2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

AQSh Davlat departamenti Afgoniston boyicha Toshkent konferensiyasiga munosabat bildirdi

 

 

Amerika Qoshma Shtatlari Davlat departamentining rasmiy vakili Xizer Noyert mamlakatimizda bolib otgan Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va -mintaqaviy sheriklik mavzuida Afgoniston boyicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasi yuzasidan munosabat bildirdi.

Shu maqsadda tashkil etilgan matbuot anjumanida nufuzli axborot agentliklari, matbuot nashrlari, telekanallar vakillari qatnashdi. Tadbirda AQSh rasmiy vakili quyidagilarni bayon qildi:

Mazkur matbuot anjumanini AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar boyicha orinbosari Tomas Shennonning tashrifi togrisidagi elondan boshlamoqchiman. U Afgoniston boyicha Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik mavzuida Toshkentda otkazilgan xalqaro konferensiyada AQSh delegatsiyasiga boshchilik qildi.

Konferensiyada 27 mamlakat hamda xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashib, ular Afgoniston rahbariyatiga tinchlik jarayoni yolida yakdil ekanliklarini namoyish etdi. 28 fevral kuni otgan Kobul jarayoni konferensiyasiga asoslanib, har bir delegatsiya -Prezident Muhammad Ashraf oanining Afgonistondagi mojaroni tinch muzokaralar yoli bilan tartibga solish hamda yarashish jarayoniga qoshilishga doir taklifini maqulladi. Jahon hamjamiyati Tolibon ozining zoravonlik harakatlarini toxtatish uchun masul, degan fikrni birdek yoqlaydi hamda Afgonistonning saylangan hukumati bilan tinchlikni muhokama qilishga tayyorligini namoyon etishga chaqiradi.

Konferensiya yakunida uning ishtirokchilari Toshkent deklaratsiyasini qabul qildilar. AQSh Davlat kotibi orinbosari Tomas Shennon Ozbekiston Prezidenti va tashqi ishlar vaziri bilan samarali uchrashuvlar otkazdi. Ushbu muloqotlar mehmondostlik hamda samimiylik ruhida kechdi. Shuningdek, Tomas Shennon Afgoniston Prezidenti va boshqa bir qator delegatsiyalar bilan muzokaralar otkazdi. Amerika Qoshma Shtatlari Afgoniston hukumatini tinchlikka erishish yolida qollab-quvvatlaydi hamda Markaziy Osiyodagi qoshni mamlakatlar rahbariyatining bu boradagi say-harakatlarini yuksak baholaydi.

Matbuot anjumani yakunida ommaviy axborot vositalari xodimlari Toshkent konferensiyasi yuzasidan ozlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

 

Manba: Xalq sozi gazetasi

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018