2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Ozbekiston Tashqi ishlar vazirligi isloh qilinadi

 

 

Prezident Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish togrisidagi farmonni imzoladi.

Ozbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5 aprel kuni Ozbekiston Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish hamda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yonalishlarini amalga oshirishda uning masuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari togrisidagi farmonni imzoladi.

Hujjat bilan TIV tizimini isloh qilishning asosiy yonalishlari belgilab olindi. Ulardan birinchisi Tashqi ishlar vazirligi va Ozbekistonning xorijdagi muassasalari faoliyati va tashkiliy-shtat tuzilmasining normativ-huquqiy asoslarini iqtisodiy diplomatiya"ni rivojlantirishga urgu bergan holda qayta korib chiqish va takomillashtirishdan iborat.

Yana bir yonalish Ozbekistonning ijobiy xalqaro nufuzini shakllantirishda ommaviy diplomatiya vositalarini faol qollash. Shuningdek, xorijdagi vatandoshlar bilan har tomonlama muloqotni qollab-quvvatlash, ularni savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va ijtimoiy loyihalar hamda dasturlarni amalga oshirishga faol jalb qilish belgilandi.

Ichki idoraviy rejalashtirish va nazorat qilishning samarali tizimini yolga qoyish, hisobot berish tartibi va shakllarini soddalashtirish, Tashqi ishlar vazirligi va Ozbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini shakllantirish korsatib otildi.

Diplomatik xizmat organlari xodimlarining moddiy ragbatlantirilishi va ijtimoiy himoya qilinishini yaxshilash, ularning samarali ishlashi uchun munosib sharoitlarni yaratish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng jalb qilish orqali Tashqi ishlar vazirligi tizimining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash kozda tutilgan.

Tashqi ishlar vazirligituzilmasida quyidagilar tashkil etiladi:

Tashqi iqtisodiy hamkorlik bosh boshqarmasi va uning tuzilmasiga kiruvchi Xorijiy investitsiyalar va moliyaviy-texnikaviy komak vositalarini jalb qilish boshqarmasi, Eksport va tashqi savdo aloqalarini rivojlantirish boshqarmasi, Hukumatlararo komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, Turizmni rivojlantirish sohasidagi xalqaro hamkorlik boshqarmasi;

Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati negizida Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi;

Konsullik boshqarmasi negizida Konsullik-huquq departamenti;

Xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalar bolimi;

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bolimi va uning tarkibida Murojaatlarni qabul qilish sektori (call-center);

Diplomatik servis xizmati negizida Diplomatik korpusga xizmat korsatish byurosi;

Jahon axborot agentligi negizida Dunyo axborot agentligi va Media-markaz;

Tarjimonlar byurosi;

Xalqaro munosabatlar axborot-tahlil markazi negizida Tahlil va prognozlashtirish markazi;

Tashqi ishlar vazirligining Qoraqalpogiston va viloyatlardagi hududiy bolimlari.

Xorijda stipendiantlarning malaka oshirishi, stajirovkasi va oqishini tashkil etish boyicha Ozbekiston prezidentining Istedod jamgarmasi TIVga boysunadigan Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot markazi sifatida qayta tashkil etiladi.

TIV amaliyotiga Ozbekiston prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan asosiy xorijiy sheriklar bilan tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yonalishlarini doimiy asosda ishlab chiqish joriy etilmoqda.

Har yili tashqi iqtisodiy faoliyatga (mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlar eksportini rivojlantirish, investitsiyalar va texnologiyalarni jalb qilish, turistlar oqimini kengaytirish) va axborot-tushuntirish ishlariga alohida etibor qaratgan holda, xorijiy mamlakatlar bilan faol va tizimli ishlash boyicha Ozbekistonning xorijdagi muassasalari yillik yol xaritalari"ni ishlab chiqiladi.

Tegishli vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari Tashqi ishlar vazirligi xorijdagi muassasa TIV, tegishli vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari prinsipi asosida idoralararo kadrlar rotatsiyasi joriy etilmoqda.

Har oyda tashqi ishlar vaziri tomonidan xorijiy muassasalar rahbarlarining ozi ishlab turgan davlat va xalqaro tashkilot bilan hamkorlik qilish boyicha zimmasidagi vazifalarni va tasdiqlangan yol xaritalari"ni amalga oshirish jarayoni togrisidagi shaxsiy hisobotlari eshitib boriladi.

1 oktyabrga qadar Ozbekistonning Tashki siyosiy konsepsiyasi yangi tahriri loyihasini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.

2019 yil 1 yanvargacha bolgan muddatda Ozbekistonning xorijdagi muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish, shu jumladan, joylarga chiqish orqali ularni tanqidiy organish yakunlari boyicha takliflar tayyorlanishi lozim.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tubdan takomillashtirish rejalashtirilmoqda. Gap ilgor xorijiy tajribani hisobga olgan holda talim sifatini oshirish, shuningdek, mamlakatning zamonaviy tashqi iqtisodiy va tashqi siyosiy ustuvor yonalishlaridan kelib chiqqan holda Universitet faoliyatining dolzarb vazifalari va yonalishlarini qayta korib chiqish haqida ketmoqda.

Manfaatdor idoralarning ehtiyojidan kelib chiqqan holda amaliyotda talab qilinadigan mutaxassislarning aniq maqsadni kozlab tayyorlanishini taminlash, shuningdek, ular orasidan diplomatik kadrlarning istiqbolli zaxirasini shakllantirish maqsadida bakalavriatda oqish muddatini va bakalavriatga qabul qilish kvotalarini kamaytirish belgilandi.

 

Manba: Gazeta.uz

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018