2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Afoonistonda tinchlik Ornatilishiga umid paydo boldi

 

 

Afgoniston boyicha Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik mavzuidagi Toshkent konferensiyasi dunyo mass-media maydonida qizgin muhokamalarga sabab bolmoqda.

Xususan, AQShning eng kohna va taniqli jurnallaridan biri The Atlantic (1857 yili Bostonda tashkil qilingan) chop etgan maqolada Afgonistonda tinchlik ornatilishiga umid paydo boldi, deyiladi.

Bundan qariyb bir oy muqaddam, deya yoziladi nashrda, Prezident Muhammad Ashraf oani Tolibon harakati bilan hech qanday shartlarsiz togridan-togri muzokaralar boshlash taklifi bilan chiqqan edi. 27 mart kuni Toshkentda yigirmadan ortiq mamlakatlar hamda xalqaro tashkilotlar vakillari Afgonistondagi vaziyatni barqarorlashtirish yollarini muhokama qildilar. Bolib otgan uchrashuvlar jarayoni va yakuni koplab kuzatuvchilarga mamlakatda tinchlikka erishish istiqboliga umid bilan qarashga imkon bermoqda.

Oz navbatida, World Affairs Journal tahliliy portali (AQSh)da keltirilishicha, Ozbekiston Prezidentining Afgonistondagi ixtilof uning xalqiga chetdan tiqishtirilgani haqidagi sozlari nihoyatda muhimdir. Veb-sayt jurnalistlari otgan yillar mobaynida yuz minglab begunoh insonlar urush qurboni bolib, millionlab odamlar oz uylarini tashlab, qochoqqa aylanganini qayd etadi. Maqola mualliflari Ozbekiston rahbarining xalqaro terroristik tashkilotlar Afgonistonni ozining doimiy makoniga aylantirib olishiga yol qoyib bolmasligi xususidagi fikrining goyat dolzarbligiga ahamiyat qaratishgan.

Xitoyning Sinxua yangiliklar agentligi ham Markaziy Osiyodagi tinchlik hamda osoyishtalik Afgonistondagi vaziyat bilan chambarchas bogliqligini malum qilgan. Ushbu davlatda barqarorlik hukm sursa, butun mintaqaning izchil taraqqiyoti, insonlar farovonligi va savdo aloqalari rivoji taminlanadi.

Nyu-Delida joylashgan Siyosiy tadqiqotlar markazi direktori Uday Bxaskar Hindistonning markaziy gazetasi Hindustan Timesda mazkur masalani qalamga oldi. U oz maqolasida agar dunyo hamjamiyati Afgonistonga nisbatan say-harakatlarini muvofiqlashtirmas hamda urushayotgan tomonlarni tinch muzokaralarga chorlash uchun ularga bosimni kuchaytirmas ekan, afgon muammosining hal qilinishi yana uzoq yillarga chozilib ketishi mumkinligi haqida ogohlantiradi. Toshkentdagi konferensiya, mutaxassisning fikricha, Afgonistondagi vaziyatga tasir qila olishi mumkin bolgan deyarli barcha davlat va tuzilmalarni bir joyga toplay olgani bilan ham muhimdir.

Ekspertning qayd etishicha, bugun mamlakatda yuzaga kelgan ogir vaziyat hamda turli tahdidlarning ortib borishi faol chora-tadbirlarni amalga oshirishni talab qiladi. Shu manoda, bolib otgan anjuman, deb yozadi Uday Bxaskar, muloqotni boshlash haqidagi taklifni rasmiylashtirish va kelajakda bevosita muzokaralar jarayonini boshlashga xizmat qiladigan mexanizm sifatida baholanmoqda. Mutaxassis Ozbekiston tashabbusi hamkorlar tomonidan konstruktiv qollab-quvvatlanishiga umid bildiradi.

 

Manba: Xalq sozi gazetasi

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018