2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Obod qishloq dasturi togrisida"gi Farmoni va Obod qishloq dasturini 2018-yilda amalga oshirish boyicha qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi qaroriga sharh

 

 

Eng avvalo, respublikamiz aholisining salkam yarmi qishloq hududlarda yashab kelayotganligi hamda ularning fidokorona mehnati, dehqon, fermer, chorvador va mirishkorlarning say-harakatlari natijasida dasturxonimiz mol-kol bolayotgani Obod qishloq dasturining qabul qilinishida asosiy omil bolganligini takidlab otish zarur.

Songgi yillarda viloyat va tumanlar markazlarida obodonlashtirish va markaziy kochalarning memoriy qiyofasini yangilash boyicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Qishloq aholisi uchun yangilangan namunaviy loyihalar asosida arzon uy-joylar qurilayotgani, xususan, 2017-yilda qishloq joylarda 18 mingdan ortiq oilalar uchun ijtimoiy va muhandislik infratuzilmasiga ega shinam uylar barpo etilgani shular jumlasidan.

Ammo tashriflar davomida olis va chekka hududlarda istiqomat qiluvchi aholidan kelib tushayotgan haqqoniy etirozlar va murojaatlar shundan dalolat beradiki, aholining uy-joy va maishiy sharoitlarini yaratish borasida ayrim muammolar saqlanib qolmoqda.

Jumladan, mahalliy hokimliklar va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari rahbarlarining masuliyatsizligi oqibatida uy-joy fondi yillar davomida tamirlanmasdan, tom qismlari va tashqi qiyofasi mutlaqo talabga javob bermaydigan ahvolga kelib qolgan.

Bundan tashqari, qishloq aholi punktlarida elektr tarmoqlari va transformatorlardagi avariyalar elektr taminoti tarmoqlarida koplab uzilishlarni keltirib chiqarmoqda, shuningdek, suyultirilgan gaz ballonlarining yetishmasligi kuzatilmoqda.

Keyingi dolzarb muammolardan biri shuki, hududlarda avtomobil yollarini tamirlash va saqlash ishlari sifatsiz olib borilmoqda, ichimlik suvi quvurlari va inshootlari yaroqsiz ahvolga kelib qolgan hamda oqova inshootlari sanitariya talablariga javob bermaydi.

Yana shuni takidlash zarurki, aholining ayrim qismi shunday ahvolga konikkani, boqimandalik kayfiyatiga berilgani natijasida ozining uy-joyi, hovlisi va tomorqasini saqlashga etibor qaratmay qoygan.

Mazkur ishlar sektor rahbarlari, mahalla fuqarolar yiginlari, xotin-qizlar qomitalari va Yoshlar ittifoqining hududiy boginlari etiboridan chetda qolgani yuqorida qayd etilgan muammo va kamchiliklarning asosini tashkil etadi.

Shu bilan birga, joylardagi faollar tashabbusi bilan emas, balki hududlarda ananaviy bolib qolgan hasharlarni faqatgina xojakorsin uchun bayram kunlariga yaqin sanalarda yuzaki otkazish odatga aylanib qolmoqda.

Albatta, bunday holatlar hech kimni, ayniqsa, mazkur hududlarda yashayotgan aholining barcha qatlamlarini qoniqtirmaydi. Ushbu vaziyatni tubdan ozgartirish hamda aholining turmush darajasini yanada yaxshilash maqsadida quyidagilar ishlab chiqilgan dasturning asosiy maqsadlari etib belgilangan.

Joriy yilning 1 aprelidan boshlab respublikaning har bir tuman va shaharida, avvalo, olis va tabiiy iqlim sharoiti ogir hududlarda 2018-yilda 2 tadan va kelgusi yillarda 3 tadan qishloqda (mahallada) aholining yashash sharoitlarini bosqichma-bosqich tubdan yaxshilash, turmush tarzi va darajasida sezilarli ijobiy ozgarishlarni taminlashga, mazkur qishloqlarning (mahallalarning) qiyofasini zamonaviylashtirishga va qishloq aholisi uchun ish joylarini yaratishga qaratilgan Obod qishloq dasturi amalga oshiriladi.

2018-yilda mamlakatimizning 174 ta tumanidagi 368 ta mahalla fuqarolar yigini hududlarini kompleks ravishda yangilash chora-tadbirlari qabul qilingan dasturning ustuvor maqsadlari sifatida belgilangan.

Dasturda, ayniqsa, 127143 ta uy-joyni tamirlash, ularning tomini, tashqi korinishi, yon-atrofini obodonlashtirish ishlari alohida orin egallagan.

Dastur doirasida 1535 kilometr toza ichimlik suvi tarmoqlarini tamirlash, sizot suvlar sathini pasaytirish, qishloqlarni tuman markazi bilan boglaydigan hamda qishloq ichki yollari va piyodalar yolaklarini barpo etish va tamirlash uchun jami 2083 kilometr yollarni qurish, rekonstruksiya qilish va tamirlash, shuningdek, lizing asosida 571 zamonaviy avtobus xarid qilinib, qishloq va tuman markazi orasida transport qatnovini yolga qoyish va ushbu yonalishlarda 252 ta bekat barpo etish nazarda tutilgan.

Xalqaro moliya institutlarining kreditlari hamda korxonalarning oz mablaglari hisobidan 1847 kilometr elektr taminoti tarmoqlarini yaxshilash, aholini suyultirilgan gaz bilan taminlash uchun 44868 ta gaz balloni yetkazib berish hamda aloqa tizimini modernizatsiya qilish ishlari ham amalga oshiriladi.

Malumki, ijtimoiy ahamiyatga ega xizmatlarni tubdan yaxshilash davlatning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda, bolalar bogchasi, maktab, oilaviy poliklinikalar va shu kabi boshqa jami 736 ta ijtimoiy soha obyektini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital tamirlash ishlari bajarilib, laboratoriya va zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlanadi.

Albatta, joylarda bozor infratuzilmasi obyektlari va servis shoxobchalarini, jumladan, hammom va kichik bozor shoxobchalarini tadbirkorlik asosida bunyod etish alohida ahamiyat kasb etadi.

Dasturni amalga oshirish vazifalariga toxtaladigan bolsak, bu borada mahalliy hokimliklar huzurida Obod qishloq maqsadli jamgarmalari tuziladi. Byudjet, tarmoq korxonalarining, xalqaro moliya institutlari va xorijiy davlatlarning grantlari, tashabbuskor tadbirkorlar mablaglari, hasharlar va xayriya tadbirlarini otkazish hisobidan tushadigan mablaglarni ushbu jamgarmalar manbalari sifatida belgilash kozda tutilmoqda.

Birgina joriy yilda dastur doirasida nazarda tutilgan ishlarga barcha manbalar hisobidan 3 trillion 40 milliard somdan ziyod mablaglar ishonchli va muntazam ravishda yonaltiriladi(OR MB kursi 30.03.2018 da, 1$= 8114.86 som).

Dasturda oz aksini topgan yonalishlarni amalga oshirish yuzasidan tegishli loyiha-smeta hujjatlarining memoriy va texnik yechimlari asosida puxta ishlab chiqilishini taminlash maqsadida 190 ga yaqin tajribali va malakali loyiha institutlari jalb qilinadi.

Ajratilayotgan mablaglardan samarali va maqsadli foydalanish, qurilish-tamirlash ishlarini sifatli amalga oshirish uchun salohiyatli pudrat tashkilotlarini aniqlash bilan bogliq tanlovlarni oqilona tashkil etish, ularni otkazish jarayonini nazoratga olish va bu borada samaradorlikka erishishni taminlash maqsadida qabul qilingan ushbu hujjatda Davlat arxitektura va qurilish qomitasi hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining masulligi qatiy belgilab qoyilgan.

Zarur moddiy-texnika resurslarini jamlash maqsadida mahalliy ishlab chiqarish korxonalari tomonidan sement, metall prokati, gisht, tomyopqich mahsulotlari, temir-beton buyumlari, eshik, deraza romlari, lok-boyoq kabi asosiy turdagi mahalliy qurilish materiallari va jihozlarini yetkazib berish uchun har bir aholi punktida firma dokonlarini tashkil etish kozda tutilgan.

Uy-joylarni tamirlashda xonadon egalariga amaliy yordam korsatish, avvalambor, ularni arzon va sifatli qurilish materiallari bilan markazlashgan holda taminlash, ishlab chiqaruvchilar uchun elektr energiyasi va gaz yetkazib berishda preferensiyalar nazarda tutilgan.

Dasturni amalga oshirish bilan bogliq ishlarni oqilona tashkil etish yuzasidan manfaatdor vazirlik va idoralar rahbarlaridan iborat tarkibda doimiy ravishda faoliyat korsatadigan Respublika komissiyasi tashkil etilgan.

Har bir qishloq kesimida tuman (shahar) hududiy tashkilotlari bilan birgalikda moljallanayotgan keng kolamli ishlarni tashkil etish va boshqarish yuzasidan tumandagi sektor rahbarlari boshchiligida maxsus shtablarni joriy etish, jumladan, ushbu shtablarga ishlarni hashar va xojalik usulida bajarishni taminlash, yangi ish orinlarini tashkil etish, moliyalashtiriladigan ishlar boyicha mavjud barcha imkoniyatlarni jalb etish, xususan, soliq yigiluvchanligini oshirish va qoshimcha aniqlanadigan manbalardan mahalliy byudjet daromadini kopaytirish kabi vazifalar yuklangan.

Qayd etilgan tizimlarga arxitektura, sanitariya va texnik talablar asosida shaxsiy mulk egalari oz uy-joyini saqlash, mavjud tomorqalardan unumli foydalanish, yer va mol-mulk soliqlari hamda korsatilgan kommunal xizmatlar uchun oz vaqtida hisob-kitob qilinishini taminlash va qarzdorlikka yol qoymaslik, hasharlarda fuqarolarning bevosita shaxsiy ishtirokini aks ettiruvchi jamoa shartnomalarini tuzish ham kozda tutilgan.

Ozbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Davergeodezkadastr qomitasi va Davarxitektqurilish qomitasi qoshidagi Davlat arxitektura-qurilish nazorati inspeksiyasi uy-joy, bino-inshootlar va tomorqa xojaliklari mulkdorlari tomonidan amaldagi talab va qoidalarni buzish va rioya etmaslik holatlariga yol qoyilgan taqdirda Ozbekiston Respublikasining Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksiga muvofiq tegishli choralar korishi belgilangan.

Mazkur dasturning qabul qilinishi va hayotga izchil tatbiq etilishi mahallalarni obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish, bu boradagi qadriyatlarimizni izchil davom ettirgan holda, barcha hududlarda keng kolamli bunyodkorlik ishlarini bajarish orqali qishloq aholisi uchun munosib sharoitlar yaratish va ularning turmush madaniyatini yanada yuksaltirish, eng asosiysi, yoshlarni xayrli ishlarga davat etishga xizmat qiladi.

 

Manba: Xalq sozi gazetasi

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018