2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Ozbekiston va Turkiya Prezidentlarining telefon orqali muloqoti togrisida

 

26 fevral kuni Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogan bilan telefon orqali muloqoti bolib otdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Prezident Rejep Tayyip Erdoganni tugilgan kuni bilan samimiy qutlab, uning Ozbekiston bilan Turkiya ortasidagi qardoshlik va strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish, ozaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan katta etibori va say-harakatlarini hamda qoshayotgan ulkan hissasini alohida qayd etdi.

Suhbat chogida ikki davlat rahbarlari tomonidan 2017-yil oktabr oyida Turkiya Respublikasiga amalga oshirilgan oliy darajadagi tashrif doirasidagi samarali uchrashuv va muzokaralar kop qirrali va ozaro manfaatli ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratgani hamda aniq amaliy mazmun baxsh etgani chuqur mamnuniyat bilan qayd etildi.

Prezident Rejep Tayyip Erdogan Prezident Shavkat Mirziyoyevga tabrik va ezgu tilaklar uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. Ozbekiston Prezidenti timsolida Ozbekiston Turkiya hamkorligini har tomonlama mustahkamlash borasida haqiqiy birodar va hamfikrga ega bolganini alohida takidladi.

Mazkur tarixiy tashrif yakunlari boyicha erishilgan aniq kelishuv va imzolangan bitimlarning bajarilishi, jumladan, savdo, investitsiya, bank-moliya, transport, turizm va boshqa muhim sohalardagi yirik qoshma loyihalarni hayotga toliq tatbiq etish borasida kelishib olindi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdoganning Ozbekiston Respublikasiga bolgusi oliy darajadagi tashrifiga tayyorgarlik korish hamda muqaddam erishilgan kelishuvlarning bajarilishi masalalari yuzasidan Savdo-iqtisodiy hamkorlik boyicha hukumatlararo qoshma komissiyaning navbatdagi yigilishini tashkillashtirish muhimligi etirof etildi.

Suhbat chogida ikki mamlakat rahbarlari Ozbekiston Turkiya hamkorligini yanada kengaytirish istiqbollarini atroflicha muhokama qildi, mintaqaviy va xalqaro dolzarb masalalar boyicha fikr almashdi.

Muloqot songida davlat rahbarlari Ozbekiston bilan Turkiya ortasidagi azaliy dostlik va qardoshlik aloqalari hamda ananaviy yaqin hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish va mustahkamlashga tayyorligini bildirdilar.

 

Manba: OzA

 

 

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018