2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi togrisida axborot

 

 

2018-yil 17-mart kuni Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bolib otdi.

Majlisni Oliy Majlis Senati Raisi N.Yoldoshev olib bordi.

Kengash Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining on tortinchi yalpi majlisini joriy yilning 29 mart kuni Toshkent shahrida chaqirish togrisida qaror qabul qildi.

Senatning yalpi majlisi kun tartibiga Ozbekiston Respublikasining bir qator qonunlari hamda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning samaradorligini tubdan oshirishga, 2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasini Faol tadbirkorlik, innovatsion goyalar va texnologiyalarni qollab-quvvatlash yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturini izchil ijro etishga, xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan masalalar kiritilmoqda.   

Davlat mukofotlari togrisidagi (yangi tahriri), Jamoatchilik nazorati togrisidagi, Davlat xaridlari togrisidagi, Ozbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati togrisidagi, Ormon togrisidagi (yangi tahriri), Ozbekiston Respublikasi uy-joy-kommunal xizmati sohasi xodimlari kunini belgilash togrisidagi, Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish boyicha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan Ozbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ozgartish va qoshimchalar kiritish togrisidagi, Ozbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ozgartish va qoshimchalar kiritish togrisidagi Ozbekiston Respublikasi qonunlari shular jumlasidandir.

Bundan tashqari, yalpi majlisda senatorlar xalqaro huquqiy hujjatlarni ratifikatsiya qilish togrisidagi Ozbekiston Respublikasining bir qancha qonunlarini korib chiqadilar.

Shuningdek, senatorlar Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boyicha vakilining (ombudsman) 2017 yildagi faoliyati togrisidagi hisobotni, Ozbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017 yilda huquqiy targibot va marifatning holati haqidagi axborotini eshitadilar hamda toy-hashamlar, oilaviy tantanalar, maraka va marosimlar otkazilishini tartibga solish togrisidagi masalani korib chiqadilar.

Yalpi majlisda Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining vakolatiga kiradigan boshqa masalalar ham korib chiqiladi.

Oliy Majlis Senati qomitalari va devonining on tortinchi yalpi majlisga tayyorgarlik korish va uni otkazishga doir ishlarini muvofiqlashtirish uchun Kengash tomonidan ishchi guruh tuzildi.

Shu bilan bir qatorda, Kengash azolari tomonidan Ozbekiston Respublikasi Markaziy bankining qiymati 50 (ellik), 100 (yuz), 200 (ikki yuz) va 500 (besh yuz) somlik tangalar chiqarish togrisidagi taklifi, ularning namunalari va dizayni korib chiqildi va maqullandi.

Senat Kengashi oz vakolatiga kiradigan boshqa masalalarni ham korib chiqdi.

 

Manba: Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018