2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Afgoniston boyicha Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi

 

 

 

Poytaxtimizda 27-mart kuni Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik mavzusida Afgoniston boyicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasi bolib otdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur konferensiya jahon hamjamiyatida katta qiziqish uygotdi. Unda ishtirok etish uchun mamlakatimizga Afgoniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf Gani, BMTning Afgonistondagi maxsus vakili Tadamiti Yamamoto, Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boyicha Oliy vakili Federika Mogerini, shuningdek, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Fransiya, Turkiya, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Eron, Pokiston, Qozogiston, Qirgiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari tashqi siyosat mahkamalari rahbarlari, jami 25 davlat va xalqaro tashkilot vakillari tashrif buyurdi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xalqaro konferensiyada nutq sozladi.

Davlatimiz rahbari Ozbekiston Respublikasi va Afgoniston Islom Respublikasining birgalikdagi tashabbusi bilan otkazilayotgan mazkur anjuman xalqaro hamjamiyat tomonidan Afgonistonda tinchlik va barqarorlikni taminlash boyicha olib borilayotgan amaliy say-harakatlarning mantiqiy davomi ekanini takidladi.

Yer yuzining katta qismida songgi 40 yilda afgon urushiga u yoki bu darajada duch kelgan avlodlar ulgaydi. Kimningdir ogli, kimningdir qarindoshi yoki qoshnisi bu adolatsiz urush qurboniga aylandi. Urush olovi qanchadan-qancha begunoh odamning yostigini quritdi, uning sovuq nafasi boshqa yurtlarga ham yetib bordi, minglab oilalarni parokanda, godaklarni yetim qildi. Shu bois Afgonga ketibdi degan xabar yuraklarga qorquv, xavotir olib kirardi. Otalar oglining afgonga harbiy xizmatga ketganini keksa ota-onasidan yashirar, ichidagi dardini bildirmasdi. Onalar pana-panada jigarbandiga soglik-omonlik sorab Yaratganga yolvorar, yol qarardi.

Ana shunday muhitda ulgaygan bolalar afgonga olib ketmasmikan, deya yillar davomida xavotir bilan yashadi, harbiyga bormaslik chorasini qidirdi. Oradan on yillar otgan bolsa-da, afgon muammosi odamlar xotirasida qoldirgan vahima va qorquv hali unutilgani yoq.

Afsuski, afgon urushi yillar otgan sari jang maydonlaridan narkobiznes, terrorizm, ekstremizm kabi kozga korinmas urush ochoqlariga kochdi. Endi bu zamindagi notinchlik va zoravonliklar, nohaq qon tokishlar dunyoning barcha mintaqalariga tahdid solar darajada kengaydi.

Agar Afgonistonda tinchlik hukm surganda 2001-yil 11-sentabr voqealari bolmasdi, minglab insonlar terror qurboniga aylanmasdi. Bu yurtda tinchlik-osoyishtalik bolganda, diniy ekstremistik harakatlar ildiz otmasdi, dunyoning turli mintaqalarida notinchlik olovini yoqayotgan yovuz kuchlar, Islom davlati deb nomlangan terrorchilik tashkiloti paydo bolmasdi. Giyohvand moddalar va noqonuniy qurol savdosi nafaqat qoshni davlatlar, balki butun dunyo hamjamiyatiga tahdid solmasdi.

Davlatimiz rahbari takidlaganidek, jafokash Afgoniston zaminidagi toqnashuvlar, urush olovi afgon xalqining oz tanlovi emas, aksincha, chetdan tiqishtirilgan fitna natijasidir. Ana shu notinchlikdan afgon xalqi on yillar davomida jabr chekib kelmoqda, millionlab odamlar oz uyini tashlab olis yurtlarda sarson-sargardon bolib yuribdi.

Bu zamindagi keskinlik Markaziy Osiyo mamlakatlari jahon iqtisodiyotining faol integratsiya jarayonlaridagi ishtirokiga salbiy tasir korsatmoqda. Misol uchun, tinch Afgoniston savdo-iqtisodiy, transport-logistik imkoniyatlari bilan Ozbekistonga boshqa mintaqalarga dengiz orqali qisqa yol bilan chiqish imkonini berar edi.

Xalqimizda Bir kun janjal bolgan joydan qirq kun baraka qochadi, degan naql bor. Afgonistonda qariyb 40 yildan buyon davom etib kelayotgan mojaro afgon xalqining hayotini onlab yillar orqaga surib tashladi. Bu hududda paydo bolgan inqiroz, aholining qashshoqlashuvi dunyo hamjamiyatidan allaqachon globallik kasb etgan ushbu muammoga birgalikda amaliy yechim topishni taqozo qilmoqda. Shu maqsadda keyingi yillarda qator loyihalar amalga oshirildi, muloqot guruhlari tashkil etildi.

Ozbekiston 2017-yilda Afgoniston muammosini hal etish boyicha otkazilgan turli formatdagi xalqaro va mintaqaviy anjumanlarda, jumladan, kengaytirilgan tarkibdagi Moskva uchrashuvi (aprel), Kobul jarayoni (iyun), Afgoniston Islom Respublikasiga oid mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik konferensiyasi (Ashxobod, noyabr), Osiyo yuragi Istanbul jarayoni (Boku, noyabr-dekabr) va Xalqaro muloqot guruhi yigilishida (Oslo, dekabr) yuqori darajada qatnashdi.

Davlatimiz rahbari BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida Afgonistondagi vaziyatni barqarorlashtirish boyicha Ozbekiston pozitsiyasini bayon qildi, bu borada aniq takliflar bildirdi. Noyabr oyida Samarqand shahrida BMT shafeligida otgan Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yolidagi hamkorlik mavzusidagi xalqaro konferensiyada Afgonistonning mintaqaviy iqtisodiy jarayonlarga qoshilishi yolidagi tashabbuslar ilgari surildi.

Ozbekiston va Afgoniston Prezidentlarining oliy darajadagi uchrashuvlarida mamlakatimizning bu boradagi ijobiy pozitsiyasi ozaro manfaatli kelishuvlar orqali yanada mustahkamlandi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur forum oz formati va Afgoniston muammosi boyicha aniq yechimlar topishga qaratilgani bilan ilgarigi xalqaro anjumanlardan farq qiladi. Shu bois uni otkazish tashabbusi dunyo hamjamiyati tomonidan keng qollab-quvvatlandi. Nufuzli xalqaro tashkilotlar, siyosatshunoslar va ekspertlar tomonidan Afgonistonda tinchlik va xavfsizlikka erishish, shu orqali nafaqat Markaziy Osiyo, balki unga tutash mintaqalarda tinch taraqqiyotni taminlashga xizmat qiluvchi mazkur konferensiya afgon xalqining muammolarini hal qilish boyicha aniq takliflar ilgari surilishi bilan amaliy ahamiyatga ega, degan fikrlar bildirildi.

Jumladan, Afgoniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf Gani Afgonistonda tinchlik va xavfsizlikni taminlash yolidagi Ozbekiston tashabbusi goyat qadrli ekanini takidladi.

Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boyicha Oliy vakili Federika Mogerini oz nutqida Afgonistondagi vaziyatni baraqarorlashtirishga oid tashabbusni qollab-quvvatlashini, bu masala Yevropa Ittifoqining doimo etiborida turishini qayd etdi.

Mazkur forumga Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan ham katta qiziqish bildirildi. BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish konferensiya ishtirokchilariga videomurojaat yollab, ushbu anjuman Afgonistonda tinchlikka erishish yolida alohida ahamiyatga ega ekanini takidladi.

Toshkent konferensiyasi ishtirokchilarining rasmiy suratga tushish marosimidan song anjuman shuba majlislarida davom etdi. Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov afgon muammosini hal qilish tashabbusi mintaqa davlatlarining ozidan chiqayotgani muhim ahamiyatga ega bolib, Toshkent konferensiyasi oz vaqtida amalga oshirilgan muhim jarayon ekani va undan xalqaro hamjamiyat ijobiy natijalar kutib qolishini takidladi.

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlyut Chavushoglu Toshkent konferensiyasi Afgonistondagi vaziyatni barqarorlashtirishda muhim orin tutishini, bu beqarorlikka sabab bolayotgan kuchlarning ozaro yarashuviga oid jarayonni tezlashtirishga yordam berishini qayd etdi.

AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar boyicha orinbosari Tomas Shennon Ozbekiston Afgonistonda tinchlik va xavfsizlikni taminlash boyicha tashabbuslari bilan mintaqa davlatlari taraqqiyotiga, ozaro hamkorlikni mustahkamlashga munosib hissa qoshayotgani, shu jihatdan dunyo hamjamiyati mazkur konferensiyaga muammoni hal qilishda amaliy yechim sifatida qarayotganini qayd etdi.

Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vaziri orinbosari Li Baodun Afgonistonning sarmoya, savdo, transport imkoniyatlarini oshirish uchun uni qoshni davlatlar qollab-quvvatlashi zarurligini takidladi.

Pokiston Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Xavaja Muhammad Asif Afgonistondagi notinch muhit bevosita qoshni va uzoq davlatlardagi vaziyatga salbiy tasir etishini, shu bois barcha ushbu mamlakat tinchligi uchun hamjihatlikda harakat qilishi kutilgan natijani berishini qayd etdi.

Anjumanda takidlanganidek, ayrim geosiyosiy kuchlarning Afgonistonda yuzaga kelgan vaziyatdan oz maqsadlari yolida foydalanayotgani ushbu davlatda vaziyatni yaxshilash borasidagi intilishlarga tosqinlik qilmoqda. Buning oqibatida terrorchi tashkilotlar jangarilarining Afgoniston ichkarisiga tobora koproq kirib borishi va uni oz poligoniga aylantirishiga yol ochilmoqda.

Afgoniston muhim transchegaraviy hududda joylashgan. Bu mamlakat bilan hamkorlikdan Markaziy Osiyo davlatlari eng kop manfaatdor. Anjumanda Markaziy Osiyo mamlakatlarining tashqi siyosat mahkamalari rahbarlari tomonlar bu yolda barcha imkoniyatlarni ishga solishga tayyor ekanini qayd etdi.

Xalqaro konferensiyada NATO bosh kotibining operatsiyalar boyicha yordamchisi orinbosari Jon Manza, Buyuk Britaniya bosh vazirining Afgoniston va Pokiston boyicha maxsus vakili Garet Beyli, Italiyaning Afgoniston va Pokiston boyicha maxsus vakili Alberto Piyeri, Germaniya hukumatining Afgoniston va Pokiston boyicha maxsus vakili Markus Potsel, Qatar Tashqi ishlar vazirligi maxsus vakili Mutlaq bin Majid al-Qahtoniy, Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi maxsus maslahatchisi Xiroshi Takaxashi, Fransiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Violen de Vilmor, ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi direktori Yevgeniy Sisoyev, Norvegiya Tashqi ishlar vazirligining Afgoniston va Pokiston boyicha maxsus vakili Rolf Villi Xansen va boshqalar sozga chiqdi.

Afgonistonda tinchlik ornatish, ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmani tiklash, uning mintaqaviy iqtisodiy jarayonlarga qoshilishiga har tomonlama komaklashish togrisidagi taklif va tashabbuslar ilgari surildi.

Konferensiya ishtirokchilari anjuman yakuni boyicha Toshkent deklaratsiyasini imzoladilar. Mazkur hujjatda mintaqada tinchlik va xavfsizlikni taminlash, barcha sohalarda hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, ahil qoshnilik munosabatlarini yanada mustahkamlash kabi ezgu maqsadlar kozda tutilgan.

Tadbir yakunida otkazilgan matbuot anjumanida Ozbekiston tashqi ishlar vaziri A.Komilov va Afgoniston tashqi ishlar vaziri S.Rabboniy nufuzli konferensiyada erishilgan natijalar haqida malumot berdi.

Takidlandiki, mazkur xalqaro konferensiya dunyo hamjamiyatining Afgonistonda tinch taraqqiyotni taminlashga qaratilgan say-harakatlariga goyat muhim hissa bolib qoshildi. Bunday anjumanlar kelgusida ham davom etadi.

S.Rabboniy muhim tarixiy tashabbusni ilgari surib, Afgoniston boyicha Toshkent konferensiyasini otkazishga bosh bolgan Ozbekiston Prezidentiga, mamlakatimiz hukumati va xalqiga alohida minnatdorlik bildirdi.

 

Manba: OzA

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018