2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga murojaatnomasi matni qirgiz tiliga tarjima qilindi

 

 

Bishkek shahrida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 22-dekabr kuni Oliy Majlisga murojaatnomasining toliq matni qirgiz tilida kitob shaklida chop etildi.

Kitob taqdimoti 2018-yil 6-mart kuni Ozbekiston Respublikasi va Qirgiziston Respublikasi ortasida diplomatik munosabatlar ornatilganining 25 yilligiga bagishlangan Qirgiziston-Ozbekiston hamkorligi rivojlannishining yangi ufqlar mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya doirasida bolib otdi.

Ozbekiston Elchixonasi malumotiga kora, konferensiya ishida Qirgiziston tashqi ishlar vazirining birinchi orinbosari Dinara Kemelova boshchiligidagi TIV vakillari, Qirgiziston favqulodda va muxtor elchilari, TIV Diplomatik akademiyasi, Strategik tadqiqotlar milliy instituti, Manas Qirgiz-Turk universiteti, Qirgiziston Milliy universiteti, Qirgiziston davlat universiteti, Qirgiziston xalqaro universiteti rahbarlari va professor-oqituvchilari ishtirok etdilar.

Tadbirda video-konferensiya aloqasi orqali Osh Davlat universiteti rahbariyati, oqituvchilari va Xalqaro aloqalar fakulteti talabalari faol ishtirok etdilar.

Konferensiya yakunlarini muhokama qilish chogida Diplomatik akademiyaning Xalqaro munosabatlar va huquq kafedrasi professori, Elchi Irina Orolbayeva takidlaganidek, Ozbekiston Prezidenti murojaatnomasining matni qirgiz tilida chop etilishi Qirgiziston jamoatchiligiga qoshni mamlakatning muhim siyosiy hujjatini oz ona tilida organish imkonini beradi.

Murojaatnomaning asosiy qismlarini diqqat bilan organib, men Qirgiziston va Ozbekistonda rivojlanish uchun bir yol mavjud degan xulosaga keldim, - dedi Elchi. - Shavkat Mirziyoyevning kopchilik takliflari Qirgiziston uchun ham juda dolzarb. Kitobni oqish juda ham qiziq.

 

Manba: Ozbekiston Respublikasi TIV Matbuot xizmati

 

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018