2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Ozbekiston Afgoniston hukumati va tolibon ortasidagi tinchlik muzokaralari uchun yangi imkoniyatlar yaratishni istaydi

 

 

Ozbekiston Tashqi ishlar vazirligi oldinda turgan Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik mavzuida Afgoniston boyicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasi otkazilishini malum qilganidan song kopgina xorijiy ommaviy axborot vositalari ana shunday fikrni bildirmoqda.

Ozbekiston shu oy oxirida bolajak konferensiyaga dunyoning eng etiborli diplomatlarini taklif etdi, deya xabar beradi Reuters (Buyuk Britaniya) axborot agentligi. Ozbekiston hukumati mazkur konferensiya mamlakatda milliy yarashuv boyicha afgonistonliklar rahbarligida va ularning say-harakatlari bilan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni qollab-quvvatlashiga umid qilmoqda.

Forumning kutilayotgan mehmonlari orasida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, uning Afgoniston boyicha maxsus vakili Tadamiti Yamamoto, Yevropa Ittifoqi, Xitoy, Rossiya, AQSh va boshqa kopgina mamlakatlar tashqi siyosat mahkamalarining rahbarlari bor, deb xabar beradi Britaniyada chop etiladigan Daily Mail gazetasi.

Afgoniston Prezidenti Ashraf Gani asosiy maruzasini taqdim etadigan mazkur uchrashuvda Tolibon vakillari qatnashadimi? degan savolni ortaga tashlaydi Euronews telekanali.

Oz navbatida, Amerikaning nufuzli The New York Times gazetasi qayd etishicha, oldinda turgan uchrashuv Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilayotgan yana bir keng qamrovli tadbir hisoblanadi. 2016 yili davlat rahbari lavozimida ish boshlaganida u boy resurslarga va 32 million aholiga ega bolgan mamlakatini tashqi dunyoga ochishga vada bergan edi, deb yozadi mazkur nufuzli nashr.

Amerikadagi yana bir US News gazetasi Ozbekiston Toshkent konferensiyasi tashabbusini kotarish asnosida bir marotabalik tadbirni otkazish bilan cheklanib qolish niyatida emasligini, aksincha Afgonistondagi tinchlik siyosiy jarayoniga komaklashish yuzasidan ikki tomonlama hamda kop tomonlama asosdagi jiddiy say-harakatlarni davom ettirmoqchi ekanligini takidlaydi.

Shveysariya milliy teleradiokompaniyasining xalqaro axborot xizmati (Swissinfo) AQSh Prezidenti Donald Tramp Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga yollagan maktubida oz mamuriyati Toshkentdagi konferensiyada ishtirok etuvchi AQSh delegatsiyasi tarkibini korib chiqayotganini malum qilgani holda ushbu konferensiyani qollab-quvvatlaganini qayd etdi.

Singapurda nashr etiladigan nufuzli Today gazetasi ham ushbu forum yakuni boyicha qabul qilinishi kutilayotgan Afgoniston boyicha Toshkent deklaratsiyasiga urgu bergan. Hujjatda qurolli muxolifat Afgonistonning siyosiy hayotiga kafolatli integratsiya qilinishiga hamda terrorizmning har qanday shakl va korinishini qoralashga davat oz aksini topadi, deb yozadi nashr.

 

Manba: Jahon AA

 

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018