2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Ozbekiston- Tojikiston: Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy haykali ornatildi

 

 

Samarqand shahridagi Alisher Navoiy nomidagi markaziy istirohat bogi hududida ozbek va tojik adabiyotining ikki buyuk mutafakkiri Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy haykali ornatildi.

Otgan asr oltmishinchi yillarida taniqli haykaltaroshlar H.Husniddinxojayev va V.Lunev tomonidan qizil granit toshdan yasalgan ushbu haykal ilgari Samarqand shahridagi sobiq Afrosiyob mehmonxonasi yonida, korimsiz joyda edi. Keyinchalik haykal bu yerdan kochirildi.

Samarqandlik ziyolilar va ijodkorlar, shahar jamoatchiligining taklifi bilan haykal uchun Alisher Navoiy nomidagi markaziy istirohat bogi tanlandi va nihoyatda qisqa muddat ichida ushbu maskan obod etilib, muhtasham haykal ornatildi.

Jahon adabiyotining bu ikki yirik vakili hayotida Samarqand alohida orin tutadi, deydi Samarqand davlat universiteti professori Dilorom Salohiy. Ularning ikkisi ham yoshlik yillarida ilm-marifat istab ushbu muazzam shaharga kelgan va bu ikki daho hayotida muhim ahamiyat kasb etgan. Shu jihatdan Samarqand shahrida Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy haykalining bolishi va eng korkam maskanda ornatilishi ayni muddaodir. Bu, shubhasiz, azaliy ozbek va tojik adabiyoti ananalari davom etib kelayotganidan dalolat berib, xalqlarimiz ortasidagi madaniy aloqalarning rivojlanishiga xizmat qiladi.

Haykalning ochilish marosimida Samarqand viloyati hokimi T.Jorayev Ozbekiston va Tojikiston ortasida tobora mustahkamlanib borayotgan aloqalar, davlatimiz rahbarining yaqinda Tojikiston Respublikasiga amalga oshiriladigan davlat tashrifi haqida soz yuritdi. Mazkur marifat maskani ikki qardosh xalqning azaliy dostlik va hamkorligini yanada kuchaytirishini takidladi.

Haykal poyiga viloyat hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari tomonidan gullar qoyildi. Talaba va oquvchi-yoshlar ikki buyuk alloma ijodidan namunalar oqidi.

 

Manba: OzA

 

 

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018