2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi farmoni tasdiqlandi

 

 

Yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi, ayniqsa, yoshlar ortasida soglom turmush tarzini targib qilish uchun zarur shart-sharoitlar va infratuzilmani yaratish, mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini taminlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, jismoniy tarbiya va sportni tashkil etishda qator tizimli muammolar va kamchiliklarning mavjudligi ushbu sohada davlat siyosatini samarali olib borishga va mamlakatning mavjud sport salohiyatidan toliq foydalanishga tosqinlik qilmoqda. Xususan:

birinchidan, ayniqsa, joylarda jismoniy tarbiya va sport boshqaruvining samarali yaxlit tizimi mavjud emasligi ushbu sohada davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini lozim darajada muvofiqlashtirishni, soglom turmush tarzini ommalashtirish va targib qilishni taminlamayapti;

ikkinchidan, mamlakatimizda ham ommaviy sport, ham oliy sport yutuqlari sohasida aniq vazifalar va maqsadli korsatkichlarni belgilagan holda, orta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqilmagan;

uchinchidan, davlat-xususiy sheriklik shartlarida sportning zamonaviy moddiy-texnika bazasi va infratuzilmasini yaratish boyicha nodavlat sektor bilan ozaro munosabatlarning past darajada ekanligi ushbu sohada mavjud muammolarni samarali hal etishga imkon bermayapti;

tortinchidan, joylarda yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya)ning samarali va shaffof tizimi mavjud emasligi terma jamoalar tarkibini sifatli toldirish uchun sport zaxirasini shakllantirish va yuqori malakali sportchilarni tayyorlashni taminlashga tosqinlik qilmoqda;

beshinchidan, sport kadrlarini, ayniqsa, boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning amaldagi tizimi jismoniy tarbiya va sport boshqaruvi sohasida malakali mutaxassislarga bolgan ehtiyojni qondirish imkonini bermayapti;

oltinchidan, jismoniy tarbiya va sport sohasini qollab-quvvatlashning faqat alohida sport turlarini rivojlantirishga yonaltirilgan, nooqilona tizimi boshqa ommaviy olimpiya sport turlarini, eng avvalo, sport oyinlari va qishki sport turlarini rivojlantirishga etibor qaratilmasligiga olib kelgan;

yettinchidan, sportchilarni tayyorlash va ular tibbiy taminotining innovatsion tadqiqotlari va uslubiy ishlanmalari, zamonaviy talablarga javob beradigan standartlarining mavjud emasligi sifatli oquv-mashq jarayonining yolga qoyilishini taminlamayapti;

sakkizinchidan, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga yonaltirilgan moliyaviy mablaglar sarflanishining asosliligi va haqqoniyligi ustidan nazoratning, eng avvalo, ichki nazoratning moliyaviy mablaglardan oqilona foydalanishni taminlaydigan va ushbu sohada suiistemolchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan samarali mexanizmi shakllantirilmagan;

toqqizinchidan, xalqaro standartlarga javob beradigan sifatli mahalliy sport asbob-uskunalari va inventarlarini ishlab chiqarish yolga qoyilmagan, shuningdek, bunday ishlab chiqarishni qollab-quvvatlashning tasirchan mexanizmi nazarda tutilmagan.

Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish, aholi, ayniqsa, yoshlar ortasida soglom turmush tarzini keng targib qilish maqsadida, shuningdek, 2017-2021-yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasi va Ozbekiston Respublikasida Mamuriy islohotlar konsepsiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq:

1. Ozbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qomitasi, Moliya vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qomitasi, Ozbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Ozbekiston Milliy olimpiya qomitasi, Toshkent shahar hokimligi, sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari)ning:

Ozbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qomitasi va uning hududiy bolinmalari negizida Ozbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligini (keyingi orinlarda Vazirlik deb yuritiladi) tashkil etish;

Vazirlikning markaziy apparati tuzilmasida sport faoliyatini tashkil qilishda asoslilik, obyektivlik va shaffoflikni taminlashga, shu jumladan jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga ajratilgan davlat moliyaviy mablaglaridan oqilona foydalanilishini tahlil qilish, aholining sport xizmatlaridan qoniqish darajasi va sport xizmatlaridan foydalana olish shart-sharoitlarini baholash, shuningdek, korrupsiya va boshqa suiistemolchilik holatlarini aniqlash uchun masul bolgan Jismoniy tarbiya va sport sohasida monitoring boshqarmasini tashkil etish;

Ozbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qomitasi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgarmasi va uning Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy bolinmalari negizida Ozbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgarmasi (keyingi orinlarda Jamgarma) va uning Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy bolinmalarini tashkil etish;

bevosita Qoraqalpogiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalariga boysinadigan va Jamgarma hisobidan moliyalashtiriladigan tumanlar (shaharlar) jismoniy tarbiya va sport bolimlarini tashkil qilish;

Ozbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti qoshidagi Jismoniy tarbiya va sport boyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazini (keyingi orinlarda Markaz) Vazirlik tasarrufiga berish, uni Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Kokcha Darvoza kochasi, 27-uy manzilda joylashtirish, Nukus, Samarqand va Fargona shaharlarida uning filiallarini tashkil qilish;

Ozbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti negizida Ozbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetini (keyingi orinlarda Universitet) tashkil etish;

jahonning yetakchi ishlab chiqaruvchilarini jalb qilgan holda sport kiyimi, anjomlari va jihozlarini ishlab chiqaruvchi zamonaviy korxonalar faoliyatini tashkil etish uchun poytaxt mintaqasida Sport erkin iqtisodiy zonasini tashkil qilish;

jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish hamda ommalashtirishda, mamlakatimizning xalqaro sport maydonidagi nufuzini oshirishda alohida xizmat korsatgan jismoniy tarbiya va sport sohasi xodimlari hamda boshqa shaxslarni taqdirlash maqsadida Ozbekiston Respublikasida xizmat korsatgan jismoniy tarbiya va sport xodimi faxriy unvonini tasis etish togrisidagi takliflari qabul qilinsin.

2. Qoyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari etib belgilansin:

jismoniy tarbiya va sport sohasida aholining keng qatlamlarini sport bilan shugullanishga va soglom turmush tarzini yuritishga jalb etish, jismonan soglom osib kelayotgan avlodni tarbiyalash, sport industriyasi va infratuzilmasini rivojlantirish, oliy sport mahorati sohasida mamlakatimizning xalqaro sport maydonida munosib ishtirokini taminlashga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

vazirliklar va idoralar jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari hamda klublarining faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek, respublika maktabgacha talim muassasalari, umumtalim maktablari, orta maxsus, kasb-hunar talimi va oliy talim muassasalari jismoniy tarbiya oqituvchilari va instruktorlari faoliyatiga tashkiliy-uslubiy rahbarlikni amalga oshirish;

mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari, jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari, talim muassasalari, jamoat tashkilotlari bilan birgalikda aholi, ayniqsa, yoshlar ortasida jismoniy tarbiya va sport bilan shugullanishni ommalashtirish borasida keng kolamli ishlarni tashkillashtirish;

bolalarni sport bilan muntazam ravishda shugullanishga jalb etish, bolalar sport talimi sifatini oshirish, barcha hududlarda, ayniqsa, qishloq va chekka hududlarda bolalar sporti obyektlari tarmogini yanada kengaytirish orqali bolalar sportini yanada rivojlantirish;

Olimpiya, Paralimpiya va Osiyo oyinlari, jahon, Osiyo chempionatlari va boshqa xalqaro musobaqa va turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirokni taminlash uchun istiqbolli sportchilarni tanlash, tayyorlash va mahoratini oshirishning, ular orasidan mamlakat terma jamoalari sifatli sport zaxirasi va tarkibini shakllantirishning samarali tizimini yaratishda Ozbekiston Milliy olimpiya qomitasi, sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) bilan hamkorlik qilish;

mamlakatimizda professional, ommaviy sportni, shu jumladan sport oyinlari va qishki sport turlarini rivojlantirishni ragbatlantirish va qollab-quvvatlash, ilgor xalqaro tajribani hisobga olgan holda, sport tayyorgarligi jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, barcha sport turlari boyicha milliy chempionatlar darajasi va sifatini oshirish, xalqaro va mintaqaviy musobaqalar tashkil etish, nosoglom sport raqobatiga va taqiqlangan preparatlar ishlatilishiga qarshi tizimli choralar korishni ragbatlantirish;

jismoniy tarbiya-soglomlashtirish va sport tashkilotlari, obyektlari va inshootlarining ommaviy sport, bolalar sporti va professional sport yonalishlari boyicha moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda mustahkamlash, ulardan maksimal darajada va samarali foydalanilishini taminlash, sport asbob-uskunalari hamda inventarlarining mamlakatimizda ishlab chiqarilishini tashkil etish va kengaytirish boyicha takliflar tayyorlashda qatnashish;

jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish, jismoniy tarbiya-soglomlashtirish hamda sport tashkilotlarini, talim va sport-talim muassasalarini yuqori malakali trenerlar va boshqa sport mutaxassislari bilan taminlash;

jismoniy tarbiya va sport sohasida xalqaro va davlatlararo sport aloqalarini kengaytirish hamda mustahkamlash, xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish borasidagi ishlarni tashkil qilish, ommabop sport dasturlarini tashkil etishga komaklashish, jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid ommaviy adabiyotlar chop etish, video va kino materiallar tayyorlash.

3. Belgilansinki:

Universitet jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy va oqituvchi kadrlar tayyorlash, shuningdek, soha mutaxassislarini oqitish hamda tayyorlashning ilgor usullarini ishlab chiqish va joriy etish boyicha respublikaning bazaviy oliy talim, ilmiy-tadqiqot xamda ilmiy-uslubiy muassasasi hisoblanadi;

Markaz maktabgacha talim muassasalari, umumtalim maktablari hamda orta maxsus, kasb-hunar talimi muassasalari jismoniy tarbiya oqituvchilari (instruktorlari), kafedra mudirlari, talim muassasalari va sport tashkilotlari trenerlari hamda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi boshqa mutaxassislarni qayta tayyorlash hamda malakasini oshirishni amalga oshiradi.

4. Quyidagilar ommaviy sportni rivojlantirish va istedodli yoshlarni saralash (seleksiya) sohasida talim muassasalarining ustuvor yonalishlari etib belgilansin:

maktabgacha talim muassasalarida boshlangich gimnastika va harakatli oyinlar boyicha mashgulotlar olib borish orqali jismoniy rivojlantirish hamda salomatlikni mustahkamlash uchun tarbiyalanuvchilarda jismoniy tarbiya va sport mashgulotlariga qiziqishni shakllantirish;

umumtalim maktablarida oquvchilar orasidan jismoniy tarbiya oqituvchilarini jalb qilgan holda istedodli yoshlarni saralab olish (seleksiya) hamda bolalar va osmirlar sport maktablari sport zaxirasini shakllantirish maqsadida keyinchalik mintaqaviy sport musobaqalarida ishtirok etish uchun sinfdan tashqari sport togaraklari va seksiyalari mashgulotlarini tashkil etish (haftasiga kamida 4 soatdan);

orta maxsus, kasb-hunar talim muassasalarida oquvchilar orasidan jismoniy tarbiya oqituvchilari va sport turi boyicha trenerlarni jalb qilgan holda istedodli yoshlarni saralash va ixtisoslashtirilgan bolalar va osmirlar sport maktablari sport zaxirasini shakllantirish maqsadida keyinchalik mintaqaviy hamda respublika sport musobaqalarida ishtirok etish uchun olimpiya va milliy sport turlari boyicha sinfdan tashqari sport togaraklari hamda seksiyalari mashgulotlarini tashkil etish (haftasiga kamida 6 soatdan);

oliy talim muassasalarida istedodli yoshlarni saralab olish (seleksiya) va sport turlari boyicha milliy terma jamoalari hamda respublika oliy sport mahorati maktablari sport zaxirasini shakllantirish maqsadida keyinchalik respublika va xalqaro sport musobaqalarida olimpiya va milliy sport turlari boyicha talabalar sport klublari hamda jamoalarini tashkil etish.

5. Shunday tartib ornatilsinki, unga kora:

maktabgacha talim muassasalari, umumtalim maktablari, orta maxsus, kasb-hunar talimi muassasalari jismoniy tarbiya oqituvchisi (instruktori) hamda oliy talim muassasalari jismoniy tarbiya oqituvchisi va kafedra mudiri lavozimlariga xalqaro darajadagi sport musobaqalari goliblari tayinlanishi mumkin;

davlat maktabgacha talim muassasalari, umumtalim maktablari, orta maxsus, kasb-hunar talimi muassasalari jismoniy tarbiya oqituvchisi (instruktori) lavozimiga tayinlash va lavozimidan ozod etish Vazirlik bilan kelishilgan holda Qoraqalpogiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi;

oliy talim muassasalarining jismoniy tarbiya oqituvchilari (kafedra mudirlari)ni lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish Vazirlik tomonidan oliy talim muassasasi bilan hamkorlikda tashkil etiladigan tanlov natijasiga kora Ozbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri tomonidan amalga oshiriladi;

jismoniy tarbiya oqituvchisi (instruktor va kafedra mudirlari)ning ish faoliyati samaradorligini baholash oquvchi (talaba)larni jismoniy va kasbiy tayyorgarligi hamda ular orasidan iqtidorli sportchilarni tanlash (seleksiya)da, eng avvalo, erishilgan aniq natijalarni hisobga olgan reyting tizimi asosida amalga oshiriladi;

jismoniy tarbiya oqituvchilari (instruktor va kafedra mudirlari)ni moddiy ragbatlantirish ular faoliyatining shaxsiy korsatkichlarini reyting tizimida baholashga asosan amalga oshiriladi;

tuman (shahar) sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarining yagona kalendar rejalari tegishli tuman (shahar) hokimlari tomonidan tasdiqlanadi;

umumtalim maktablari, orta maxsus, kasb-hunar talimi hamda oliy talim muassasalari oquvchilari va talabalari ortasida otkaziladigan sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini hamda ishtirokchilarni kiyim-kechak bilan taminlashni moliyalashtirish tegishliligi boyicha Yoshlik, Barkamol avlod va Talaba jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari hisobidan amalga oshiriladi.

6. Belgilab qoyilsinki:

Ozbekiston Milliy olimpiya qomitasi olimpiya sport turlari boyicha sportchilar, trenerlar va boshqa sport mutaxassislarini tayyorlash hamda olimpiya sport turlarini rivojlantirish qismi boyicha jismoniy tarbiya va sport subyektlari, shu jumladan Vazirlikning faoliyatini muvofiqlashtiradi;

Vazirlikning olimpiya sport turlarini rivojlantirishga masul bolinmalari rahbarligiga nomzodlar Ozbekiston Milliy olimpiya qomitasi raisi bilan majburiy ravishda kelishiladi;

Ozbekiston Milliy olimpiya qomitasi vakillari olimpiya zaxiralari maxsus maktab-internatlari rahbarlarini tanlash, tayinlash va attestatsiya qilishda, mazkur maktablarga yonalishlar boyicha qabul qilish kvotalarini kelishishda hamda sportchilarni xalqaro sport musobaqalariga yuborishda ishtirok etadi;

Olimpiya va Paralimpiya oyinlariga sportchilarni tayyorlash doirasida sport federatsiya (assotsiatsiya)lari uchun ajratilayotgan homiylik mablaglari Ozbekiston Milliy olimpiya qomitasida jamlanadi hamda sport federatsiya (assotsiatsiya)lari faoliyatini maqsadli moliyalashtirishga, shu jumladan yetuk xorijiy sportchi va trenerlarni jalb qilish uchun sarflanadi;

Ozbekiston Milliy olimpiya qomitasi Vazirlik bilan hamkorlikda yuqori malakali xorijiy sportchi, trener va boshqa mutaxassislarni olimpiya tayyorlash markazlari, sport federatsiya (assotsiatsiya)lari va boshqa sport tashkilotlarining oquv-mashgulot jarayonlariga keng jalb qilishni taminlaydi.

7. Quyidagilar tashkil etilsin:

Samarqand viloyati Samarqand tumanida universal olimpiya tayyorgarligi va xalqaro musobaqalar otkazish markazi;

Toshkent viloyati Bostonliq tumanida joylashgan Aziya-Chimgan mehmonxonasi negizida milliy terma jamoalar uchun universal olimpiya tayyorgarligi markazi;

Jizzax viloyati Zomin tumanida Aloqachi soglomlashtirish oromgohi negizida gimnastika sport turi boyicha olimpiya tayyorgarligi markazi;

Namangan viloyati Chortoq tumanida serjantlar tayyorlash maktabi negizida sport oyinlari boyicha olimpiya tayyorgarligi markazi;

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida Gulnora soglomlashtirish oromgohi negizida sport yakkakurashlari boyicha olimpiya tayyorgarligi markazi tashkil etilsin.

Ozbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga komaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qomitasi tashkil etilayotgan markazlar tasarrufida bolgan vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda ushbu obyektlarni barcha bino va inshoot majmualari bilan birga Ozbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qomitasi tasarrufiga begaraz otkazilishini taminlasin.

8. Belgilab qoyilsinki:

jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari, shuningdek, talim muassasalari va sport tashkilotlarida mehnat qilayotgan sport faxriylariga faoliyatning boshqa xaq tolanadigan turlari bilan shugullanmaslik sharti bilan pensiya toliq miqdorda tolanadi;

Olimpiya va Paralimpiya oyinlari hamda olimpiya va paralimpiya sport turlari boyicha jahon chempionatlari sovrindor sportchilari Qoraqalpogiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,

Toshkent shahar hamda viloyatlardagi jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari, shuningdek, tegishli sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) tavsiyanomalariga asosan trenerlik faoliyati boyicha soddalashtirilgan tartibda attestatsiyadan otib, sport maktablarida trener sifatida trenerlik faoliyati bilan shugullanishga haqli;

sport tashkilotlari (idoralari) rahbarligi lavozimiga avval shugullangan professional faoliyat turidan qati nazar, oliy malumotli hamda boshqaruv sohasida amaliy konikmaga ega bolgan shaxslar tayinlanishi mumkin;

trenerlik faoliyati bilan shugullanish uchun ruxsatnoma muddati tugagan trenerlar kopi bilan tort oy muddatdan oshmagan holda ornatilgan tartibda yangi ruxsatnoma olinishiga qadar mehnat faoliyatini davom ettirishga xaqli.

9. Olimpiya sport turlarini 2018-2021-yillarda keyinchalik rivojlantirish va ommalashtirish kompleks chora-tadbirlari dasturi ilovaga muvofiq maqullansin.

Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni oz vaqtida, sifatli va toliq amalga oshirish uchun vazirlik, muassasa va boshqa tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi belgilansin.

10. Vazirlik:

ikki oy muddatda jismoniy tarbiya oqituvchilari (instruktor, kafedra mudirlari) faoliyati samaradorligini baholashning reyting tizimi togrisidagi nizomni tasdiqlasin;

2018-yil 1-mayga qadar Ozbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni uzoq muddatli istiqbolga rivojlantirish konsepsiyasi loyihasini xalqaro mutaxassislarni jalb qilgan holda ishlab chiqsin va kiritsin;

uch oy muddatda bolalar va osmirlar sport maktablari, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan maktablarning ishlash tartibini tashkil etish tizimini tanqidiy jihatdan organib chiqish va natijasi boyicha ularning faoliyatini tartibga solish va takomillashtirish, tashkiliy-shtat tuzilmasini qayta korib chiqish hamda ularni moliyalashtirish tizimini tartibga solish yuzasidan hukumat qarori loyihasini kiritsin;

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda uch oy muddatda sportchilar, jismoniy tarbiya oqituvchilari, yoriqchilari haqidagi malumotlarni hamda talim muassasalarida sport turlari boyicha imtihon qilish tizimi tahlillari natijalarini oz ichiga olgan Yagona axborot tizimi yaratilishini taminlasin;

uch oy muddatda Sogliqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda olimpiya sport turlari boyicha musobaqalar va oquv tayyorgarlik mashqlari davomida sportchilarni tibbiy taminlashni tashkil etish va kuzatib borish tartibini, shu jumladan sport tibbiyot muassasalari tarmoqlarini yaratishni oz ichiga olgan holda, tasdiqlash togrisidagi hukumat qarori loyihasini kiritsin;

uch oy muddatda Xalq talimi vazirligi, Oliy va orta maxsus talim vazirligi va Moliya vazirligi bilan hamkorlikda talim muassasalari qoshida sport klublarini tashkil etish, faoliyat olib borishi hamda moliyalashtirilishi tartibini tasdiqlash togrisidagi hukumat qarori loyihasini kiritsin;

uch oy muddatda respublika hududida jismoniy tayyorgarlikni tashkil etishning yagona talablarini belgilashni taminlovchi, olimpiya sport turlari boyicha tayyorgarlikning yagona meyorlarini sport talimi muassasalari faoliyatiga tatbiq etishni taminlasin;

Ozbekiston Milliy olimpiya qomitasi bilan hamkorlikda 2018-yil 1-iyunga qadar sportning qishki va oyin turlarining rivojlanishi va ommalashishining amaldagi holatini har tomonlama va tanqidiy tahlilini hisobga olgan holda Ozbekiston Respublikasida sportning qishki va oyin turlarini yanada rivojlanishi yuzasidan takliflar tayyorlasin;

Ozbekiston Milliy olimpiya qomitasi bilan hamkorlikda respublika olimpiya zaxiralari maktab-internatlari qoshida olimpiya zaxiralari markazlarini tashkil etish taklifini kiritsin.

11. Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

bir hafta muddatda Ozbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi faoliyatini tashkil etish togrisidagi Ozbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini kiritsin;

bir oy muddatda Ozbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi togrisidagi Nizomni tasdiqlasin;

bir oy muddatda Ozbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti faoliyatini tashkil etish boyicha hukumat qarori qabul qilinsin;

ikki oy muddatda Ozbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgarmasi hamda Ozbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi Nizomini tasdiqlash, shuningdek, jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari kontingentini toliq qayta tayyorlash va malakasini oshirish imkoniyatini qamrab olgan holda ularning tashkiliy-shtat tuzilmasi tasdiqlansin;

ikki oy muddatda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi barcha turdagi talim muassasalarida talim standartlari qayta korib chiqilsin, talimning har bir bosqichida umumiy talim yuklamasidan oshmagan holda, dars soatlarini oshirish yordamida, sport tarmoqlari boyicha baholash tizimini joriy qilish, natijalarni tizimli tahlil qilish ishlari olib borilsin;

ikki oy muddatda qurilish-montaj ishlari, zamonaviy sport jihozlari, texnikasi va inventarlar bilan taminlash, uzluksiz oquv-mashgulot jarayoni va sportchilar, trener hamda boshqa mutaxassis va ishchilar yashashi uchun sharoit yaratishni inobatga olgan holda olimpiya tayyorgarlik markazlari faoliyatini tashkil qilish togrisidagi hukumat qarori qabul qilinsin;

uch oy muddatda olimpiya zaxiralari maktab-internatlari qabul kvotalarini sport turlari boyicha eng kam miqdorini hisobga olgan holda kerakli bolgan samarali talim tizimi tashkil etilsin;

uch oy muddatda trenerlik faoliyati bilan shugullanish boyicha attestatsiyadan otish va ruxsatnoma olish tartibini soddalashtirishga yonaltirilgan hukumat qarori qabul qilinsin.

12. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlar sport infratuzilmasini tashkil etish va tizimli tarzda ishchilarni jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish amaliyotini joriy etish choralarini korsin.

13. Ozbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiyasi, Ozbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi ikki oy muddatda Mudofaa vazirligining sport klubi, Dinamo jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari faoliyatini takomillashtirish va kasaba uyushmalari federatsiyasi jismoniy tarbiya va sport jamiyatini tiklash, shuningdek, idoraviy sport bazalarini modernizatsiya qilish, ular qoshida yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish uchun barchaning shugullanishiga imkoni bolgan seksiya va togaraklar tashkil etish boyicha chora-tadbirlar belgilasin.

14. Vazirlik hamda Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan ozgartish va qoshimchalar togrisida Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

15. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevraldagi Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi PF-4956-son Farmoni birinchi bandi uchinchi xatboshisi va uchinchi bandi oz kuchini yoqotgan deb hisoblansin.

16. Mazkur Farmon ijrosini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasi Bosh vazirining orinbosari Q.V.Akmalov, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.S.Qosimov va Ozbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B.Murodov zimmasiga yuklansin.

 

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV

 

Toshkent shahri, 2018-yil 5-mart

Manba: OzA

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018