2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Pillachilik: Sirdaryo tumanida qayta ishlash korxonasi qurilishi boshlandi

 

 

 

Sirdaryo tumanida barpo etilayotgan ipak yetishtirish va qayta ishlashga ixtisoslashgan Agroglobal masuliyati cheklangan jamiyati zavodi binosi poydevoriga tamal toshi qoyildi.

Ozbekipaksanoat uyushmasi raisi B.Sharipov, Sirdaryo viloyati hokimi orinbosari K.Sobirov va boshqalar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar jarayonida ipakchilik tarmogi va toqimachilik sanoatini yanada rivojlantirish, sohaga ilgor texnologiyalarni jalb qilish, ilm-fan sohasidagi innovatsion ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etishga alohida etibor qaratilayotganini takidladi.

Prezidentimizning 2017-yil 29-martdagi Ozbekipaksanoat uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari togrisidagi qarori bu borada muhim dasturilamal bolayotir.

Qarorda tarmoq nufuzini oshirish uchun ozuqa bazasini jadal rivojlantirish, sifatli ipak qurti urugi yetishtirish tizimini keng yolga qoyish, sanoatbop pilla xomashyosi yetishtirish va pillani qayta ishlash korxonalarining toliq quvvat bilan ishlashini taminlash barobarida tayyor raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish va sohaning eksport salohiyatini yuksaltirish boyicha aniq tadbirlar belgilangan.

Sirdaryo tumanidagi Kamolot mahallasida barpo etilayotgan korxonaning loyiha qiymati 5 million dollar, deydi Agroglobal masuliyati cheklangan jamiyati direktori orinbosari D.Xoldorov. Bu yerda pillaga ishlov berishdan tortib, eksport uchun ipak mato va kiyim-kechak ishlab chiqarish jarayoni toliq amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda "nol" xarid qiymatida olingan sobiq 2513-avtobaza binosini moslashtirib, tubdan qayta tamirlash, Xitoydan pillani qayta ishlaydigan texnologiyalar keltirib ornatish, 4 sex tashkil qilish rejalashtirilgan.

Ushbu sexlar joriy yilning ikkinchi choragida ishga tushiriladi, bu esa 200 ish orni yaratish imkonini beradi. Bu yerda yiliga 400 tonna pilla qayta ishlanib, ipak kalavasiga aylantiriladi.

Joriy yilda viloyatning har bir tumanida ikkitadan zamonaviy pillaxona qurish, mavjud 1 ming 323 gektar tut plantatsiyalarini qayta rekonstruksiya qilish, yangilarini barpo etish kozda tutilgan.

Loyiha uch bosqichdan iborat bolib, 2021-yilda yakuniga yetkaziladi. Loyiha toliq amalga oshirilgach, 500 ish orni yaratilib, yillik eksport quvvati 10 million dollarni tashkil etadi. Tayyor mahsulotning asosiy qismi eksportga yonaltiriladi.

Tumandagi sobiq 2513-avtobazani tubdan qayta qurish ishlari boshlab yuborildi. Ananaga kora, tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, quruvchilar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida zavod poydevoriga kelajakka bitilgan maktub solingan kapsula joylashtirildi.

 

 

Manba: OzA

 

 

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018