2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Metroda fotosurat va videolavhaga olish mumkin boladi Turizm qomitasi rahbari

 

Toshkent metrosida fotosurat va videolavhaga olish mumkin boladi, deya xabar qildi Davlat turizm qomitasi raisi Aziz Abduhakimov.

Tez orada Toshkent metropolitenida fotosurat va videolavhaga olish mumkin boladi, deya xabar qildi 7 fevral kuni Xalqaro press-klub doirasida jurnalistlar bilan bolib otgan uchrashuvda Ozbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qomitasi raisi Aziz Abduhakimov.

Ayni paytda foto va video tasvirga olish metropolitendan foydalanish qoidalarida belgilangan bolib, yer osti transportida xizmat otayotgan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari metroda tasvirga olishga bolgan barcha urinishlarning oldini oladi.

Seshanba kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev turizmni rivojlantirish togrisidagi qarorni imzoladi. Unda turistlarga jamoat joylari, bino va inshootlarni hech qanday taqiqlarsiz suratga olishga ruxsat berilgan. Hozirda hukumatda tasvirga olish taqiqlangan obektlar royxatini tasdiqlovchi hujjat loyihasi korib chiqilmoqda.

Metroda ham tasvirga olish mumkin. Hech qanday muammo yoq. Bizda dunyodagi eng chiroyli metro bor, biz uni reklama qilishimiz kerak. Hozirgacha mumkin emas edi, biroq Prezident bularning barchasini tasvirga olish mumkinligini aytdi, dedi Davlat turizm qomitasi rahbari.

Qomita rahbarining sozlariga kora, ichki ishlar vaziri yaqin orada majlis otkazib, xodimlarga mamlakatda avvalgidek tasvirga olish qatiy taqiqlanmasligini malum qiladi.

Marhamat, kochalardagi gozal mamuriy binolarimiz, maydonlar, yodgorliklarimizni suratga oling, deya barchaga murojaat qildi Aziz Abduhakimov.

Nima uchun ruxsat faqat turistlarga taalluqli, degan savolga u barchaga ham turistlar, ham ozbekistonliklarga tegishli, deya javob berdi. Albatta ozimiznikilarga ham mumkin. Biznikilarga barchasi mumkin. Bizda tasvirga olishga taqiq yoq, dedi Turizm qomitasi raisi.

 

Manba: Uzbektourism.uz
 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018