2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Akmal Saidov: Ozbekiston hamma masalada muloqot uchun ochiq

 

 

 

Shu kunlarda BMTning Inson huquqlari boyicha kengashining 37-sessiyasi bolib otmoqda. U joriy yil 23 mart kuni nihoyasiga etadi. Inson huquqlarini himoya qilish va taminlashning dolzarb masalalari muhokamasiga bagishlangan mazkur nufuzli tadbirda 180 dan ortiq mamlakatlarning uch mingdan ziyod vakillari ishtirok etmoqda. Ular orasida Ozbekiston delegatsiyasi ham bor.

Inson huquqlari boyicha Ozbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, akademik Akmal Saidov muxbirimizga sessiyaning ishi, unda kotarilgan masalalar haqida sozlab berdi.

Bu yil dunyo jamoatchiligi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 70 yilligini keng nishonlaydi, deydi Akmal Xolmatovich. Aksariyat ekspertlarning fikricha, bugungi kunda deklaratsiya yanada katta ahamiyat kasb etmoqda. Sessiyaning ochilishida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Inson huquqlari boyicha Oliy komissar Zayd Raad al-Husayn hamda BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi raisi Miroslav Laychak davlatlarni butun dunyoda inson huquqlariga rioya qilish va ushbu sohada faol hamkorlikka chaqirdi. Tajriba shuni korsatayaptiki, aynan BMTga azo davlatlarning birgalikdagi say-harakatlari bilan zamonamizning koplab muammolariga echim topish mumkin.

Sessiya doirasida bahs-munozaralar tashkil etilmoqda, maruzalar tinglanayapti, muhim uchrashuvlar otkazilayotir. Kun tartibiga muvofiq, dolzarb masalalar, yani inson huquqlarini, jumladan, bola huquqlarini taminlash sohasidagi bugungi vaziyat muhokama qilinmoqda.

Bugun Ozbekiston inson huquqlarini taminlash sohasidagi qatiy qadamlari tufayli ham dunyo hamjamiyatining etiborini tortgan.

Haqiqatan ham, Ozbekistonga bolgan qiziqish kun sayin kuchayib borayapti. Buni sessiya ishi ham yaqqol tasdiqlaydi. Gap shundaki, muhokamalarda mamlakatimizdagi tub ozgarishlarga qiziqish osib borayotgani yaqqol sezilib turdi. Ozbekiston delegatsiyasi sessiya ishtirokchilariga mamlakatda fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklarini taminlash boyicha amalga oshirilayotgan islohotlar, BMT bilan hamkorlik istiqbollari hamda besh yilga moljallangan Harakatlar strategiyasi amalga oshirilishi haqida axborot berdi. Aholi bilan togridan-togri muloqot ornatish boyicha Ozbekistonning noyob tajribasi taqdim etildi. Bunda Prezidentning virtual va Xalq qabulxonalari asosiy omil bolayotgani korsatib otildi. Davlat organlari faoliyati, eng avvalo, odamlar turmush darajasini oshirishga yonaltirilgani alohida takidlandi.

Jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda uning barvaqt oldini olish boyicha amalga oshirilayotgan ishlarga alohida urgu qaratildi. Sud-huquq sohasi va sud-tergov tizimini isloh qilishning ilk natijalari taqdimoti otkazildi.

Ozbekiston Prezidentining 2018 yil kuzida Samarqand shahrida Inson huquqlari boyicha Osiyo forumini otkazishga doir tashabbusi sessiya ishtirokchilari tomonidan qizgin kutib olindi. Ozbekiston har qanday, tabir joiz bolsa, inson huquqlariga oid ota nozik masalalarni amaliy muhokama etishga tayyor bolgan ochiq mamlakatga aylanayotgani etirof etildi.

Sessiya doirasida Ozbekiston birinchi marta 2021 yildan 2023 yilga qadar BMTning Inson huquqlari boyicha kengashi azoligiga saylanish niyatini bildirdi. Bu mamlakatimiz uchun nimani anglatadi?

Bu davlatimizning inson huquqlarini taminlashni yaxshilash hamda ushbu sohada xalqaro hamkorlikni faollashtirish boyicha olib borayotgan keng kolamli ishlari bilan uzviy bogliq qaror hisoblanadi. Bugun xalqaro hamjamiyat mamlakatimizni teng ishtirokchi sifatida kormoqda. Ekspertlarning bildirishicha, Ozbekiston BMTning ustav va shartnoma organlari, shu jumladan, Inson huquqlari boyicha kengashi tavsiyalariga tobora ochiq bolib bormoqda. Misol uchun, BMTning Inson huquqlari boyicha Oliy komissari Zayd Raad al-Husayn hamda BMT Inson huquqlari boyicha kengashining din va etiqod erkinligi masalasi boyicha maxsus maruzachisi Ahmad Shahid 2017 yilda birinchi marta yurtimizga tashrif buyurishdi hamda oz tavsiyalarini berishdi. Shundan song parlamentimiz tomonidan Oliy komissar boshqarmasi bilan hamkorlik boyicha Harakatlar rejasi ishlab chiqildi. Bu hujjat 90 ga yaqin tadbirlarni oz ichiga qamrab olgan.

Inson huquqlari boyicha kengash azoligiga saylashda Bosh Assambleya nomzodlarning inson huquqlarini himoya qilish va unga komaklashish, ixtiyoriy majburiyatlari hamda bu boradagi intilishlarini inobatga oladi. Biz uchun mazkur nufuzli tuzilmaga azo bolishning ahamiyati nihoyatda katta. Binobarin, Ozbekiston oz manfaatlaridan kelib chiqqan holda, Kengash ishida va muhim qarorlar qabul qilinishida bevosita hamda teng huquqli ishtirok etishi mumkin boladi.

37-sessiyada Ahmad Shahid Ozbekistonga tashrifi yakunlari boyicha oz maruzasini taqdim qildi. Unda qanday jihatlar orin olgan? Maxsus maruzachi mamlakatimizda diniy talimga oid tashabbuslarni va yoshlarning talim-tarbiyasi boyicha yangicha yondashuvlarni qanday baholadi?

Ahmad Shahid Ozbekiston Hukumatiga oz missiyasini bajarish uchun barcha shart-sharoitni yaratib berganiga minnatdorlik bildirdi. Maruzachi jamoasi Ozbekistonda fuqarolarning huquq hamda erkinliklari va qonuniy manfaatlari nechogli taminlanayotganini organish uchun barcha obektga kirish imkoniyatiga ega boldi.

Maruzada Ozbekistonda 140 ga yaqin millatlar hamda elatlar va 16 ta diniy konfessiya vakillari ahil-inoq yashayotgani qayd etilgan. Konstitutsiyada dunyoviy davlat tamoyillari etirof etilgan hamda barchaga din yoki etiqod erkinligi kafolatlangan.

Maxsus maruzachi fikricha, Ozbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning jadal suratli dasturiga katta umid bilan qaralmoqda. Uning sozlariga kora, bu dasturilamal hujjat diniy etiqod sohasidagi vaziyatni yaxshilashi va mavjud muammolarni bartaraf qilishi mumkin. U Prezident Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan tashkil etilgan Imom Buxoriy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda Islom tsivilizatsiyasi markazi din va etiqod erkinligi masalalarida savodxonlikni oshirishda muhim ahamiyatga ega bolishini takidladi.

Ahmad Shahid oz tavsiyalariga muvofiq, Din va etiqod erkinligi boyicha milliy harakatlar rejasini yoki yol xaritasini ishlab chiqishda Ozbekiston Hukumati bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi. U Ozbekiston delegatsiyasining nuqtai nazariga, yani inson huquqlarini taminlashda dinning rolini kamsitish hamda diniy zoravonlikka qarshi kurashishda Huquq himoyasiga ishonch tashabbusini kengaytirish boyicha Beyrut deklaratsiyasining ahamiyati va diniy talimni rivojlantirish zarurligi togrisidagi fikrlarga qoshildi.

Ozbekiston BMTning Inson huquqlari boyicha Oliy komissari boshqarmasi bilan yanada faol hamda konstruktiv hamkorlik qilish boyicha yaqin istiqbolga moljallangan aniq rejalarga ega. Masalan, maxsus maruzachining tavsiyalarini amalga oshirish maqsadida din va etiqod erkinligini taminlash boyicha yol xaritasini, din hamda millatlararo munosabatlar sohasida siyosat kontseptsiyasini ishlab chiqish, dunyoviy davlat tushunchasini belgilash, diniy tashkilotlar faoliyatini royxatga olish va tugatish tartiblarini liberallashtirish rejalashtirilayapti.

Ozbekiston delegatsiyasi Jenevada yana qanday uchrashuvlar otkazdi?

Ozbekiston delegatsiyasi Jenevada tigiz ish olib bordi. Biz Parlamentlararo ittifoq Bosh kotibi Martin Chungong bilan uchrashuv otkazdik. U on yillik tanaffusdan song Ozbekiston 2017 yilda mazkur tashkilotdagi azoligini tiklaganini etirof etdi. Uning fikricha, respublika Ittifoq faoliyatiga katta hissa qoshadi.

Chungong milliy parlament rolini mustahkamlash hamda salohiyatini yuksaltirish boyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda, ayniqsa, BMT Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishning huquqiy asoslarini takomillashtirish bilan bogliq masalalarda har tomonlama yordam korsatishga tayyorligini bildirdi. Shu manoda, Ittifoq Bosh kotibi mamlakatimizda parlament tomonidan ijro hokimiyati organlarining hisobotlarini eshitish, shuningdek, xalqaro majburiyatlar va shartnomalarni royobga chiqarish boyicha tadbirlar rejalarini, yol xaritalarini korib chiqish hamda tasdiqlash amaliyoti mavjudligini yuqori baholadi.

Chungongning fikricha, Ozbekistonni rivojlantirish boyicha Harakatlar strategiyasi Parlamentlararo ittifoqning ikkinchi Global parlament hisobotida oz aksini topgan tamoyillarga tolaqonli javob beradi va dunyo mamlakatlari parlamentlari ortasida tajriba almashishda qol keladi.

Uchrashuvda Ozbekistonning Assambleyaning bolajak sessiyalarida hamda Parlamentlararo ittifoqning boshqa tadbirlaridagi ishtiroki, Ittifoqning asosiy hujjatlarini ozbek tiliga tarjima qilish, shuningdek, hamkorlikning asosiy yonalishlari boyicha takliflar tayyorlash va qoshma loyihalarni amalga oshirish masalalari boyicha aniq rejalar muhokama qilindi hamda kelishuvlarga erishildi.

Jahon intellektual mulk tashkiloti Bosh direktori Frensis Garri bilan muzokaralarda mazkur tuzilma bilan yurtimiz hamkorligining bugungi ahvoli tahlil etildi. Uchrashuvda mamlakatimizda intellektual mulkning samarali himoyasini taminlash, normativ-huquqiy asoslarini takomillashtirish, mualliflik huquqi obektlarini ekspertizadan otkazish hamda royxatga olish boyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ijobiy baholandi. Hamkorlikni kengaytirish, intellektual mulk sohasida malakali kadrlar tayyorlash, milliy salohiyatni yuksaltirish va ushbu sohani Jahon intellektual mulk tashkiloti xalqaro qoidalariga muvofiq barqaror rivojlantirish boyicha qoshma tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Ozbekistonning Jahon intellektual mulk tashkiloti bilan hamkorligi mustahkamlanishi mamlakatimizning Jahon savdo tashkilotiga azo bolishi bilan bogliq masala qayta korib chiqilayotgan shu kunlarda dolzarb ahamiyatga ega. Jahon intellektual mulk tashkiloti rahbari ozbekistonlik sheriklari bilan kop qirrali hamkorlikni faollashtirish boycha aniq chora-tadbirlarni kozda tutuvchi tegishli dasturni ishlab chiqishga tayyorligini bildirdi.

Umuman, Ozbekiston delegatsiyasi sessiyada nutq sozlash asnosida BMT tizimlarining inson huquqlari sohasidagi faoliyatini qollab-quvvatlashini hamda inson huquqlarini himoya qilish va ilgari surishga tayyorligini malum qildi.

* * *

Malumot ornida: BMTning Inson huquqlari boyicha kengashi 2006 yilning 15 martidan beri faoliyat yuritib keladi. Tuzilma yashirin ovoz berish yoli bilan mutlaq kopchilik ovoz olgan 47 davlatdan iborat.

BMT Bosh Assambleyasi organi maqomiga ega mazkur kengash Jenevada joylashgan. Inson huquqlari boyicha Oliy komissar boshqarmasi uning kotibiyati hisoblanadi.

Kengash inson huquqlariga taalluqli masalalar muhokamasi uchun forum vazifasini otaydi. Davlatlarga inson huquqlari sohasidagi majburiyatlarini bajarish boyicha muloqot asosida yordam korsatish, salohiyatni oshirish hamda texnik komak berish tuzilma faoliyatining asosiy yonalishi hisoblanadi. Kengash BMT Bosh Assambleyasiga inson huquqlari sohasida xalqaro huquqni yanada rivojlantirish boyicha tavsiyalar kiritadi.

 

Manba: Xalq sozi gazetasi

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018