2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Ozbekiston Tojikiston: Savdo-iqtisodiy hamkorlikda yangi bosqich boshlanmoqda

 

Ozbekiston bilan Tojikiston ortasidagi kop asrlik dostlik, ananaviy yaxshi qoshnilik, ozaro hurmat va ishonch tamoyillariga asoslangan munosabatlar xalqlarimiz manfaati yolida izchil mustahkamlanib bormoqda. Ikki mamlakat Prezidentlarining siyosiy irodasi va azmu shijoati tufayli teng huquqli va ozaro manfaatli hamkorlik sifat jihatdan yangi bosqichga kotarilmoqda.

Keyingi 1-2 yil davomida Ozbekiston Tojikiston munosabatlarida chuqur ozgarishlar yuz berdi. Ikki tomonlama aloqalar siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, ijtimoiy-madaniy sohalarda izchil rivojlanib bormoqda. Toshkent va Dushanbe ortasida aviaqatnov tiklandi, savdo-iqtisodiy hamkorlik boyicha hukumatlararo komissiyaning majlislari otkazildi, davlatlararo chegaralarni delimitatsiya qilish boyicha uchrashuvlar bolib otdi.

Savdo-iqtisodiy munosabatlarni yaxshilash maqsadida 2017 yil aprel oyida Dushanbeda ilk marta Ozbekiston milliy mahsulotlari korgazmasi otkazildi. Unda 160 dan ortiq kompaniya va 400 dan ziyod tadbirkor 1,5 mingdan koproq turdagi mahsulotni, jumladan, elektrotexnika, farmatsevtika, attorlik, charm-poyabzal, kimyo, oziq-ovqat, toqimachilik sanoati va boshqa tarmoqlardagi ilgor yangiliklarni, qishloq xojaligi texnikasi, yengil va yuk avtomobillari, avtobuslar, qurilish materiallari, liftlar, maishiy texnika, mebel jihozlari va boshqa mahsulotlarni namoyish qildi.

"4 kun davom etgan korgazma va ikki mamlakat tadbirkorlari ishtirokidagi biznes-forum yakunida 20 ga yaqin hujjat imzolandi. Korgazma dushanbeliklarda joshqin hissiyotlar uygotdi, u kopchilik uchun "haqiqiy syurpriz" boldi, deb yozdi Tojikiston matbuoti. Odamlar ozbek mahsulotlarining sifatidan hayratga tushdi, qoshnilarining mustaqillik yillarida qolga kiritgan yutuqlaridan xursand boldi".

Javob tarzidagi korgazma Toshkentda 2017 yil oktabr oyida bolib otdi. Unda Tojikistonning neft-gaz, qurilish, transport, foydali qazilmalar, agrosanoat, farmakologiya, yengil sanoat, qayta ishlash sohalari, sogliqni saqlash, talim, fan-texnika, turizm kabi tarmoqlarida faoliyat korsatayotgan 150 dan ziyod kompaniyasi vakillari, tadbirkorlar qatnashdi.

Ushbu korgazma va biznes-forumlarning otkazilishi tojikistonlik sheriklar bilan mahalliy mahsulotlarni xorijiy bozorlarga birgalikda yetkazish boyicha hamkorlikni rivojlantirishga keng yol ochdi. Bugungi kungacha Toshkent va Dushanbe shaharlarida tashkil etilgan korgazmalar doirasida umumiy qiymati 100 million dollardan ortiq bolgan savdo shartnomalari imzolandi.

Bu mamlakatlarimiz ortasidagi ozaro tovar aylanmasi hajmini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ikki davlat rahbarlari tomonidan mamlakatlarimiz ortasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yangi bosqichga kotarish yuzasidan korilayotgan muayyan chora-tadbirlar natijasida bu korsatkich izchil osmoqda. Malumotlarga kora, 2017 yilda mamlakatlarimiz ortasidagi tovar aylanmasi 236,8 million dollarni tashkil etgan, bu 2016 yilgi korsatkichdan 20,2 foiz kopdir.

Ozbekistondan Tojikistonga asosan transport xizmatlari, mineral ogitlar va oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilmoqda. Yurtimizda tojikistonlik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan 24 korxona, Tojikistonda esa mamlakatimiz tadbirkorlari bilan birgalikda tuzilgan 9 korxona faoliyat korsatmoqda.

Otgan yili Tojikistonda Ozbekistonning oltita savdo uyi ochildi. Shu kunlarda esa Toshkent shahrida Tojikiston savdo uyi faoliyat boshladi. Unda asosan Gayur kompaniyalar guruhining qurilish mahsulotlari taqdim etilgan. Kelgusida savdo uyini Tojikistonda ishlab chiqarilgan boshqa tovarlar bilan kengaytirish rejalashtirilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga bolajak davlat tashrifi doirasida Dushanbeda Ozbekistonda ishlab chiqarilgan brendi ostida milliy mahsulotlar korgazmasi va ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillarining biznes-forumi otkaziladi. Mazkur tadbirlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va qoshma loyihalarni amalga oshirishga ikki tomon ham birday etibor qaratayotganini korsatadi.

Korgazmada Ozbekiston iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlari salohiyati, tarixiy va madaniy merosga boy maskanlari taqdimotlari, sarmoyadorlar uchun yaratilgan keng kolamdagi imkoniyatlar, innovatsion loyihalar namoyish etiladi. Korgazmaga har tomonlama puxta hozirlik korilmoqda.

Bir soz bilan aytganda, Ozbekiston va Tojikiston ishbilarmon doiralarining doimiy muloqoti ikki dost va qardosh mamlakatning ozaro munosabatlarini yanada mustahkamlash yolida muhim omil bolmoqda.

 

Manba: OzA

 

 

 

 

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018