Yangiliklar


          2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Muhim qonun loyihalari korib chiqildi

Avval xabar qilinganidek, Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bolib otdi. Kun tartibiga kiritilgan masalalar avvalroq siyosiy partiyalar fraksiyalarining, Ozbekiston Ekologik harakati deputatlar guruhining, qomitalar va ular huzurida faoliyat korsatayotgan ekspert guruhlarining majlislarida muhokama qilingan edi.

Amaldagi qonun hujjatlarini va huquqni qollash amaliyotini tanqidiy tahlil etish, fuqarolarni tashvishlantirayotgan dolzarb muammolarni organish maqsadida davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini taminlash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga taalluqli axborotni taqdim etishning zamonaviy shakllarini joriy etish kabi masalalar strategik rivojlantirishning ustuvor yonalishlari etib belgilandi.

Chunonchi, Ommaviy axborot vositalari togrisidagi Ozbekiston Respublikasi Qonuniga ozgartish va qoshimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi oqishda korib chiqildi.

Qonun loyihasini ikkinchi oqishga tayyorlash jarayonida ishchi guruh tashkil etilib, uning tarkibiga siyosiy partiyalar fraksiyalari va Ozbekiston Ekologik harakati deputatlar guruhi deputatlari, vazirliklar va idoralarning, fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari, amaliyotchi mutaxassislar, olimlar kiritildi.

Bundan tashqari, keng muhokama qilish maqsadida ushbu qonun loyihasi Qonunchilik palatasiningwww.parliament.gov.uz. veb-saytiga joylashtirildi. Majlisda takidlanganidek, muhokama yakunlariga kora kelib tushgan takliflarning katta qismi qonun loyihasini maromiga yetkazishda hisobga olindi.

Xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda OAVda turkum nashrning xalqaro standarti raqami (ISSN) bolishi kerakligi haqidagi talabni chiqarib tashlash taklif etildi.

Ushbu qonunning qabul qilinishi, deputatlar takidlab otishganidek, OAV faoliyati erkinligining, axborotdan foydalanishining, mulk huquqining, uni himoya qilishning davlat kafolatini belgilashga, shuningdek axborotni organish, uni uzatish, undan foydalanish va saqlashga doir oz faoliyatini amalga oshirish borasida qoshimcha huquqlarni belgilashga xizmat qiladi.

Shundan song davlat organlari faoliyatining ochiqligini taminlash sohasida jurnalistlarning nufuzini oshirishga qaratilgan Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish togrisidagi Ozbekiston Respublikasi Qonuniga ozgartish va qoshimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasi ikkinchi oqishda korib chiqildi.

Mazkur qonun loyihasi Germaniya, Buyuk Britaniya, Avstriya, AQSh, Rossiya, Latviya, Ukraina, Belorus, Qozogiston, Ozarbayjon kabi rivojlangan demokratik mamlakatlar tajribasini va jurnalistlik faoliyatini himoya qilish sohasidagi xalqaro shartnomalarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.

Ikkinchi oqishga tayyorlash davomida mazkur qonun loyihasi manfaatdor davlat idoralari va fuqarolar ozini ozi boshqarish organlarining vakillari, shuningdek soha olimlari va mutaxassislari bilan ham muhokama qilindi. Bu jarayonda qonun loyihasini takomillashtirish yuzasidan aniq takliflar bildirildi.

Shundan keyin deputatlar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tahlil qilish natijalariga kora Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Ozbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga ozgartish va qoshimcha kiritish haqidagi qonun loyihasini ikkinchi oqishda korib chiqishga kirishdilar.

Qonun loyihasida fuqarolarning mehnat qilish va erkin ish tanlash huquqlarining amalga oshirilishini taminlash maqsadida, shaxsni uning ilgari sudlanganligi tufayli ishga qabul qilishni rad etishga (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno) taqiq belgilash uchun ozgartish va qoshimcha kiritish nazarda tutilmoqda.

Qonun loyihasini ikkinchi oqishga tayyorlash jarayonida Mehnat va ijtimoiy masalalar qomitasining ishchi va ekspert guruhi, tegishli vazirliklar va idoralarning xodimlari, manfaatdor tashkilotlarning vakillari, shuningdek ushbu soha olimlari va mutaxassislari ishtirokida muhokamalar otkazildi.

Barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari va Ekoharakat deputatlar guruhi taklif etilayotgan bu ozgartish va qoshimchalar davlat xizmatiga tashabbuskor, bilimli, intiluvchan kadrlarni jalb etishga, fuqarolarning mehnat qilish va erkin ish tanlash huquqlarining amalga oshirilishini taminlashga xizmat qiladi, degan yagona fikrga keldilar.

Songra deputatlar Ozbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 356-moddasiga qoshimcha kiritish togrisidagi qonun loyihasini birinchi oqishda korib chiqdilar. Mazkur hujjat elektron tijorat infratuzilmasini joriy etishni hamda turistik xizmatlarni onlayn-bronlashtirish va Internet orqali turistik mahsulotlarni sotish boyicha xizmatlar korsatuvchi turistik faoliyat subektlari sonining kopayishini ragbatlantirish maqsadida ishlab chiqilgan.

Taklif etilayotgan qonun loyihasi ommaviy muhokama qilish uchun Ozbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlarini muhokama qilish boyicha www.regulation.gov.uz. portaliga joylashtirilgan.

Qonun loyihasini tayyorlashda Rossiya, Belorus va Gruziya tajribasi organildi. Bu mamlakatlarda turizm sohasi uchun soliq imtiyozlari mavjud.

Deputatlarning takidlashicha, ushbu qonunning qabul qilinishi sohada, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faol joriy etish orqali korsatilayotgan xizmatlar sifati va tezkorligini oshirishga, shuningdek, turistik xizmatlar narxini pasaytirishga, ularni diversifikatsiya va modernizatsiya qilishga, raqobatni kuchaytirishga xizmat qiladi.

Majlis yakunlariga kora barcha korib chiqilgan qonun loyihalari qabul qilindi.

Shuningdek majlisda parlament Qonunchilik palatasining vakolatlariga taalluqli boshqa masalalar ham korib chiqildi.

 

Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Axborot xizmati

 

Manba: Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi Axborot xizmati

 

 


 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018