2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Amerika Qoshma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga yollagan maktubiga doir

 

 

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Amerika Qoshma Shtatlari Prezidentidan joriy yil 26-27 mart kunlari Toshkent shahrida bolib otadigan Afgoniston boyicha xalqaro konferensiyaga oid maktub keldi.

AQSh Prezidenti Ozbekiston Prezidentining Toshkentda bolib otadigan Afgoniston boyicha xalqaro konferensiya tarifi bayon etilgan maktubini olganidan mamnun bolganini qayd etdi.

Maktubda AQShning Janubiy Osiyodagi strategiyasi mintaqa mamlakatlarini Afgonistondagi nizoni tartibga solish va vaziyatni barqarorlashtirish uchun birdek masuliyat his qilishga undashi takidlangan.

Donald Tramp Ozbekiston Prezidentining mintaqaviy yondashuvga doir tashabbusini qollab-quvvatlashi, bu esa oz navbatida vaziyatni tinch muzokaralar yoli bilan hal qilish uchun sharoit yaratishi, iqtisodiyot, jumladan, Afgoniston bilan savdo aloqalarini rivojlantirishini qayd etdi.

Shuningdek, maktubda bunday deyilgan:

Mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan say-harakatlaringiz katta muvaffaqiyatlar keltirdi. Otgan yili noyabr oyida Samarqandda bolib otgan konferensiya butun Markaziy Osiyo boylab istiqbolli hamkorlik muhitini yaratdi, dekabr oyidagi Prezident Ashraf Gani bilan uchrashuvingiz esa mustahkam hamkorlik va taraqqiyotga zamin hozirlab berdi.

Sizning Afgoniston boyicha xalqaro konferensiya otkazishga doir tashabbusingizni toliq qollab-quvvatlayman, shunday ekan, ushbu format afgonistonliklar boshchilik qilayotgan Kobul jarayoni bilan muvofiqlashtirilishini taminlash uchun biz hamkorlikda astoydil ishlashimiz zarur. Oq uy mamuriyati Toshkentdagi konferensiyada ishtirok etuvchi AQSh delegatsiyasi tarkibini korib chiqmoqda.

Samimiy va iliq sozlaringiz, shuningdek, Afgonistondagi birgalikdagi say-harakatlarga qoshayotgan ulkan hissangiz uchun minnatdorlik izhor etishga ijozat bergaysiz. Ozbekiston xalqiga salomim va ezgu tilaklarimni yetkazishingizni sorayman.

Yaqin orada Siz bilan uchrashishni intizorlik bilan kutib qolaman.

Ehtirom bilan,

 

Donald Tramp,

Amerika Qoshma Shtatlari Prezidenti

 

Manba: OzA


 

 

 

 

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018