2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Ozbekiston BMT Inson huquqlari boyicha kengashiga azo bolish niyatida

 

 

Jenevada BMTning Inson xuquqlari boyicha kengashi 37-sessiyasi ish boshladi.

Bu yil Inson huquqlari boyicha umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganiga 70 yil toladi. Shu sanani nishonlash doirasida tashkil etilgan sessiyada inson xuquqlarini himoya qilishning dolzarb masalalari muhokama qilinayotir. Tadbirda 180 dan ziyod mamlakatdan 3 mingdan ortiq vakil ishtirok etmoqda.

Yigilishning ochilish marosimida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Inson huquqlari boyicha Oliy komissar Zayd Rad al-Husayn va BMT Bosh assambleyasi 72-sessiyasi raisi Miroslav Laychak butun dunyoda inson huquqlariga rioya qilish va bu sohada xalqaro hamkorlikni rivojlantirish zarurligini qayd etdi.

Tadbirda Ozbekiston adliya vaziri R.Davletov, Inson huquqlari boyicha milliy markaz direktori A.Saidov, Tashqi ishlar vazirligi va mamlakatimizning Jenevadagi doimiy vakolatxonasi xodimlari ishtirok etmoqda.

R.Davletov tadbir ishtirokchilarini Ozbekistonda fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklarini taminlash boyicha amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishtirdi. Xususan, Prezidentning Xalq qabulxonalari faoliyatiga doir oziga xos tajribaga oid malumot berdi.

Jinoyatchilikka qarshi kurashishning butunlay yangi, avvalo, oldini olish va uni erta aniqlashga yonaltirilgan tizimini joriy etish masalasi haqida ham soz yuritildi. Sud-huquq sohasi va jinoyatni fosh etish tizimidagi islohotlar, xususan, Sudyalar oliy kengashi tasis etilgani, yangi iqtisodiy va mamuriy sudlar tuzilgani haqida malumot berilib, yurtimizda ilk bor joriy etilgan afv etish, jinoyatlarni fosh qilishda zoravonlik qollanishiga yol qoymaslik boyicha talablarga rioya etilishiga doir natijalar taqdim etildi.

Sessiyada ilk bor Ozbekistonning 2021-2023 yillarda BMTning Inson huquqlari boyicha kengashiga azo etib saylanish istagi bildirildi.

Ozbekiston delegatsiyasi taqdim etgan malumotlar, jumladan, joriy yil noyabr oyida Samarqandda bolib otadigan Inson huquqlari boyicha Osiyo forumiga tayyorgarlik jarayoni sessiya ishtirokchilarida katta qiziqish uygotdi.

 

Manba: OzA

 

 

 

 

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018