2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

2017 yilda jinoyatlar soni 15,7 foizga kamaydi IIV rahbari

 

 

Otgan yili Ozbekistonda qariyb 74 mingta yoki 2016 yilga nisbatan 15,7 foiz kam jinoyat royxatga olindi, deya malum qildi ichki ishlar vaziri. 2017 yilda Ozbekistonda 73,7 mingta jinoyat royxatga olingan bolib, avvalgi yilga nisbatan 13 ming 720 taga yoki 15,7 foizga kamayishga erishildi. Bu haqda ichki ishlar vaziri Polat Bobojonov OzAga bergan intervyusida malum qildi.

IIV malumotlariga kora, qotillik 22, qasddan badanga ogir tan jarohati yetkazish 7,1, nomusga tegish 21,8, bosqinchilik 22,8, talonchilik 21, ogirlik 6,6, firibgarlik 5,7, bezorilik 37,9, transport vositalarini olib qochish 6,2 foizga kamaydi.

Polat Bobojonovning qayd etishicha, otgan yil davomida respublikadagi mavjud 8973 mahallaning 1079 tasida umuman jinoyat sodir etilmadi.

Royxatga olingan jinoyatlarning 9,5 mingdan ortigi xotin-qizlar tomonidan sodir etilgan bolsa, tarbiyasi ogir, ish va oqishga joylashmagan yoshlar tomonidan 26,6 mingta jinoyatga qol urilgan. Bunda, maktab oquvchilari, akademik litseylar va kasb-hunar kolleji oquvchilari tomonidan 1,5 mingdan ziyod jinoyat sodir etilgan.

IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasidagi Narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash boshqarmasi va uning joylardagi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida 2017 yilda narkotik moddalar bilan bogliq 4806 jinoyatni 4 mingdan ortiq shaxs sodir qilganligi aniqlandi. Ulardan bir tonnadan ortiq turli xildagi narkotik moddalar olindi. Tarkibida narkotik moddalar bolgan osimliklarni yetishtirish bilan bogliq 895 holat aniqlandi. Yoshlar orasida engil narkotik sifatida ommalashgan, inson ruhiyati va salomatligiga salbiy tasir korsatuvchi psixofaol tibbiy preparatlarni noqonuniy sotish bilan shugullangan 310 shaxs ushlandi.Ulardan 62,5 ming dona dori vositalari olindi. Bu boradagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi hamda uning joylardagi tizimlari tomonidan 2017 yil mobaynida korrupsiya va iqtisod sohasida sodir etilgan hokimiyat, boshqaruv va jamoat birlashmalari organlarining faoliyati tartibiga qarshi jinoyatlardan 1426 tasi aniqlandi. Mazkur jinoyatlarning 171 tasi poraxorlik, 109 tasi tovlamachilik, 517 tasi firibgarlik, 125 tasi valyuta bilan bogliq qoidalarni buzish, 19 tasi qalbaki pul yasash, 190 tasi talon-torojlik hamda 295 tasi boshqa turdagi holatlardir.

Tezkor-qidiruv chora-tadbirlari natijasida 407 guruh tomonidan sodir etilgan jinoyatlar fosh etilib, jinoyat sodir etgan ikki mingdan ortiq shaxs jinoiy javobgarlikka tortildi. Jinoyatlar natijasida yetkazilgan 45 milliard somlik (OR MB kursi 23.02.2018, 1$= 8182,73 som) zarar undirildi.

Polat Bobojonov ichki ishlar organlari oz saflarini oz manfaatini davlat va xalq manfatlaridan ustun qoyadigan xodimlar"dan tozalash otkazayotganini ham takidladi. 2017 yilda xizmat intizomini buzganligi uchun 8 ming 32 nafar xodim intizomiy jazoga tortildi. Shundan 230 nafari turli jinoyatlarni sodir qilgani uchun jinoiy javobgarlikka tortildi.

 

Manba: Gazeta.uz

 

 

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018