2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Namanganda 5 tonna sumalak tayyorlanadi

 

 

Namangan shahrida Navroz bayrami tantanalari doirasida 20-21 mart kunlari ilk bor tashkil etiladigan Sumalak sayli turizm va milliy qadriyatlar festivali davomida 5 tonnalik qozonda sumalak tayyorlanadi. Bu haqda Vodiymedia.uz xabar qilmoqda.

Xabarda aytilishicha, buncha miqdordagi sumalakni tayyorlash uchun 2 tonna bugdoy ivitiladi. Bugdoydan tashqari, 2 tonna un, 1 tonna yog, 450 kg zogora uni, 50 kg novvot ishlatiladi. Sumalakni tayyorlash uchun 25 nafar onaxon sumalak ustalari jalb etiladi.

Tayyorlangan sumalak barcha tashrif buyurgan mehmonlarga tortiq qilish bilan birga, qariyalar va mehribonlik uylariga, mahallalardagi kam taminlangan oilalarga tarqatiladi.

Namangan shahridagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bogida otkaziladigan Sumalak sayli turizm va milliy qadriyatlar festivali Namangan shahar hokimligi tomonidan tashkil etilmoqda. Ushbu festival ananaga aylanishi rejalashtirilmoqda.

Festival mohiyatiga kora ozida bahoriy yangilanishga xos bayram shukuhi, ozbek xalqining milliy qadriyatlari ezozi, xayriyaparvarlik, barchaga shodlik ulashish kabi xususiyatlarni qamrab olgan ommaviy sayl sifatida namoyon boladi. Sumalak sayli turizm va milliy qadriyatlar festivali davomida shahardagi kam taminlangan oilalar farzandlarining nikoh hamda xatna toylari otkaziladi.

Festival davomida turli konsert dasturlari, milliy xalq oyinlari bolib otadi, ishtirokchilar bahoriy milliy taomlardan bahramand bolishadi.

Manba: Zamin.uz

 

 

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018