2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Ozbekiston: Ayollarning baxti xalqimiz, jamiyatimizning baxtidir

 

Mamlakatimizda 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni keng nishonlanmoqda. Ushbu ayyom munosabati bilan poytaxtimizdagi Ozekspomarkazda tantanali bayram tadbiri bolib otdi.

Tadbirda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, mamlakatimiz xotin-qizlarini bayram bilan tabrikladi.

Bu qutlug ayyomda hurmatli ayollarimizga eng samimiy, eng ezgu tilaklarimizni izhor etar ekanmiz, birinchi navbatda muqaddas va motabar Ona siymosiga tazim qilamiz. Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va korki bolgan xotin-qizlarni ezozlash, ularga hurmat va ehtirom korsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat bolib kelgan va shunday bolib qoladi. Chunki sizlar bilan hayotimiz gozal va mazmunli, xonadonlarimiz obod va nurafshondir, dedi Prezidentimiz. Mening tilagim, mening maqsadim bitta oilangiz, farzandlaringiz, el-yurtimiz baxtiga hamisha sog-omon bolinglar! Nega deganda, ayollarimizning baxti xalqimiz, jamiyatimizning baxtidir.

Davlatimiz rahbarining 2018-yil 2-martdagi qaroriga muvofiq bu yil yangi tartib asosida 28 nafar faol qizlarimiz Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Tadbirda ana shu yuksak mukofotlar tantanali ravishda topshirildi.

Bugungi kunda jamiyatimizda xotin-qizlarning oilalarni mustahkamlash, yosh avlodni soglom va barkamol etib tarbiyalash, xalqimizning kop asrlik boy manaviy merosini asrab-avaylash, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish va aholi farovonligini yuksaltirish borasidagi ulkan xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib qadrlanmoqda.

7-mart kuni Prezidentimiz ayollarimiz, opa-singillarimizga quvonch ulashgan yana bir hujjat 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash togrisidagi farmonga imzo chekdi. Mamlakatimizning ishlab chiqarish tarmoqlari, tadbirkorlik, ilm-fan, talim-tarbiya, sogliqni saqlash, madaniyat, sanat va boshqa sohalarida samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh ayollar faxriy unvonlar, orden va medallar bilan mukofotlandi.

Qoraqalpogiston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahridan tashrif buyurgan opa-singillarimiz, turli vazirlik va idoralar vakilalari tokin dasturxon atrofida jam boldi.

Tadbirga mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan diplomat ayollar, jumladan, BMTning Ozbekistondagi vakolatxonasi rahbari, Amerika Qoshma Shtatlari, Xitoy Xalq Respublikasi, Fransiya, Misr Arab Respublikasi elchilarining ham taklif qilingani xalqimizga xos bagrikenglik, ayol zotiga bolgan hurmat-etiborning yana bir ifodasi boldi.

Bayram sanat ustalari va yosh ijrochilarning konsert dasturi bilan davom etdi.

 

Manba: OzA

 

 

 

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018