2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Tinchlik va xavfsizlikni taminlash yolida amaliy say-harakatlar

 

 

 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan yaqin qoshnilar bilan konstruktiv va ozaro manfaatli munosabatlar ornatish, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash Ozbekiston tashqi siyosatining ustuvor yonalishi sifatida belgilab berildi.

Markaziy Osiyoda ishonch muhitini qaror toptirish yolida amalga oshirilgan say-harakatlar Toshkentga chegara hamda suvdan foydalanish singari murakkab va nozik masalalarda tub burilish yasash imkonini berdi. Bu muammolar yillar davomida yechilmasdan, mintaqadagi tanglikka sabab bolayotgan edi. Otgan yili Ozbekistonning qoshni davlatlar bilan ozaro tovar ayirboshlash hajmi 20 foiz osib, qariyb 3 milliard AQSh dollariga yetdi. Prezidentimiz Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Ostona shahrida bolib otgan maslahat uchrashuvida yaqin yillarda ozaro savdo hajmini 5 milliard AQSh dollariga yetkazish moljallanayotganini takidladi.

Ayni paytda mintaqadagi barqarorlik hamda izchil taraqqiyot bevosita qoshni Afgonistonda tinchlik va osoyishtalik qaror topishi bilan uzviy bogliqdir. Binobarin, ushbu mamlakat Markaziy Osiyoning ajralmas qismi bolgan hamda shunday bolib qolajak.

Bizni umumiy tarix, din, madaniyat va urf-odatlar hamda xavfsizlikni taminlash, savdo-sotiqni rivojlantirish sohasidagi manfaatlar birlashtiradi. Tinch Afgoniston Markaziy Osiyo davlatlarining Hind okeani va Fors korfazi portlariga eng qisqa yolini taminlashi, Hindiston, Eron hamda Pokistonni Yevropa va Yaqin Sharq bozorlari bilan boglashi mumkin.

Shuning uchun ham Afgonistonni mintaqaviy muammolar, tahdidlar manbai sifatida emas, balki noyob strategik imkoniyatlar mamlakati sifatida qarash orinli. Bu esa, oz navbatida, butun Yevroosiyo mintaqasida keng transmintaqaviy munosabatlarni rivojlantirishga turtki beradi.

Otgan davr mobaynida Ozbekiston Afgoniston bilan ikki tomonlama munosabatlarni sezilarli darajada kengaytirdi, afgon muammosini hal qilish boyicha xalqaro say-harakatlarga faol qoshildi. Ozbekiston Afgoniston munosabatlari yuqori suratlarda rivojlanayotgani mamlakatimiz rahbari 2017 yil sentabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi, noyabr oyida Samarqandda bolib otgan Markaziy Osiyo boyicha yuqori darajadagi anjuman hamda yaqinda Ostonada bolib otgan mintaqa davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvida ilgari surgan Ozbekistonning yangi tashqi siyosat strategiyasining amaliy natijasidir.

Bugun Toshkent Afgoniston bilan savdo-iqtisodiy, transport, energetika va madaniy-gumanitar aloqalarni har tomonlama rivojlantirish boyicha izchil hamda qatiy siyosat olib borayapti. Ikki mamlakat rahbarlarining muntazamlik kasb etgan ozaro muloqotlari birgalikdagi hamkorlikka katta turtki bolmoqda. Prezidentlar dostona va samarali, ozaro ishonchga asoslangan muloqotni yolga qoyishga erishdilar. Shu manoda aytganda, otgan yili dekabr oyida Afgoniston Prezidenti Ashraf oanining mamlakatimizga rasmiy tashrifi tom manoda tarixiy voqea boldi. Tashrif davomida siyosiy muloqot hamda amaliy hamkorlik aloqalari sifat jihatidan yangi bosqichga chiqdi.

Muzokaralar natijasida tomonlar xavfsizlik, energetika va transport masalalarini qamrab olgan 20 ta qoshma hujjatni, shuningdek, qoshni mamlakatga yarim milliard dollarga teng bolgan qurilish materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari, bugdoy, maishiy texnika, avtotransport vositalarini yetkazib berishga doir 40 ta tijorat shartnomasini imzoladi.

Vazirlik hamda idoralar rahbarlari darajasida muloqotlar faollashdi. Otgan bir yarim yil ichida Afgoniston Islom Respublikasidan Ozbekistonga 20 dan ortiq yuqori martabali delegatsiyalar tashrif buyurdi. Qayd etish kerakki, bu ozbek afgon munosabatlari tarixida oldin kuzatilmagan.

Joriy yilning fevral oyida Toshkentda Xavfsizlik masalalari boyicha Ozbekiston Afgoniston qoshma komissiyasining ilk majlisi bolib otdi. Uchrashuvda terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish, qurol savdosi hamda giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanishi sohasida hamkorlikning dolzarb masalalari atroflicha muhokama qilindi. Barcha darajadagi jadal va ishonchli muloqotlar, mamlakatlar rahbarlarining siyosiy xohish-irodasi ikki tomonlama hamkorlikka yangicha shukuh bagishladi.

Birinchidan, 2017 yilning ozida ozaro savdo aylanmasi 15 foiz osib, qariyb 600 million dollarni tashkil qildi. Joriy yilning boshida ushbu tendensiya davom etdi: yanvar oyida tovar aylanmasi yillik kesimda qariyb 30 foiz osdi. Va etiborlisi, bu bir yilning alohida korsatkichlari emas, balki tizimli ishlar samarasidir. Prezidentimiz topshirigiga kora, 2017 yilning boshida hamkorlikni rivojlantirishning yol xaritasi qabul qilindi. Bu hujjatning izchil amalga oshirilishi yaqin yillarda ozaro tovar ayirboshlash hajmini 1,5 milliard dollarga yetkazish imkonini beradi.

Kobulda Ozbekiston savdo uyi ochildi. Unda doimiy ravishda Ozbekistonda ishlab chiqarilgan nomi ostida tovarlar korgazmasi faoliyat yuritadi. 2017 yilning sentabr oyida Mozori Sharifda UzTrade shourumi (korgazma zali) ochildi. Unda ozbekistonlik ishlab chiqaruvchilarning turli mahsulotlari orin olgan. Bugungi kunga qadar UzTrade kompaniyasi afgonistonlik sheriklari bilan 29 million dollardan ortiq bitimlar imzoladi. Bundan tashqari, yurtimiz 25 ta avtobus, 3 ta traktor va tirkama texnikani begaraz yetkazib berdi.

Termizda faol hamkorlik uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida bojxona terminaliga ega bolgan xalqaro logistika markazi tashkil etildi. U ikki mamlakat ortasida eksport-import hamda tranzit yuk oqimlariga va Yevropa hamda Osiyo bozorlariga chiqishga komaklashadi.

Bundan tashqari, Ozbekistondan Afgonistonga yiliga 300 ming tonna mineral ogit, 2 ming dona qishloq xojaligi texnikasi, 250 ming tonnagacha galla va afgon bozorida talab yuqori bolgan boshqa mahsulotlarni uzoq muddatli yetkazib berish boyicha kelishuvlarga erishildi.

Shu bilan birga, avtomobil, qishloq xojaligi mashinalarini ishlab chiqarish hamda toqimachilik sohalarida hamkorlikni yolga qoyish masalalari korilayapti. Ozbekistonlik mutaxassislarning Shimoliy Afgonistonda istiqbolli neft va gaz konlarini ozlashtirishga komaklashishi imkoniyatlari organilmoqda.

Ikkinchidan, transport-kommunikatsiya sohasida hamkorlik natijasida Mozori Sharif Hirot yonalishi boyicha transafgon transport yolagini yaratish boyicha muhim kelishuvga erishildi. Ushbu yolak ilgari Ozbekiston tomonidan qurilgan birinchi transport yolagi Hayraton Mozori Sharif temir yolining davomi hisoblanadi. U Afgoniston iqtisodiyoti uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bugungi kunda mazkur magistral orqali Afgoniston importining katta qismi olib kirilmoqda. Ular orasida insonparvarlik yuklarining hajmi katta orin tutadi.

Osiyo taraqqiyot banki hisob-kitoblariga kora, Hayraton Mozori Sharif temir yoli foydalanishga topshirilishi natijasida mingdan ortiq kishilar ishli bolishdi. Temir yol boylab afgonlar bandligi osish suratlari yiliga 10-11 foizni tashkil etdi. Mozori Sharif Hirot temir yoli loyihasini amalga oshirish Afgoniston iqtisodiyotini tiklashga katta hissa qoshadi. Qatnovning yolga qoyilishi Afgoniston tashqi savdo aylanmasini 50 foiz kopaytirish imkonini beradi. Jumladan, temir yol liniyasi qurilishi yakunlanganidan song birinchi yilda yuklar tranziti hajmi taxminan 5,3 million tonna, istiqbolda esa yiliga 15 million tonnaga yetishi mumkin.

Shu bilan birga, Afgoniston bilan transport hamkorligining boshqa yonalishlari ham jadal kengayib bormoqda. Masalan, 2017 yilning noyabridan Toshkent va Kobul ortasida doimiy aviaqatnovlar yolga qoyildi. Avtomobil tashuvlari sohasida ham hamkorlik faol rivojlanmoqda. Otgan yili 2016 yildagiga qaraganda Ozbekiston hududi orqali olib otilgan Afgoniston yuklari hajmi 70 foiz oshdi.

Uchinchidan, Afgonistonni ijtimoiy-iqtisodiy tiklash ishlarining muvaffaqiyatli kechishida energetika sohasidagi aloqalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi sir emas. Ozbekiston 15 yildan ortiq muddat davomida elektr energiyasi yetkazib berish borasida Afgonistonning ishonchli sherigiga aylandi. Afgonistonga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi hajmi 2002 yildagiga qaraganda 30 baravar kopaydi. 2018 yilning yanvaridan Ozbekiston Afgoniston uchun eksport qilinayotgan elektr energiyasi narxini 35 foiz arzonlashtirdi.

Afgoniston Prezidentining Ozbekistonga tashrifi davomida 260 kilometrlik Surxon Puli Xumri elektr uzatish liniyasini qurish loyihasini amalga oshirish boyicha bitim imzolandi. Uning 45 kilometri Ozbekiston hududidan otadi. Loyihalash uchun trassaning koordinatlari kelishildi. Hozirgi paytda loyihaning texnik-iqtisodiy asosi ishlab chiqilayapti.

Ozbekiston va Afgoniston ortasida energetika sohasida amalga oshirilayotgan qoshma loyihalar kop jihatdan multiplikativ samara beradi. Yani Kobulga elektr uzatish liniyasi qurilishi aholi uchun otkir elektr tanqisligi muammosini hal qilibgina qolmasdan, ishlab chiqarish quvvatlarini, yangi korxonalarni ishga tushirish, ish orinlari yaratishda qoshimcha imkoniyatlar eshigini ochadi.

Tortinchidan, talim sohasidagi hamkorlik aloqalari ham sifat jihatidan yangi bosqichga chiqmoqda. Masalan, Ozbekiston Prezidenti tashabbusi bilan Termizda Afgoniston fuqarolarini oqitish talim markazi ochildi. Unda Afgoniston turli sohalari uchun malakali kadrlar tayyorlanadi. Bu borada istiqbolli yonalish sifatida temir yol transporti va servisi sohasi uchun kadrlar tayyorlash belgilab olingan.

Ozbekiston erishilgan yutuqlar bilan chegaralanib qolmoqchi emas. Toshkent umummintaqaviy ahamiyatga ega transport loyihalarini amalga oshirish, kadrlar tayyorlash, Afgonistondagi mojaroni siyosiy yol bilan hal qilish jarayonini qollab-quvvatlagan holda, mamlakatning tinch-osoyishta ravnaqiga komaklashish boyicha say-harakatlarini davom ettiradi. Bular esa pirovardida butun Markaziy Osiyo mintaqasi xavfsizligi hamda taraqqiyotining garoviga aylanadi.

Eldor Aripov,

Ozbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining

Manba: Xalq sozi gazetasi

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018