2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Xalqaro amaliyot va Ozbekiston tajribasi

 

 

Ozbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan hamkor tashkilotlar ishtirokida shu yilning 24-26 aprel kunlari poytaxtimizda Harakatlar strategiyasi va kuchli ijtimoiy siyosat: xalqaro amaliyot va Ozbekiston tajribasi mavzusida xalqaro konferensiya otkazilishi rejalashtirilgan bolib, ayni paytda ushbu tadbirga katta hozirlik korilmoqda.

Kuni kecha OzKUFKda ushbu nufuzli anjumanni otkazish boyicha Tashkiliy qomitaning yigilishi bolib otdi. Uni Ozbekiston Respublikasi Bosh vaziri orinbosari Q.Akmalov olib bordi.

Yigilishda Ozbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi, xalqaro anjumanni otkazish boyicha Tashkiliy qomita raisi Q.Rafikov, Tashkiliy qomita azolari, vazirlik, idora va tashkilotlar, ilmiy muassasalar hamda fuqarolik jamiyati institutlarining rahbar va mutasaddilari qatnashdilar.

Unda kun tartibiga kiritilgan masalalar muhokama qilindi.

logo konf.jpg Mazkur anjuman Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi 113-F sonli Farmoyishi ijrosini taminlash, Harakatlar strategiyasidan kelib chiquvchi vazifalar, mamlakatimizning yangi iqtisodiy va siyosiy qiyofasini xalqaro hamjamiyatga namoyish qilish, mamlakatimiz axli oz oldiga qoyayotgan ezgu maqsadlar, amalga oshirilayotgan kuchli ijtimoiy siyosat hamda uning amaldagi natijalarini dunyo hamjamiyatiga yetkazish va tegishli ravishda xalqaro tajribani organish maqsadida otkazilmoqda, dedi Ozbekiston Respublikasi Bosh vaziri orinbosari Qahramon Akmalov.

Anjumanda 50 dan ortiq xalqaro tashkilot hamda mamlakatlar vakillari, Ozbekistonda akkreditatsiyadan otgan diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlarning kasaba uyushma tashkilotlari mutasaddilari, chet ellik ekspertlar, Ozbekiston Respublikasi parlamenti azolari, mamlakatimizdagi sud va huquq-tartibot organlari, vazirlik va idoralar, fuqarolik jamiyati institutlari, respublika va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishi kutilmokda.

Yigilishda takidlanganidek, Harakatlar strategiyasi bugun xalqimizning orzu-istaklarini ozida mujassam etgan hujjatga aylandi. Strategiyaning oziga xos jihati shundaki, unda beshta ustuvor yonalish, yani davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish, qonun ustuvorligini taminlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagrikenglikni taminlash hamda chuqur oylangan, ozaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish yonalishlarida mamlakat ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy-marifiy hayotining barcha jabhalariga chuqur kirib borilgan bolib, aynan shunga kora, xorijiy ekspertlar ham ushbu dasturilamal hujjatning yurtimiz kelajagi uchun dolzarb ahamiyatga ega ekanligini alohida takidlamoqda.

Xalqaro konferensiyaning yalpi majlisi International Hotel Tashkent mehmonxonasining Amir Temur konferens-zalida, seksiyalar boyicha munozaralar International Hotel Tashkent mehmonxonasi va Xalqaro Hamkorlik markazi AK Xalqaro biznes markazining konferens-zallarida otkazilishi rejalashtirilgan.

Anjuman doirasida xorijiy mehmonlar ijtimoiy obyektlar, xususan, talim va tibbiyot muassasalari, aholi uchun qurilgan arzon uy-joy majmualari, yurtimizning tarixiy shaharlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega boladilar.

Tashkiliy qomita yigilishi yakunida ishchi guruhlar, masul vazirlik, idora va tashkilotlarning xalqaro konferensiyani yuqori saviyada tashkil etish va otkazish boyicha vazifalarni belgilab olishdi.

 

Manba: OzA

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018