2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Farmatsevtika tarmogini jadal rivojlantirish boyicha qoshimcha chora-tadbirlar togrisida

 

 

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Oxirgi bir yarim yil davomida farmatsevtika tarmogini rivojlantirish, dori vositalari va tibbiy buyumlarning arzonligi va erkin muomalasini taminlashga qaratilgan ondan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.

Farmatsevtika tarmogining davlat boshqaruvi tizimi qayta korib chiqildi, Ozbekiston Respublikasi Sogliqni saqlash vazirligi huzurida Farmatsevtika tarmogini rivojlantirish agentligi tashkil etildi.

Nukus-farm, Zomin-farm, Kosonsoy-farm, Sirdaryo-farm, Boysun-farm, Bostonliq-farm va Parkent-farm erkin iqtisodiy zonalari tashkil etilib, ularning hududida 41,7 million AQSh dollari miqdoridagi beshta loyiha amalga oshirilmoqda.

Mamlakatda ijtimoiy dorixonalarni tashkil etish choralari korilmoqda. Jumladan, Surxondaryo viloyatida davlat-xususiy sheriklik shartlarida 75 ta ijtimoiy dorixonalarni qurish va joylashtirish boyicha ishlar boshlangan.

Shu bilan birga, organishlar qabul qilingan qonun hujjatlarini oz vaqtida, sifatli va toliq ijro etish boyicha yetarli choralar korilmayotganligini, masul organlar rahbarlarida yuklatilgan vazifalarni bajarishda tashabbuskorlik yoqligini korsatdi. Xususan:

birinchidan, erkin iqtisodiy zonalar direksiyalarini shakllantirish taminlanmagan, ular faoliyatini moliyalashtirishning aniq manbalari va mexanizmlari belgilanmagan, ishlab chiqarish obyektlarini joylashtirish uchun yer uchastkalarini ajratish masalalari hal etilmagan;

ikkinchidan, erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari mamuriy kengashlarining faoliyatini muvofiqlashtirish boyicha Respublika kengashi tomonidan erkin iqtisodiy zonalarning ishini samarali tashkil qilish va investitsiyalarni jalb etish boyicha yetarli choralar korilmayapti;

uchinchidan, erkin iqtisodiy zonalarning rivojlangan transport,

yol va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi mavjud emasligi

ularning hududida yuqori sifatli farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish quvvatlarini yolga qoyish imkonini bermayapti, zonalarning bosh rejalarini ishlab chiqish joylardagi haqiqiy holatni va investorlarda yuzaga kelayotgan muammolarni etiborga olmagan holda amalga oshirilmoqda;

tortinchidan, davlat-xususiy sheriklik shartlarida ijtimoiy dorixonalarni tashkil etish va faoliyat yuritishining huquqiy tartibi belgilanmagan, ularning joylashuvi tasdiqlanmagan, bu esa Ozbekiston Respublikasi Sogliqni saqlash vazirligiga shunday dorixonalar faoliyatini tashkil etish boyicha yuklatilgan vazifalarning oz vaqtida bajarilmasligiga olib kelgan;

beshinchidan, dorixonalarda ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiy buyumlarning harakatini hisobga olish, shuningdek, dorixonalarning joylashuvi, dori vositalarining assortimenti va narxi haqida aholini xabardor qilish boyicha zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish jarayoni past suratlarda bormoqda;

oltinchidan, farmatsevtika tarmogi muassasalarining ilmiy-tadqiqot faoliyati zamonaviy talablarga javob bermaydi, malakali mutaxassislarni tayyorlash masalalariga yetarli etibor qaratilmayapti;

yettinchidan, mavjud ilmiy ishlanmalarni amaliyotda sinovdan otkazishning samarali tizimi mavjud emas, ularni ishlab chiqarishga joriy etish, dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqish sohasida yangi innovatsion loyihalarni amalga oshirish boyicha yetarli choralar korilmayapti.

Mazkur holatlar farmatsevtika tarmogini tubdan isloh qilish boyicha korilayotgan choralarning sustlashishiga olib kelmoqda, aholi va tibbiyot muassasalarini arzon dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taminlashga salbiy tasir korsatmoqda.

Farmatsevtika tarmogini jadal rivojlantirish, mavjud muammolarni oz vaqtida hal qilish va investitsiyalarni jalb etish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish boyicha vazifalarning samarali amalga oshirilishini taminlash maqsadida:

1. Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari mamuriy kengashlarining faoliyatini muvofiqlashtirish boyicha Respublika kengashi, Ozbekiston Respublikasi Sogliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, Investitsiyalar boyicha davlat qomitasi, Sogliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogini rivojlantirish agentligi, Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining farmatsevtika tarmogini rivojlantirish sohasidagi ishlarni tashkil etish borasidagi faoliyati qoniqarsiz deb topilsin.

Ishda jiddiy kamchiliklarga yol qoyganligi va lozim darajadagi tashabbuskorlik yoqligi sababli Ozbekiston Respublikasi Sogliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmavsevtika tarmogini rivojlantirish agentligi direktori Z.A.Dusanov va mazkur agentlik direktorining birinchi orinbosari M.M.Dusmuratov egallab turgan lavozimidan ozod etilganligi malumot uchun qabul qilinsin.

2. Farmatsevtika tarmogini jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni taminlash boyicha Yol xaritasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Belgilab qoyilsinki, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlari Yol xaritasining oz vaqtida, sifatli va toliq amalga oshirilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.

3. Nukus-farm, Zomin-farm, Kosonsoy-farm, Sirdaryo-farm, Boysun-farm, Bostonliq-farm va Parkent-farm erkin iqtisodiy zonalaridagi haqiqiy vaziyatni organish va mavjud muammolarni hal etish boyicha ishchi guruhlar 2-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.

Ishchi guruhlar tomonidan ikki oy muddatda:

erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini tashkil etish uchun ajratilgan yer uchastkalarining belgilangan talablarga muvofiqligi, transport, muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini yaratish imkoniyatlari mavjudligi nuqtai nazaridan organilishini;

erkin iqtisodiy zonalar bosh rejalarining joylardagi haqiqiy vaziyatni va ularni amalda ijro etish imkoniyatini hisobga olgan holda qayta korib chiqilishini;

erkin iqtisodiy zonalar hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun potensial investorlarni jalb etish choralarini korishni taminlasin.

4. Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (Q.V.Akmalov) ikki oy muddatda ishchi guruhlar faoliyatining yakunlari boyicha quyidagilarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin:

Dorivor osimliklarning plantatsiyalarini tashkil etish boyicha tadbirlar dasturi;

Tayyor dori vositalari va tibbiy buyumlar, yordamchi va orash-joylash materiallarini ishlab chiqarish boyicha erkin iqtisodiy zonalar hududida amalga oshirilishi rejalashtirilgan investitsiya loyihalari royxati.

5. Ozbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qomitasi, Ozbekiston Respublikasi avtomobil yollari davlat qomitasi, Ozbekenergo AJ, Oztransgaz AJ, Ozbektelekom AK boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda erkin iqtisodiy zonalarning bosh rejalari tasdiqlangandan keyin bir oy muddatda erkin iqtisodiy zonalarning transport, muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish boyicha loyihalarning loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishini taminlasin.

6. Har bir erkin iqtisodiy zonaga Qoraqalpogiston Respublikasi va tegishli viloyatlar prokurorlari biriktirilib, ularning mazkur sohadagi asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilansin:

erkin iqtisodiy zonalar bosh rejalarining oz vaqtida ishlab chiqilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

loyihalar tashabbuskorlariga loyiha-smeta hujjatlarini oz vaqtida ishlab chiqishda yordam korsatish;

yangi tashkil etilayotgan quvvatlarni transport, muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasi bilan taminlash hamda ularning suv, gaz va elektr taminotiga ulanishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

loyihalar tashabbuskorlariga ruxsat beruvchi va boshqa hujjatlarni olishda, shuningdek, investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan masalalarni hal etishda har tomonlama komaklashish;

loyihalar tashabbuskorlariga loyihalarni oz vaqtida amalga oshirishda tosqinlik qilayotgan, ortiqcha byurokratik tosiqlarni yaratayotgan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslariga nisbatan qatiy choralar korish.

Belgilansinki, viloyat miqyosidagi masul davlat organlari va tashkilotlar har oyda Qoraqalpogiston Respublikasi va tegishli viloyatlar prokurorlariga erkin iqtisodiy zonalarda amalga oshirilayotgan ishlarning borishi haqida hisobot taqdim etadi.

7. Ozbekiston Respublikasi Sogliqni saqlash vazirligi:

ikki kun muddatda tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari, kop tarmoqli, shahar va qishloq oilaviy poliklinikalari, shuningdek, qishloq vrachlik punktlarida ijtimoiy dorixonalarni joylashtirish imkoniyatlarini joylarga chiqqan holda organish uchun ishchi guruhlarni tashkil etsin;

otkazilgan organishni inobatga olgan holda, 2018-yil 1-aprelga qadar muddatda ijtimoiy dorixonalarning joylashuvini tasdiqlasin;

bir oy muddatda Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Ijtimoiy dorixonalar togrisidagi nizom loyihasini kiritsin;

Ozbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi

va Investitsiyalar boyicha davlat qomitasi bilan birgalikda 2018-yil 1-iyunga qadar muddatda 2018-2022-yillarda Ozbekiston Respublikasida farmatsevtika tarmogini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlashni nazarda tutuvchi Ozbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

8. Ozbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Sogliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda:

a) 2018-yil 1-dekabrga qadar muddatda quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadigan Internet tarmogida axborot portalini, shuningdek, mobil ilovalarni yaratsin:

asosiy axborot indikatori sifatida litsenziya mavjudligini aks ettirgan holda dorixonalarning joylashuvini aniqlash;

dori vositalari va tibbiy buyumlarni, zarur hollarda sotib olingan dori vositalari va tibbiy buyumlarni tegishli dorixonalar tomonidan aholiga yetkazib berishni taminlagan holda real vaqt rejimida sotib olish;

b) 2018-yil 1-mayga qadar muddatda Ozbekiston Respublikasida dori vositalari va tibbiy buyumlarni hisobga olish va hisobot jarayonini avtomatlashtirish, shuningdek, ular haqidagi zarur axborotni taqdim qilgan holda dori vositalari va tibbiy buyumlarni identifikatsiya qilish imkonini beruvchi maxsus markirovka tizimini joriy etish mumkinligi masalasini organsin;

v) 2018-yil 1-aprelga qadar muddatda Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga davlat tibbiyot muassasalari va ijtimoiy dorixonalarda dori vositalari va tibbiy buyumlarning hisobini olib borishning, shu jumladan byudjet mablaglari maqsadsiz sarflanishini tezkor aniqlash va suiistemolchilik holatlarining oldini olish imkonini beruvchi avtomatlashtirilgan tizimni yaratish boyicha takliflar kiritsin.

9. Aholini dori vositalari bilan taminlashdagi muammolarni organish va bartaraf etish boyicha jamoatchilik komissiyasi (keyingi orinlarda Komissiya) tarkibi va hududlarda har haftalik uchrashuvlarni tashkil etish grafigi 3 va 4-ilovalarga muvofiq maqullansin.

Komissiya (K.M.Rafikov):

har 10 kunda hududlarga borish va joylarda uchrashuvlar otkazish orqali dori vositalari bilan taminlashda aholining eng muhim muammolari hal etilishi ustidan tasirchan jamoatchilik nazoratini tashkil qilsin;

farmatsevtika tarmogida korilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi va manzilli bolishi, ularning mazkur sohadagi ishlar holatini yaxshilashga real tasir korsatishi masalalari boyicha fuqarolarning fikr, mulohaza va tavsiyalarini organish orqali aholi bilan aks aloqani taminlasin;

fuqarolarni, ayniqsa, ijtimoiy ehtiyojmand va borish qiyin bolgan hududlarda yashaydigan fuqarolarni ijtimoiy ahamiyatga ega va arzon dori vositalari bilan taminlash boyicha ishlarning haqiqiy holatini puxta organsin;

aholini dori vositalari bilan taminlash va uning aholi yashash joylarida yetarliligi, shuningdek, ijtimoiy dorixonalarning faoliyatini tashkil etish boyicha mavjud infratuzilmani tanqidiy organsin;

dori vositalari narxining oshishiga va boshqa huquqbuzarliklarning sodir etilishiga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlasin, aniqlangan muammolarni bartaraf etish, aholini dori vositalari bilan oz vaqtida taminlash boyicha prokuratura organlari bilan birgalikda tezkor choralar korsin;

mazkur qaror ijro etilishi jarayonini muntazam organsin, ushbu masala boyicha masul davlat organlari rahbarlarining hisobotini eshitsin, yuklatilgan vazifalar ijrosining buzilishi holatlari va sabablarini aniqlasin hamda huquqbuzarlik holatlari haqida prokuratura organlarini oz vaqtida xabardor etsin;

kreditlar berish, yer uchastkalari ajratish, tegishli litsenziya va ruxsatnomalar olish, infratuzilmaga ulanishda mavjud muammolarni tezkor hal etish maqsadida tadbirkorlik subyektlari va potensial chet el investorlari bilan uchrashuvlar otkazsin;

Ozbekiston Respublikasi Sogliqni saqlash vazirligi va Ozavtosanoat AJ bilan birgalikda olis joylarda yashovchi aholiga, eng avvalo, ijtimoiy ahamiyatga ega va eng zarur dori vositalarini sotishni taminlaydigan Damas avtomashinalarida kochma dorixonalarni tashkil etish choralarini korsin;

ommaviy axborot vositalari, shu jumladan televedeniyeda amalga oshirilayotgan ishlarning borishi va natijalari muntazam yoritilishini tashkil etsin;

otkazilgan har bir joyiga chiqib organish va uchrashuvlar yakuni boyicha amalga oshirilgan ishlar togrisida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga axborot kiritsin.

10. Ozbekiston temir yollari AJ Komissiya faoliyati doirasida

uning raisi talabnomasi boyicha har yili mahalliy qatnovdagi poyezdlarning barcha turlariga temir yol chiptalari zaxira qilib qoyilishini va bepul rasmiylashtirilishini taminlasin.

11. Respublikada yaratiladigan va ishlab chiqariladigan ustuvor dori vositalari va tibbiy buyumlar royxatini aniqlash boyicha ishchi komissiya 5-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.

Ishchi komissiya uch oy muddatda:

farmatsevtika bozorini organishni hamda tashxis qoyish va davolash standartlarini hisobga olgan holda sogliqni saqlash uchun ustuvor bolgan dori vositalari va tibbiy buyumlar royxatini aniqlashni;

orta muddatli istiqbolda joriy etish uchun istiqbolli dori vositalari va tibbiy buyumlarning mahalliy ishlanmalarini aniqlashni;

ehtiyoj uchun zarurligi, ijtimoiy ahamiyati, ishlab chiqarishga joriy etishning maqsadga muvofiqligi va mumkinligidan kelib chiqib, dori vositalari va tibbiy buyumlarning toifalarini aniqlashni taminlasin.

12. Innovatsion rivojlanish vazirligi Bosh prokuratura va Sogliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda Ozbek kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti, Sharq tabobati ilmiy-tadqiqot institutining faoliyatini tanqidiy organsin hamda Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga mazkur sohadagi faoliyatni takomillashtirish boyicha, shu jumladan dori vositalari va tibbiy buyumlarning oquv-ilmiy laboratoriyasi va tajriba-ishlab chiqarish majmuasini tashkil etishni nazarda tutgan holda takliflar kiritsin.

13. Moliya vazirligi Sogliqni saqlash vazirligi va Davlat bojxona qomitasi bilan birgalikda 2018-yil 1-aprelga qadar muddatda Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish uchun xom ashyoni import qilishda qoshimcha qiymat soligi boyicha imtiyozni qollash mexanizmini soddalashtirish yuzasidan takliflar kiritsin, bunda tasdiqlangan royxat asosida imtiyoz qollash tartibi istisno qilinib, dori vositalari va tibbiy buyumlarni tayyorlash uchun olib kiriladigan, respublikada ishlab chiqariladigan xom ashyo va substansiyalarga qoshimcha qiymat soligi boyicha imtiyozlar qollanilmasligi nazarda tutilsin.

Sogliqni saqlash vazirligi ikki hafta muddatda Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga dori vositalari va tibbiy buyumlar tayyorlash uchun respublikada ishlab chiqariladigan xom ashyo va substansiyalar royxatini taqdim etsin.

14. Bosh prokuratura (O.B.Murodov), Ozbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Fan, talim, sogliqni saqlash va sportni rivojlantirish masalalari xizmati (R.S.Kasimov), Siyosiy-huquqiy masalalar xizmati (B.M.Mavlonov), Hisob palatasi (M.M.Ikramov) va Vazirlar Mahkamasi (Q.V.Akmalov):

har chorakda grafiklarni tasdiqlasin va ular asosida ishchi guruhlar, masul vazirliklar va idoralar vakillari, farmatsevtika korxonalari va boshqa tashkilotlar, shuningdek, investorlar ishtirokida Yol xaritasi va mazkur qarorda belgilangan boshqa vazifalarning bajarilishi jarayoni har hafta muhokama qilinishini tashkil etsin;

muhokama yakunlari boyicha yuklatilgan vazifalar ijrosining buzilishiga yol qoygan mansabdor shaxslarga nisbatan qatiy javobgarlik choralarini qollasin.

15. Sogliqni saqlash vazirligi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan ozgartish va qoshimchalar togrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasi Bosh vazirining orinbosari Q.V.Akmalov, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi R.S.Kasimov, Ozbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.B.Murodov va Ozbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi K.M.Rafikov zimmasiga yuklansin.

 

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri, 2018-yil 14-fevral

Manba: OzA 

 

 

 

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018