2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Kecha poytaxtimizdagi Ozekspomarkaz majmuasida Oziq-ovqat sanoati WorldFood Uzbekistan 2018 xalqaro korgazmasi oz ishini boshladi.

 

 

Hamkorlik rishtalarini mustahkamlovchi muhim muloqot maydoni. Mamlakatimizda otkazilib kelinayotgan xalqaro korgazmalarga shunday tarif bersak arziydi. Zotan, bunday tadbirlar orqali nafaqat yangi mahsulot yoki asbob-uskunalar namoyish etilayapti, balki sanoat korxonalari ortasida kooperatsiya aloqalari mustahkamlanib, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga xorijiy ishbilarmonlar bilan hamkorlik ornatishiga qulay muhit yaratilmoqda.

Ozekspomarkaz majmuasida bolib otayotgan Oziq-ovqat sanoati WorldFood Uzbekistan 2018 xalqaro korgazmasi ham shunday muhim forumlar sirasiga kiradi.

On sakkizinchi bor tashkil etilgan mazkur xalqaro korgazmada Avstriya, Belarus Respublikasi, Germaniya, Hindiston, Indoneziya, Ispaniya, Italiya, Rossiya, AQSh, Turkiya, Frantsiya kabi davlatlarning 200 dan ziyod kompaniyalari vakillari ishtirok etmoqda.

Xalqaro korgazmadan kozlangan asosiy maqsad mamlakatimizda oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishga komaklashish, bunday mahsulotlarni ishlab chiqarishda, qayta ishlashdagi yangiliklarni ommalashtirish, soha vakillarini tarmoqdagi ilgor texnologiyalar bilan yaqindan tanishtirish, eksport imkoniyatlarini namoyish etishdir.

Chindan ham, mazkur korgazmaning biz, ishlab chiqaruvchilar uchun foydali tomonlari juda kop, deydi poytaxtimizdagi Sladus Produce masuliyati cheklangan jamiyati vakili Muhiddin Imomaliev. Nega deganda, bu erda, avvalo, dunyo oziq-ovqat sanoatidagi ozgarishlardan, qollanilayotgan ilgor ishlanmalardan xabardor bolamiz. Qolaversa, ishlab chiqarayotgan mahsulotlarimizni sotish uchun xaridorlar, ishonchli sheriklar topishda ham uning ahamiyati yuqori.

2010 yilda asos solingan korxonamiz qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan bolib, bu erda dastlab 50 kishi mehnat qilardi. Hozir esa jamoamiz azolari soni 150 nafardan oshdi. Mahsulotimiz turi ham, ishlab chiqarish hajmi ham yil sayin kopaymoqda. Bunda, tabiiyki, ushbu xalqaro korgazmaning ahamiyati katta bolayotir. Yani otgan vaqt mobaynida koplab hamkorlarimiz bilan ayni shu korgazmalar jarayonida kelishuvga erishdik. Eksport geografiyasini kengaytirib, Osiyo, Evropa va Afrika mintaqasidagi bir qator davlatlar bozorlariga kirib borganimiz ishimizga yanada unum bagishlayapti.

 Takidlash kerakki, bu yilgi korgazma dasturi rang-barangligi bilan alohida ajralib turadi. Misol uchun, uning doirasida oziq-ovqat mahsulotlarini sifatlash Sifat ustasi tanlovi otkazilib, turli nominatsiyalar boyicha goliblar aniqlanadi.

Bundan tashqari, Ozbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi ortasida savdo aloqalarini rivojlantirish istiqbollari mavzuiga bagishlab otkaziladigan xalqaro forumda ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari ozaro tajriba almashadi, savdo aloqalarini -mustahkamlash masalalari muhokama etiladi.

Turkiyaning OSC kompaniyasi tomonidan otkaziladigan kartoshkachilikka bagishlangan seminar ushbu mahsulotni etishtiruvchidan tortib, qayta ishlovchilarda ham katta qiziqish uygotadi, albatta. Oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilar va savdo tarmoqlari ortasida mahsulot etkazib berish boyicha maxsus muzokaralar maydoni yaratilgani esa ishtirokchilar uchun ayni muddaodir.

Ozbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, Ozbekoziqovqatxolding xolding kompaniyasi, Ozbekoziqovqatzaxira uyushmasi, Ozsharobsanoat AJ, Savdo-sanoat palatasi hamkorligida Iteca Exhibitions xalqaro korgazmalar kompaniyasi tomonidan uyushtirilgan Oziq-ovqat sanoati WorldFood Uzbekistan 2018 xalqaro korgazmasi uch kun davom etadi.

 

Manba: Xalq sozi gazetasi

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018