Y a n g i l i k l a r

Ozbekiston va Qirgiziston Prezidentlari bir-birlarini qutladilar

2018-yil 16-fevral kuni Ozbekiston Respublikasi va Qirgiziston Respublikasi ortasida diplomatik munosabatlar ornatilganiga 25 yil tolishi munosabati bilan ikki davlat rahbarlari bir-birlarini qutladilar.

Qirgiziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekovning qutlov maktubida "Kop asrlik ananaviy dostlik, yaxshi qoshnichilik, qardoshlik aloqalari, shuningdek, manaviy va madaniy qadriyatlar mushtarakligi bugungi Qirgiziston Ozbekiston munosabatlarining mustahkam asosidir", deb qayd etilgan.

"Qirgiziston Ozbekiston davlat chegaralari togrisidagi shartnomaning imzolanishi, ayrim nazorat-otkazish punktlaridagi cheklovlarga barham berilishi, savdo-iqtisodiy hamkorlikka jadal surat baxsh etishga xizmat qilgan ozaro qatiy siyosiy iroda tufayli 2017-yil Qirgiziston va Ozbekiston ortasidagi ozaro munosabatlar rivojida tarixiy yil boldi, deb takidlanadi qutlovda. Natijada mamlakatlarimiz bugungi qutlug sanani nafaqat dost davlatlar, balki strategik sherik va yaxshi qoshnilar sifatida ham nishonlamoqda".

Sooronbay Jeenbekov siyosiy muloqotni yanada mustahkamlash, davlat chegaralarini yuridik jihatdan uzil-kesil rasmiylashtirishni jadallashtirish, chegaraoldi hamkorlik, suv-energetika sohasidagi ozaro aloqalarni faollashtirish, mamlakatlarimiz tranzit salohiyatidan samarali foydalanish va "Xitoy Qirgiziston Ozbekiston" temir yolini qurish boyicha qoshma rejalar qardosh xalqlarimiz manfaati yolida amaliyotga joriy etilishiga ishonch bildirgan.

Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oz qutlovida "Siyosiy iroda va aniq amaliy qadamlar tufayli ikki tomonlama munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga kotarib, ozaro ishonchga mustahkam zamin yaratdik", deb takidlaydi chuqur mamnuniyat bilan. Ozbekiston va Qirgiziston ortasidagi ozaro munosabatlar tarixida yangi sahifa ochgan va otgan yili muvaffaqiyatli amalga oshirilgan oliy darajadagi uch tashrif shundan dalolat beradi.

"Tovar ayirboshlash korsatkichlari jadal osib, ishlab chiqarish kooperatsiyasi kengayib bormoqda. Uzoq yillar mobaynida ilk bor sanoat korgazmalari va biznes-forumlar otkazildi", deyiladi qutlovda.

"Ikki davlat hududlari darajasida uzoq istiqbolga moljallangan va ozaro manfaatli hamkorlik mexanizmlari ishga tushirildi. Madaniy-gumanitar almashinuv sezilarli ravishda faollashdi, Qirgizistonda Ozbekiston madaniyati va sanati kunlari, shuningdek, ushbu sohada qator qoshma tadbirlar otkazildi. Eng muhimi, bularning barchasi xalqlarimiz manfaati va orzu-istaklariga tola hamohang bolib, Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni taminlashga salmoqli hissa qoshmoqda", deb takidlagan Prezidentimiz.

 

Manba: Ozbekiston Respublikasi TIV Matbuot xizmati

 

 

 

 


 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018