2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Amir Temur: Buyuk sohibqiron faoliyati xalqaro miqyosda keng organilmoqda

 

Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi 1996 yilning 14 martida Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tashkil etilgan. Fondning asosiy maqsadi yirik davlat arbobi va atoqli sarkarda, ilm-fan hamda madaniyat homiysi Amir Temurning hayoti, ijtimoiy- siyosiy, harbiy faoliyatiga doyr ilmiy tadqiqotlar olib borish va mahalliy hamda xorijda shu davr bilan boglik, ilmiy konferensiyalar tashkillashtirishga qaratilgan. Jamoat, davlat, ilmiy hamda ijodiy tashkilotlarning Amir Temur hayoti va faoliyatini, Markaziy Osiyo xalqlarining tarixini organish yolidagi ishlarini muvofiqlashtirish, Amir Temur haqida badiiy, hujjatli filmlar va telefilmlar yaratishga yordam berish, radio hamda televideniye orqali eshittirishlar, korsatuvlar uyushtirib, kechalar, konsertlar va boshqa xayriya tadbirlarini amalga oshirish kozda tutilgan.

Jamoat fondi bugungi kunda nafaqat mamlakatimiz, balki xalqaro miqyosda ham tarixchi olimlar bilan birgalikda Amir Temur va temuriylar davri tarixi, ilmfani, madaniyati hamda boshqa sohalardagi olamshumul yutuqlari borasida bir qancha tadbirlar, ilmiy anjumanlar otkazdi va ijobiy natijalarga erishdi. Jumladan, 2016 yilda Niderlandiyaning Leyden universitetida, Fransiyaning Parij shahrida ikki marta shunday tadbirlar uyushtirildi hamda bu haqda jahon ommaviy axborot vositalarida xolisona baho berilib, Ozbekistonning tutgan adolatli yoli, tinchlik va taraqqiyot uchun olib borayotgan ishlari togrisida samimiy fikrlar bildirildi. Leyden universitetida otkazilgan anjuman doirasida esa Dunyo muzeylaridagi temuriylarga oid javohirlar fotokorgazmasi ham tashkil etildi. Ana shu ijobiy yonalishlarning davomi sifatida 2017 yilning 13-14 sentabr kunlari Toshkentda Fransiya, Niderlandiya, Turkiya, Xitoy, Qirgiziston, Qozogiston, Ozarbayjonning tarixchi olimlari bilan birgalikda Temuriylar davrida ilm-fan va madaniyat" mavzuida katta ilmiy anjuman otkazilib, unda korsatib otilgan davlatlardan nufuzli mehmonlar, temurshunos olimlar ishtirok etdi. Malumki, Turkiya va Ozbekiston ijtimoiy-madaniy hamkorligi uzoq tarixga borib taqaladi. Dini va tili bir turk hamda ozbek hamkor- ligi rishtalari doimo ezgu ishlar sari yonaltirilgan. Prezidenti- miz Shavkat Mirziyoyevning Turkiya- ga davlat tashrifidan song dosto- na aloqalar yanada kuchaydi. Masalan, Turkiyaning Kastamonu univer- siteti rahbariyati takpifiga kora, Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi ilmiy-amaliy faoliyati bilan tanishish maqsadida Vatani- mizning boy madaniyati tarixi, milliy ananalari va ikki davlat ortasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida joriy yilning 510 mart kunlari uni- versitetda qator madaniy-mari- fiy tadbirlar otkazildi.

Shu bilan birga, kelgusida ikki davlat madaniyati, sanati tarixini organish hamda targib etish, ayniqsa, yoshlarga Amir Temur va temuriylar davri tarixini yanada kengroq orgatish boyicha hamkorlik shartnomalari imzolandi. Shartnoma bandlarida yurtimizning boy tarixi va madaniyatiga bagishlangan xalqaro menferensiyalarni Turkiya hamda Ozbekistonda otkazish, uning doirasida ikki davlat madaniyati tarixini, shu jumladan, turizmini yanada kengroq targib etish borasida Turkiyada Siz Ozbekistonni bilasizmi? nomli fotokorgazma tashkil qilish korsatib otildi.

2018 yilning noyabr oyida Turkiyaning Kastamonu shahrida Amir Temur va temuriylar davri tarixini organish boyicha ilmiy konferensiyalar otkazish taklifi turkiyalik olimlar tomonidan bildirib otildi. Shuningdek, Amir Temur va temuriylar davri tarixi, madaniyatiga bagishlangan Turkiya va Ozbekiston: yagona tarix mavzuida xalqaro anjuman uyushtirilib, unda qatnashgan turk hamda ozbek tarixchi olimlarining maruzalari, takliflari bizda katta taassurot qoldirdi. Xususan, Kastamonu universiteti professori Jevdet Yakubogli Buyuk sohibqiron Amir Temurning Isfandiyorbek bilan munosabatlari, Istanbuldagi Marmara universiteti professori Mexmet Shaxingoz Turk dunyosida yagona tarix oquv qollanmasining tayyorlanishiga doyr", tarix fanlari doktori

Xurshida Yunusova XX asr 80-yillarida Ozbekistonda millatlararo munosabatlar, Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi raisy orinbosari Tolqin Hayit "Amir Temur obrazining adabiyotda organilishi, OzFA Temuriylar tarixi Davlat muzeyi direktori Xurshid Fayziyev Temuriy shahzoda Shohruh Mirzo davrida ilm-fan va madaniyat, OzFA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi Sanjar Gulomov Pirmastiy inshosida Amir Temurga oid biografik malumot borasida, Temuriylar tarixi Davlat muzeyi katta ilmiy xodimi Dilafroz Qurbonova Turkiya muzeylarida saqlanayotgan temuriylar davriga oid yodgorliklar kabi mavzularda ilmiy maruzalar bilan ishtirok etdi. Mazkur ilmiy anjuman butun Turkiya xalqi hamda bizda ham yangicha qarashlarni shakllantirdi.

Konferensiyadan song turk va ozbek olimlari tomonidan Amir Temur va temuriylar tarixi, madaniyatiga bagishlangan kitoblar bir-birlariga taqdim qilindi. Ular orasida Mirzo Ulugbekning turk tilida nashr etilgan Ziji jadidi Koragoniy asari diqqatga sazovordir.

Bu kabi hamkorlik buyuk sohibqiron bobomiz Amir Temur faoliyatini keng targib etish va yoshlarimizga tarixga hurmat, vatanparvarlik ruhini singdirish, qolaversa, turizm salohiyatini yanada oshirishga qaratilganligi bilan alohida ahamiyatga ega.

 

Manba: Xalq sozi gazetasi

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018