2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Toshkentdagi markaziy kochalardan biriga Chingiz Aytmatov nomi beriladi

 

Buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligi arafasida Ozbekiston poytaxtidagi markaziy kochalardan biriga uning nomi beriladi.

Q irgiz xalqining buyuk adibi va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligi munosabati bilan Ozbekiston poytaxtidagi markaziy kochalardan biriga uning nomi beriladi. Bu haqda Ozbekiston prezidentining 2 apreldagi Buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligini keng nishonlash togrisida"gi qarorida soz boradi.

Buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov nafaqat qirgiz eli, ayni paytda, butun turkiy mamlakatlar, jumladan, ozbek xalqi uchun ham aziz va qadrli siymo, Ozbekistonning ulkan dosti edi, deyiladi qarorda.

Qarorda qayd etilishicha, Ozbekiston va Qirgiziston ortasidagi munosabatlar tarixida yangi davr boshlangan hozirgi paytda Chingiz Aytmatovning olmas badiiy merosi ikki xalq uchun yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Uning gumanizm va ezgulik goyalarini, milliy va umumbashariy qadriyatlar, turli millatlar va elatlar ortasida ozaro hurmat va hamjihatlik rishtalarini mustahkamlashga qaratilgan barkamol asarlari mamlakatda millionlab nusxalarda nashr etilmoqda. Ozbekiston Milliy universitetida tashkil etilgan Chingiz Aytmatov va Ozbekiston doimiy ekspozitsiyasi faoliyat korsatmoqda.

Hujjatda ozining noyob istedodi va joshqin ijtimoiy faoliyati bilan xalqlarimiz ortasida dostlik va hamkorlikni, adabiy-madaniy aloqalarimizni rivojlantirish ishiga qoshgan ulkan hissasini inobatga olib hamda tavalludining 90 yilligini munosib nishonlash maqsadida qator choralarni amalga oshirish belgilandi.

Unga kora, bir oy muddatda Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligini yuqori saviyada nishonlash boyicha tegishli chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi.

Ushbu chora-tadbirlar rejasida:

Chingiz Aytmatov va Ozbekiston nomli xotira kitobini nashrga tayyorlash va chop etish;

Chingiz Aytmatov hayoti va ijodiy faoliyati haqida hujjatli film yaratish;

yozuvchi asarlari asosida yangi spektakl sahnalashtirish va badiiy film suratga olish;

Toshkent viloyati Parkent tumanidagi 33-maktabda adib byustini ornatish boshqa chora-tadbirlar orin olishi belgilandi.

Dekabr oyining ikkinchi on kunligida Ozbek Milliy akademik drama teatrida atoqli adib xotirasiga bagishlangan ijodiy kecha otkazish kozda tutilgan.

 

Manba: Gazeta.uz

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018