

Vizasiz tartib yuqoridagi davlatlarda doimiy yashovchi fuqaroligi yoq shaxslarga nisbatan qollanilmaydi.

Vizasiz tartib Ozbekiston Respublikasiga kirib kelgan kundan boshlab 30 kun davomida amal qiladi. Chet el fuqarosi 30-kun tugaguniga qadar Ozbekiston Respublikasidan chiqib ketishi lozim. Chet el fuqarosi tomonidan 30 kunlik muddatning otkazib yuborilishi xorijiy fuqarolarning Ozbekiston Respublikasida bolishi qoidalarini buzish deb hisoblanadi.

Chet el fuqarosi Ozbekiston Respublikasida 30 kundan kop muddatga kelmoqchi bolsa belgilangan tartibda tashrif maqsadiga muvofiq ravishda Ozbekiston Respublikasiga kirish vizasini olishi lozim boladi.

3. 2018-yil 10-fevraldan dunyoning 39 davlati (davlatlar royxati quyida keltirlgan) fuqarolari uchun hujjatlar qabul qilingan kundan tashqari 2 ish kuni davomida turistik vizani rasmiylashtirishning yengillashtirilgan tartibi joriy etildi va sayyohlik ruxsati (turvaucher) yoki Ozbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga taklif qilayotgan jismoniy/yuridik shaxslarning murojaat qilishi bekor qilindi.

Ilgari Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Latviya, Fransiya, Shveysariya, Tailand, Chexiya va Polsha fuqarolari uchun ham vizalar rasmiylashtirishnig yengillashtyirilgan tartibi joriy etilgan edi.

Mazkur davlatlar sayyohlariga 1 oy muddatga kop marotabalik, biznes vakillari uchun esa 1 yil muddatga kop marotabalik vizalar beriladi. Bunda sayyohlik ruxsati (tur-vaucher) yoki Ozbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga taklif qilayotgan jismoniy/yuridik shaxslar tomonidan yollangan murojaatlar taqdim etilishi talab qilinmaydi. Vizalar hujjatlar qabul qilingan kundan tashqari 2 ish kuni davomida rasmiylashtirib beriladi.

4. Tojikiston, Vengriya va Xitoy (30 kungacha), Koreya Respublikasi va Vetnam (60 kungacha), Braziliya, Latviya, Polsha, Ruminiya, Singapur, Slovakiya, Estoniya, Quvayt va Turkiya (90 kungacha) diplomatik passport egalari uchun vizasiz rejim joriy etilgan. Ushbu davlatlarning Ozbekiston Respublikasi hududida akkreditatsiya qilingan diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalarida diplomatik pasport egasi bolgan xodimlari, shuningdek, ularning oila azolari xizmat muddati davomida Ozbekiston Respublikasiga vizasiz kirish va bu yerda bolish huquqiga egadirlar.

5. Ozbekiston va Yaponiya ozaro kelishuv asosida vizalarni konsullik yigimlari undirmasdan beradilar.

2018-yil 10-fevraldan boshlab turizm vizalarini rasmiylashtirishning soddalashtirilgan tartibi quyidagi davlatlar fuqarolari uchun joriy etilgan

1. Albaniya Respublikasi

2. Amerika Qoshma Shtatlari

3. Andorra

4. Avstraliya

5. Birlashgan Arab Amirliklari

6. Bolgariya Respublikasi

7. Bosniya va Gersogovina

8. Chernogoriya

9. Daniya Qirolligi

10. Estoniya Respublikasi

11. Finlandiya Respublikasi

12. Gretsiya Respublikasi

13. Hindiston Respublikasi

14. Irlandiya

15. Islandiya

16. Kanada

17. Litva Respublikasi

18. Lixtenshteyn

19. Luksemburg Buyuk Gertsogligi

20. Makedoniya Respublikasi

21. Malta Respublikasi

22. Monako

23. Niderlandiya Qirolligi

24. Norvegiya Qirolligi

25. Omon Sultonligi

26. Portugaliya Respublikasi

27. Quvayt davlati

28. Ruminiya

29. San-Marino Respublikasi

30. Saudiya Arabistoni Podshohligi

31. Serbiya Respublikasi

32. Shvetsiya Qirolligi

33. Slovakiya Respublikasi

34. Sloveniya Respublikasi

35. Vatikan

36. Vengriya

37. Xitoy Xalq Respublikasi (Xitoyning Gonkong maxsus mamuriy hududi bilan birga)

38. Xorvatiya Respublikasi

39. Yangi Zelandiya

 

Manba: Ozbekiston Respublikasi TIV Matbuot xizmati

 

 

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018