2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari boyicha ozbekiston-tojikiston hukumatlararo komissiyaning qoshma majlisi yakunlari togrisida

 

2018-yilning 24-fevral kuni Fargona shahrida Ozbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripov va Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Q.Rasulzoda raisligida Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari boyicha Ozbekiston-Tojikiston hukumatlararo komissiyaning navbatdagi qoshma majlisi bolib otdi.

Tadbirda ikki davlat hukumatlari azolari, vazirliklar, idoralar va yetakchi iqtisodiy tuzilmalar rahbarlari ishtirok etdi.

Ochiq, dostona va konstruktiv muhitda otgan samarali muzokaralar davomida delegatsiyalar rahbarlari tomonidan hamkorlikning barcha sohalaridagi Ozbekiston-Tojikiston munosabatlarining hozirgi darajasiga yuqori baho berildi.

Qayd etilganidek, ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi natijasida oliy va yuqori darajalardagi aloqalar sezilarli faollashdi, hukumat delegatsiyalari samarali almashinuvi yolga qoyildi, hukumatlararo komissiyalar majlislari muvaffaqiyatli otkazildi, Dushanbe va Toshkent shaharlarida sanoat mahsulotlari korgazmalari samarali tashkillashtirildi.

Bolib otgan uchrashuv doirasida Ozbekiston-Tojikiston Davlat chegarasinining ayrim uchastkalar boylab otadigan chizigi loyihasi korib chiqildi. Qisqa muddat ichida Davlat chegarasini delimitatsiya qilish jarayonida sezilarli muvaffaqiyatga erishilgani qayd etildi.

Shuningdek, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi chogida imzolanishi rejalashtirilayotgan ikki tomonlama hujjatlar, bitimlar va shartnomalarni tayyorlash va kelishish kabi oliy darajadagi bolajak tadbirlarning tashkiliy va mazmunli jihatlariga ishtirokchilar etibor qaratdilar.

Muzokaralarda Hukumatlararo komissiyaning ikki tomonlama kun tartibidagi barcha mavjud masalalarni korib chiqish va hal qilishda konstruktiv yondashuv alohida qayd etildi.

 

Manba: Ozbekiston Respublikasi TIV Matbuot xizmati

 

 

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018