2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

MXX Davlat xavfsizlik xizmatiga aylantirildi

 

 

 

Milliy xavfsizlik xizmati Ozbekiston Davlat xavfsizlik xizmati etib qayta tashkil etildi. Chorshanba kuni prezident Shavkat Mirziyoyev davlat xavfsizligi tizimini takomillashtirish togrisidagi farmonni imzoladi, deya xabar qildi Ozbekiston 24 telekanali Axborot 24 dasturi.

Xizmat Ozbekistonda konstitutsiyaviy tuzumni himoya qiladigan, respublikaning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga ichki va tashqi tahdidlarga qarshi kurash olib boradigan vakolatli organ sifatida belgilanmoqda.

Farmonda qayd etilishicha, MXXga uning maqomi va vakolat chegaralarini aniq belgilab beruvchi qonunchilik akti bolmagan holatda milliy xavfsizlikni taminlashning barcha jihatlari yuklatilgani mazkur mahkamaning barcha sohalarda davlat organlari faoliyatiga asossiz ravishda aralashuvini keltirib chiqardi.

Farmonga berilgan rasmiy sharhda keltirilishicha, Idoraning nomidan milliy xavfsizlik tushunchasining chiqarilishi uning vakolatlari asossiz tarzda kengayishiga shart-sharoit yaratgan omillarni bartaraf etish zarurati bilan bogliq. Chunki lokal miqyosdagi har qanday muammo milliy xavfsizlikka tahdid sifatida korilishi mumkin edi. Mazkur ozgartirish ushbu idoraning diqqat-etiborini davlat ahamiyatiga ega real tahdidlarga qaratadi. Davlat xavfsizligi atamasi xavfsizlikni taminlash doirasini aniq belgilaydi va mazkur sohadagi faoliyat yonalishlarini ajratib beradi.

Farmon bilan Davlat xavfsizlik xizmati Ozbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini va manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qiluvchi maxsus vakolatli organ etib belgilandi.

Davlat xavfsizlik xizmati faoliyatini tashkil etishning ustuvor yonalishlari belgilandi.

Birinchidan, mazkur idoraning maqomi, vakolatlari va faoliyat yonalishlarini belgilagan holda Ozbekiston Respublikasining Davlat xavfsizlik xizmati togrisida"gi qonunni ishlab chiqish va qabul qilish nazarda tutilmoqda. 26 yil oldin qabul qilingan Milliy xavfsizlik xizmati togrisidagi amaldagi nizom faoliyatni samarali tashkil etishga imkon bermaydi hamda mamlakatning ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotida yuz bergan muhim ozgarishlarni aks ettirmaydi.

Ikkinchidan, bugungi kundagi xavf-xatar va tahdidlarga qarshi kurashishning tasirchan shakllari hamda uslublarini joriy etish, shu maqsadda idoraning samarali tashkiliy tuzilmasini shakllantirish zarurligi belgilandi.

Uchinchidan, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga ogishmay rioya etishning alohida muhim ahamiyati takidlandi. Shundan kelib chiqqan holda, Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan inson huquqlari qonuniy kafolatlarining qatiy taminlanishiga ustuvor ahamiyat beriladi.

Tortinchidan, kadrlarni tanlash va tayyorlashning mutlaqo yangi tizimi tashkil etiladi, harbiy xizmatchilarning ijtimoiy himoyasi kuchaytiriladi. Mazkur choralar Davlat xavfsizlik xizmatiga har tomonlama rivojlangan va vatanparvar yoshlarni jalb etishga imkon beradi. Shu orinda idora vakillarining harbiy xizmatchi sifatidagi maqomi korsatib otildi, mazkur holat ularga nisbatan harbiy xizmatni otash bilan bogliq barcha cheklov va majburiyatlar tatbiq etilishini anglatadi.

Beshinchidan, Davlat xavfsizlik xizmati oz faoliyatini idora ishining shakllari va uslublari hamda harbiy xizmatchilarning idoraviy mansubligi haqidagi malumotlar oshkor bolishini istisno etadigan konspiratsiya tamoyillari asosida tashkil etishi belgilandi. Bu davlat xavfsizligini taminlash vazifalarini bajarishda mavjud kuch va vositalardan samarali foydalanishni taminlaydi.

Oziga xos bolmagan vazifa va funksiyalarni istisno qilish maqsadida Milliy xavfsizlik xizmati vakolatida bolgan ayrim ruxsat beruvchi vakolatlar 2018 yil 1 apreldan boshqa idoralarga otkaziladi yoki tugatiladi.

Xizmatning asosiy vazifalari va faoliyat yonalishlari etib esa quyidagilar belgilandi:

Ozbekistonning davlat xavfsizligi va manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilishni taminlash, mazkur sohada qonuniylik va qonun ustuvorligini mustahkamlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va ularga barham berish;

Ozbekistonning konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti va hududiy yaxlitligiga tajovuzlarning oldini olish, ularni aniqlash hamda ularga barham berish boyicha razvedka va kontrrazvedka faoliyatini amalga oshirish;

Ozbekistonning davlat chegaralarini qoriqlash va himoya qilish;

Ozbekistonning Qurolli Kuchlari va mudofaa-sanoat majmuasini davlat xavfsizligiga xavf-xatarlar hamda tahdidlardan himoya qilish, mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash boyicha strategik tashabbuslarni amalga oshirishda ishtirok etish;

terrorizm, ekstremizm, uyushgan jinoyatchilikka, qurol-yarog, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish;

davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi milliy, irqiy, a diniy adovatni targib etishga qaratilgan buzgunchilik faoliyatining oldini olish, uni aniqlash va unga barham berish;

iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy va axborot sohalarida davlat xavfsizligini taminlash, Ozbekiston xalqining tarixiy-madaniy va boy manaviy merosini himoya qilish;

davlat organlari va boshqa tashkilotlarda davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi korrupsiya holatlariga qarshi kurashish;

telekommunikatsiya va transport sohasida davlat xavfsizligini taminlash, favqulodda holatlarni yuzaga keltiruvchi omillarning oldini olish, aniqlash va ularga barham berish;

Xizmat tergov qilish vakolatiga kiruvchi jinoyat ishlari boyicha tergovga qadar tekshiruv va dastlabki tergovni olib borish va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish;

davlat organlari va boshqa tashkilotlarda davlat sirlari saqlanishi, maxsus aloqa xavfsizligining taminlanishi hamda axborotlarni kriptografik himoya qilishni tashkil etish ustidan nazoratni amalga oshirish;

davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon beradigan sabab va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish.

 

Manba: Gazeta.uz

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018