2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Qadimiy Ark qalasida teatrlashtirilgan tomoshalar namoyish etildi

 

Ozbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qomitasi tashabbusi bilan Madaniyat vazirligi hamda Buxoro viloyat hokimligi hamkorligida sayyohlarni jalb qilish va sayyohlik hududi sifatida mintaqaning jozibadorligini oshirish maqsadida qadimiy Ark qalasida teatrlashtirilgan tomoshalar namoyish etildi.

Xuddi shunday loyiha allaqachon Xivada muvaffaqiyatli amalga oshirilgan: Xiva xonining bir kunlik hayotidan sahna korinishi tomoshabinlarga namoyish etildi. Unda Ichan-qalaning qishki saroyida mehmonlar xonning rasmiy qabuliga kirish, Eron, Xitoy va Rossiyadan kelgan xorijiy elchilarni qabul qilish kabi marosimlarni kuzatadi yakuniy qism esa kichik konsert dasturi bilan yakunlanadi. Ayniqsa, qoriqchilarning, elchilarning va barcha taqdimotchilarning qayta tiklangan kiyimlari alohida etiborni tortadi.

Buxoroda ham huddi shunday loyiha amalga oshirildi: Ark qalasida tomoshabinlar Buxoro amirining rasmiy chiqishiga guvoh boladilar, harbiy vazirning amirlikdagi tinchlik haqidagi maruzasi tinglanadi. Shundan song amir Vizantiya, Afgoniston, Fransiya va Erondan tashrif buyurgan xorijiy elchilarni qabul qilib, ular uchun kichik konsert dasturini uyushtirgan holda mehmonlarni xushnud qiladi. Yakuniy qismda esa saroy vakillari Buxoro Amirining yozgi saroyini tark etishadi.

Hozirda boshqa Samarqand, Shahrisabz, Qoqon kabi tarixiy markazlarda ham mazkur loyihani amalga oshirish boyicha ishlar olib borilmoqda.

Manba: Uzbektourism.uz
 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018