2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Afgoniston boyicha Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik mavzusida otkazilgan xalqaro konferensiyadagi nutqi

 

 

Muhtaram Afgoniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf Gani Janobi Oliylari!

Hurmatli Federika Mogerini xonim!

Hurmatli tashqi ishlar vazirlari va delegatsiyalar rahbarlari!

Xonimlar va janoblar!

Mamlakatimiz poytaxtida bolib otayotgan Afgoniston boyicha yuqori darajadagi xalqaro konferensiyaning barcha ishtirokchilari va mehmonlarini Ozbekiston xalqi nomidan samimiy tabriklashga ijozat bergaysiz.

Ushbu anjumanda ishtirok etayotganingiz uchun sizlarga chuqur minnatdorlik bildiraman va mehmondost ozbek zaminida sizlarni korib turganimdan goyat xursandman.

Bugungi konferensiya Ozbekiston Respublikasi va Afgoniston Islom Respublikasining birgalikdagi tashabbusi bilan otkazilmoqda.

Mazkur anjuman xalqaro hamjamiyat tomonidan Afgonistonda tinchlik va barqarorlikni taminlash boyicha olib borilayotgan say-harakatlarning mantiqiy davomidir.

Forumda shaxsan ishtirok etayotgani uchun Prezident Ashraf Gani Janobi Oliylariga alohida minnatdorlik bildirmoqchiman.

Shuningdek, xalqaro konferensiya otkazish boyicha bizning tashabbusimizni avval-boshdanoq qollab-quvvatlagan va barcha qatnashchilarga ozining tabrik xatini yollagan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi janob Antoniu Gutterishga samimiy minnatdorlik izhor etaman.

Biz janob Antoniu Gutterishning Afgonistondagi vaziyatni tinch yol bilan hal etish jarayonlari doirasida muzokaralar otkazish tarafdori ekanini, shuningdek, mintaqamizda xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni qollab-quvvatlash borasidagi say-harakatlarini yuksak baholaymiz.

Shu yilning yanvar oyida BMT Xavfsizlik Kengashida Qozogiston raisligida Markaziy Osiyo va Afgoniston boyicha fikr almashuvlar bolib otgan edi. Fursatdan foydalanib, Qozogiston Respublikasi Prezidenti Nursulton Abishevich Nazarboyevga ana shu ota muhim muammoni muhokama etish boyicha korsatgan tashabbusi uchun samimiy tashakkur bildiraman.

Shuningdek, bolib otgan muhokamalar chogida bildirgan zarur va qimmatli takliflari uchun BMT Xavfsizlik Kengashining barcha azolaridan minnatdorman. Bu takliflarning katta qismi ushbu konferensiyaning afgonistonlik hamkasblarimiz bilan birgalikda tayyorlangan yakuniy hujjati loyihasi Toshkent deklaratsiyasida hisobga olindi.

Shu bilan birga, bugungi anjumanda ishtirok etayotgan:

- Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boyicha oliy vakili Federiko Mogerini xonimni;

- Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Amerika Qoshma Shtatlari, Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Turkiya, Hindiston, Eron, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Qatar, Qozogiston, Qirgiziston, Tojikiston va Turkmaniston tashqi siyosat mahkamalari, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini chin qalbimdan qutlashdan goyat mamnunman.

Bugun ushbu zalda BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy azosi bolgan davlatlar va Shanxay hamkorlik tashkilotiga azo davlatlar vakillari toplanganini alohida takidlamoqchiman.

Hurmatli konferensiya ishtirokchilari!

Biz shu kunlarda bahor va yangilanish bayrami bolgan Navroz ayyomini keng nishonlamoqdamiz. Azal-azaldan bu faslda urush-janjallar toxtatilgan, odamlar eski gina-kuduratlarni unutib, bir-birini kechirgan va hatto eng murakkab, hal etib bolmaydigandek tuyulgan masalalar boyicha ham kelishib, hamjihatlikka erishgan.

Ishonchim komil, bugun biz ham davrimizning eng otkir mintaqaviy va global muammolaridan biri Afgonistondagi qarama-qarshilikni hal etishni amaliy ruhda muhokama qilib, birgalikda umumiy bir yechim ishlab chiqishga qodirmiz.

Ming afsuski, jafokash Afgoniston zaminidagi bu toqnashuv qariyb 40 yildan buyon davom etmoqda.

Malumki, urush olovi afgon xalqiga chetdan tiqishtirildi, bu uning tanlovi emas.

Ana shu yillar mobaynida yuz minglab tinch aholi urush qurboniga aylandi, millionlab insonlar oz uylarini tashlab ketishga va boshqa mamlakatlardan boshpana izlashga majbur boldi.

Bu mojaroga yangi-yangi kuchlarning jalb etilishi uning mislsiz darajada keskinlashib ketishiga olib keldi. Ushbu urush nafaqat Afgonistonning muammosi, balki tobora murakkablashib borayotgan xalqaro muammoga aylandi.

Afgonistonda xalqaro terrorchi guruhlar sonining kengayishi, zoravonlik va qon tokishlar, narkobiznesning barham topmayotgani bularning barchasi bu mamlakatdagi vaziyatni jahon jamoatchiligi tomonidan inkor etilishiga yol qoyib bolmasligini korsatmoqda.

Eng yomoni, Afgonistondagi qurolli qarama-qarshilik va zoravonlik sharoitida butun bir avlod voyaga yetdi. Lekin bu, ayrim ekspertlar andishasizlarcha takidlayotganidek, boy berilgan avlod emas. Ular urush, muhtojlik va qiyinchiliklardan charchagan odamlar, xolos. Ular ozaro nizolarga chek qoyib, tinch hayotga, oz mamlakatini taraqqiyot va farovonlikka olib boradigan bunyodkor mehnatga qaytishni xohlaydi va shunga intiladi.

Men qatiy aminman: afgon xalqida oz farzandlari va kelajak avlodlarning baxt-saodati yolida yangi, tinch hayotni boshlash va barpo etish uchun kuch-gayrat, donishmandlik, mardlik va matonat yetarli.

Bugungi anjumanimizda vakillari ishtirok etayotgan davlatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar bu jafokash mamlakatdagi vaziyatni tinch yol bilan hal etishga komaklashishda muhim rol oynashga qodir va shunday bolishi kerak.

Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi voqealar oqibatida Afgonistondagi vaziyat malum bir vaqt davomida xalqaro siyosat etiboridan chetda qoldi. Ammo buning natijasida mazkur mojaro oz keskinligi va jiddiyligini yoqotgani yoq.

Ozbekistonda xalqaro konferensiya otkazish taklifi va Afgonistonda tinchlik va barqarorlikni taminlasha qaratilgan say-harakatlarni birlashtirish zarurati quyidagi omillar bilan bogliq.

Birinchidan, bizning tashabbusimiz Ozbekistonning tashqi siyosat konsepsiyasiga tola mos keladi. Bu konsepsiyada avvalo qoshni mamlakatlar bilan yaxshi qoshnichilik, dostlik va ozaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash ustuvor vazifa etib belgilangan Ikkinchidan, Ozbekiston va Afgoniston xalqlari asrlar davomida yagona madaniy-sivilizatsion makonda yashab kelgan.

Azal-azaldan Amudaryoning ikki tomonida ozaro oxshash tillar, umumiy muqaddas din va mushtarak manaviy qadriyatlar birlashtirib turadigan xalqlar yashab kelmoqda.

Amudaryo biz uchun hamisha tiriklik manbai bolib kelgan, ammo odamlarning erkin harakat qilishiga, savdo aloqalarini yaqindan rivojlantirishga, ilm-fan sohasidagi yutuqlar bilan ortoqlashishga va bir-birini madaniy jihatdan boyitishga hech qachon tosqinlik qilmagan.

Afgon zaminida Markaziy Osiyo Uygonish davrining Abu Rayhon Beruniy, Lutfiy, Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod, Zahiriddin Muhammad Bobur, Boborahim Mashrab kabi buyuk namoyandalari va boshqa koplab bizning ulug ajdodlarimiz yashab ijod qilganlar.

Bugungi kunda Ozbekiston va Afgoniston ortasida yaqin siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalar yolga qoyilgan. Afgonistonda millionlab ozbeklar yashaydi. Afgoniston Konstitutsiyasiga muvofiq ozbek tili mamlakatning rasmiy tillaridan biri hisoblanadi.

Uchinchidan, barchamiz qatiy ishonamizki, xavfsizlik yagona va bolinmasdir va uni faqat birgalikdagi say-harakatlar bilan taminlash mumkin. Biz xavf-xatarlarning bazi birlarini ozimizniki, boshqasini esa birovniki, deb qabul qilmasligimiz kerak, aniqroq aytganda, bunday qilishga haqqimiz yoq.

Afgoniston xavfsizligi bu Ozbekiston xavfsizligi, butun bepoyon Markaziy va Janubiy Osiy mintaqasi barqarorligi hamda taraqqiyotning garovidir.

Xalqaro terroristik tashkilotlar Afgonistonni ozining doimiy makoniga aylantirib olishiga yol qoyib bolmaydi.

Tortinchidan, Ozbekiston Afgonistonda tinchlik ornatishga komaklashish boyicha tajribaga ega.

Ozbekistonning tashabbusi bilan 1999 yilda Toshkentda Afgonistonga qoshni davlatlar, Rossiya va AQSh tashqi siyosat mahkamalari rahbarlari darajasida 6+2 guruhining uchrashuvi bolib otgan edi. Bu uchrashuvda Shimoliy Ittifoq va Tolibon harakati vakillari ham ishtirok etgan edi.

Muzokaralar yakuni boyicha Afgonistondagi nizolarni tinch yol bilan bartaraf etishning asosiy prinsiplari haqidagi Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi va u Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 54-sessiyasi va BMT Xavfsizlik Kengashining rasmiy hujjatiga aylandi.

Shu munosabat bilan biz Afgoniston bilan umumiy kelajagimiz, afgonistonlik birodarlarimizni ham, bizni ham birdek tashvishga solayotgan masalalar haqida gapirish uchun barcha asoslarga, siyosiy va manaviy huquqqa egamiz.

Aynan mana shuning uchun ham Ozbekiston butun dunyo mamlakatlarini bizning bu ezgu ishdagi say-harakatlarimizni qollab-quvvatlashga davat etadi.

Qadrli dostlar!

Bugungi kunda Afgonistondagi vaziyatni bartaraf etish boyicha kop qirrali va murakkab masalalar mintaqa va xalqaro miqyosda keng muhokama qilinmoqda.

Bu orinda Afgonistondagi harbiy-siyosiy inqirozni hal etish yollarini topish maqsadida tashkil etilgan Kobul jarayoni, Moskva formati, Xalqaro muloqot guruhi, Osiyo yuragi deb nomlangan Istambul jarayoni, ShHT-Afgoniston muloqot guruhi va boshqa kop tomonlama muhokama jarayonlari alohida diqqatga sazovordir.

Ozbekiston Kobul jarayoni doirasidagi ikkinchi majlis ishtirokchilarining Afgoniston hukumati bilan Tolibon harakatining oldindan shart qoymaslik va kuch ishlatish bilan tahdid qilmaslik asosida togridan-togri muzokaralar otkazishni boshlash haqidagi qarorini qollab-quvvatlaydi.

Ammo tinchlik sari harakatning eng asosiy sharti, bizningcha, avvalo mintaqa va global darajada kelishilgan, Afgoniston uchun yagona keng qamrovli tinchlik dasturini ishlab chiqish va amalga oshirishdan iboratdir.

Shundan kelib chiqqan holda, bizning birgalikdagi say-harakatlarimizning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat bolishi lozim:

birinchi afgon muammosini tinch yol bilan hal etishning asosiy tamoyillarini ishlab chiqish va ular boyicha keng va qatiy xalqaro konsensus murosaga erishish;

ikkinchi Afgoniston hukumati va qurolli muxolifat ortasida muzokaralarni boshlash mexanizmini ishlab chiqish;

uchinchi Afgonistonda milliy kelishuv jarayoniga xalqaro hamjamiyat tomonidan komak berish boyicha yol xaritasini ishlab chiqish.

Va nihoyat, barcha manfaatdor tashqi kuchlarning qurolli muxolifatdan Afgoniston hukumati bilan muzokaralar stoliga otirishini, qarama-qarshilik va zoravonlikka chek qoyishni qatiy va bir ovozdan talab qilishi beqiyos ahamiyat kasb etadi.

Bundan boshqa yol yoq. Bizning fikrimizcha, bugungi uchrashuvimizning bosh goyasi shundan iborat.

Hurmatli xonimlar va janoblar!

Afgonistondagi nizolar goyat murakkab va qarama-qarshi xususiyatga ega ekanini, ularga turli kuchlar jalb etilganini etiborga olgan holda, shuningdek, BMT Xavfsizlik Kengashining tegishli rezolutsiyasidan kelib chiqib, keng qamrovli tinchlik jarayonini uchta ozaro bogliq darajada amalga oshirishni taminlash muhim ahamiyatga ega, deb hisoblaymiz.

Afgoniston mamlakati darajasida markaziy hukumat va qurolli muxolifatning asosiy kuchlari, birinchi navbatda, Tolibon harakati ortasida oldindan hech qanday shart qoymasdan, togridan-togri muloqotni boshlashni taminlash zarur.

Tomonlarning bir-biriga nisbatan savollari va talabi bolajak muzokaralarda muhokama qilinishi mumkin.

Oz-ozidan ravshanki, Afgoniston ichidagi siyosiy jarayonlarni boshlashni endi orqaga surib bolmaydi. Bu jarayonni chozish yana koplab begunoh odamlarning qurbon bolishiga olib keladi.

Tinchlik jarayonining muvaffaqiyatli bolishini taminlash uchun afgonistonliklarning ozlariga tashabbus korsatish, muzokaralar qanday formatda, qachon va qayerda olib borilishi boyicha tanlash imkonini berish kerak.

Bu orinda gap, avvalo, qurolli muxolifat tomonidan ham, Afgoniston milliy xavfsizlik kuchlari tomonidan ham jangovar harakatlar olib borishdan voz kechilishi va ot ochishni toxtatish rejimiga sozsiz rioya qilinishi haqida bormoqda.

Afgonistonning kelgusidagi tinch taraqqiyoti uchun umumiy masuliyatni his etgan hamda ozbek va afgon xalqining azaliy dostlik aloqalariga tayangan holda, biz Ozbekiston hududida tinchlik jarayonlarining istalgan bosqichida Afgoniston va Tolibon harakati ortasida togridan-togri muzokaralarni tashkil etish uchun barcha sharoitlarni yaratib berishga tayyormiz.

Muxolifat tinch muzokaralarda ishtirok etadigan va milliy kelishuvga erishilgan taqdirda Afgonistonning siyosiy hayotiga muxolifatning interatsiyalashuvi uchun barcha sharoitlarni yaratish zarur boladi.

Qurolli muxolifat vakillari, jumladan, toliblar ham afgon jamiyatining bir qismi va Afgoniston fuqarolari sifatida oz mamlakati kelajagini belgilash uchun ovoz berish huquqiga ega.

Bu borada mamlakatda parlament va prezidentlik saylovlarigacha bolgan davrda afgonlar ortasida ozaro muloqotni boshlash va shu tariqa jamiyatning barcha qatlamlari, jumladan, muxolifatdagi kuchlarga ham yangi Afgoniston davlatini qurishda tolaqonli ishtirok etish uchun keng imkoniyatlar yaratish goyat muhimdir.

Mintaqaviy darajada avvalo Pokiston, Hindiston, Eron, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Qatar va Markaziy Osiyo davlatlarining qollab-quvvatlashi bilan tomonlar ortasida mustahkam kelishuvni taminlashga erishish zarur.

Afgonistonda iqtisodiy rivojlanish, xavfsizlik va barqarorlikni taminlash bilan bogliq bir qator jiddiy muammolarni hal etish kop jihatdan unga qoshni bolgan davlatlarga, bizning ezgu xohish-irodamiz, qatiy qarorimiz va bu mamlakatda milliy yarashuvni taminlash, zoravonlikka barham berishda faol ishtirok etishga qanchalik tayyor ekanimizga bogliqligini, oylaymanki, hammamiz yaxshi tushunamiz.

Barcha qoshni va hamkor mamlakatlarning say-harakatlari bir-birini takrorlamasligi, balki toldirishi kerak. Biz bu muammoni hal etish boyicha ozaro kelishilgan chora-tadbirlar, yondashuv va mexanizmlarni ishlab chiqishimiz zarur.

Shu yilning yanvar oyida BMTning Xavfsizlik Kengashi yigilishida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish janoblari takidlaganidek, mintaqaviy hamkorlikning yangi jadal suratlari umumiy, allaqachon pishib yetilgan va dolzarb vazifalarni hal etish boyicha barchamizning oldimizda katta imkoniyatlar ochadi.

Biz endi Afgonistonga uning hududidan tinchlik va barqarorlikka tahdid solmaydigan davlat sifatida qaray boshlashimiz kerak. Afgoniston bizning dostona hamkorimiz va qoshnimizdir.

Ishonamanki, Afgonistonni qoshni mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar aloqalar tizimiga jalb etish boyicha umumiy say-harakatlarimiz bu mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish va uni tinch hayotga qaytarish jarayoniga sezilarli hissa qoshadi.

Hech shubhasiz, oxir-oqibatda afgon zaminida tinchlik ornatilishi bepoyon Yevroosiyo qitasidagi barcha davlatlar uchun yangi imkoniyatlar ochadi va real naf keltiradi. Bu umumiy xavfsizlik va barqarorlikni mutahakamlash, avtomobil va temir yollari qurish, tabiiy resurslarni tashiydigan quvurlar otkazish, mintaqaviy va transmintaqaviy savdo-sotiqning rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratadi.

Imkoniyatdan foydalanib, Afgonistonning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishi uchun Ozbekiston imkon darajasida hissa qoshayotganini qayd etmoqchiman.

Biz 2002-yildan buyon Afgonistonga elektr energiyasi yetkazib bermoqdamiz. Surxon-Puli-Xumri yangi elektr tarmogining ishga tushirilishi bilan Ozbekistondan Afgonistonga elektr energiyasi yetkazib berish hajmi keskin ortadi.

Biz birgalikda yana bir strategik loyihani amalga oshirish taklifini ilgari surmoqdamiz. Bu ozbek mutaxassislari tomonidan qurilgan va hozirgi kunda faoliyat korsatayotgan Hayraton-Mozori Sharif temir yolini Hirotgacha davom ettirish loyihasidir.

Bu loyiha Afgoniston iqtisodiyotini tiklash uchun aniq va amaliy hissa bolib qoshiladi, yangi ish orinlari yaratadi va mamlakatning tranzit salohiyatini oshiradi.

Transafgon transprot-kommunikatsiya loyihalari boyicha ishlarning shu kabi katta ahamiyatga ega bolgan Ozbekiston-Turkmaniston-Eron-Ummon va Ozbekiston-Qirgiziston-Xitoy kabi boshqa mintaqaviy loyihalar bilan uzviy bogliq holda boshlangani Shimoldan Janubgacha hamda Sharqdan Garbgacha bolgan barcha yonalishlarda qitalararo transport koridorlarini eng qisqa yollar bilan rivojlantirish uchun zarur sharoitlar yaratadi.

Gumanitar aloqalar faol rivojlanmoqda. Shu yilning yanvar oyidan boshlab Afgonistonga chegaradosh Termiz shahrida maxsus tashkil etilgan Afgon fuqarolariga talim berish markazi ish boshladi. Hozirgi kunda bu maskanda 100 nafarga yaqin afgonistonlik yigit-qizlar talim olmoqda.

Biz mazkur markazda afgon mutaxassislarini tayyorlash boyicha ixtisoslik va yonalishlar sonini kengaytirishni rejalashtirmoqdamiz.

Global darajada dunyoning yetakchi, buyuk davlatlari va donor tashkilotlar tomonidan Afgonistondagi tinchlik jarayonlari prinsipial jihatdan siyosiy qollab-quvvatlanishi va mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishi uchun moliyaviy yordam korsatilishini taminlash zarur. Ularning yordami tufayli mamlakat tinch rivojlanish yoliga otdi. Bugungi Afgoniston bundan atigi yigirma yil oldingi mamlakat emas.

Ochiq demokratik saylovlar otkazilgan paytdan boshlab bu yurtda davlat qurilishining yangi davri boshlandi, oddiy afgon fuqarolari hayotida ijobiy ozgarishlar kozga tashlanmoqda. Mamlakat hukumati aholini talim va sogliqni saqlash xizmati bilan keng qamrab olishga muvaffaq boldi. Bularning barchasi afgon xalqining tinch-osoyishta hayot va taraqqiyot sari intilayotganidan dalolat beradi.

Yaqin ikki yil ichida Afgonistonda muhim siyosiy voqealar parlament va prezidentlik saylovlari otkazilishi kutilmoqda. Bu voqealar mamlakat barqaror demokratik taraqqiyot yolidan izchil ilgarilab borayotganining tasdigi bolishi lozim.

Hurmatli dostlar!

Barchamiz bir haqiqatni anglab olishimiz zarur: biz bugun faqatgina Afgonistonning kelajagi uchun emas, balki umumiy xavfsizligimiz, terrorizm, fanatizm va zorovonlikdan xoli dunyo uchun kurashmoqdamiz.

Biz otmishdagi xatolarni takrorlamasligimiz kerak. Umumiy masuliyatimizni doimo yodda tutishimiz lozim.

Afgonistonda tinchlikka erishish vazifasi bugungi kunda global xavfsizlik va taraqqiyot uchun tom manoda misli korilmagan xatarga aylangan terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashishga qaratilgan say-harakatlar bilan uzviy bogliqdir.

Bizning qatiy ishonchimizga kora, barcha tashqi kuchlar afgon hukumatining Afgonistonda xorijiy terroristik tashkilotlarning bazalarini yoq qilish borasidagi say-harakatlarini sozsiz qollab-quvvatlashi, hech qanday farqlarga qaramasdan, terrorizmni moliyaviy va moddiy-texnik qollab-quvvatlashning oldini olishi ota muhim ahamiyatga egadir.

Ozbekiston terrorizm, ekstremizm va radikalizm mafkurasiga qarshi kurash borasida hamisha prinsipial pozitsiyaga ega bolib kelgan.

Bunday xavf-xatarlarga qarshi faqat kuch ishlatish usullari bilan emas, balki birinchi navbatda, ayniqsa yoshlar ortasida, zoravonlikni keltirib chiqaradigan jaholatga qarshi marifat bilan kurashish lozim.

Otgan yili Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida Ozbekiston Yoshlar huquqlari togrisidagi xalqaro konvensiyani ishlab chiqish va qabul qilish taklifini ilgari surgan edi.

Bizning asosiy maqsadimiz yoshlarning sifatli talim olish imkoniyatiga ega bolishiga erishish, ularning oz qobiliyati va istedodini royobga chiqarishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratib berishdan iborat.

Biz barcha xorijlik hamkorlarimizga islom dinining insonparvarlik mohiyatini aholi va ayniqsa, yoshlarga tushuntirish yolida yaqin hamkorlikda ish olib borishni taklif etamiz.

Oylaymanki, bu borada Ozbekistonda tashkil etilgan Imom Buxoriy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Islom sivilizatsiyasi markazi va Ozbekiston Islom akademiyasining imkoniyatlaridan foydalanish maqsadga muvofiq boladi.

Shuningdek, biz tashabbus tariqasida Afgonistonda talimni qollab-quvvatlash boyicha maxsus xalqaro fond tashkil etishni taklif qilamiz.

Bundan kozlanadigan asosiy maqsad mamlakatda talab katta bolgan sohalar boyicha milliy kadrlar tayyorlash, istedodli talabalar va yosh olimlar uchun stipendiya va grantlar ajratish borasida afgon tomoniga komaklashishdan iborat.

Bizning qatiy ishonchimizga kora, jamiyatda talimning nufuzini oshirish va yoshlarning kamolotga intilishini ragbatlantirish bu barqaror va izchil taraqqiyotga erishish kafolatidir. Bularning barchasi, hech shubhasiz, unib-osib kelayotgan yosh avlodni zorovonlik va radikalizm mafkurasidan himoya qilishda yordam beradi.

Hurmatli forum qatnashchilari!

Ishonchim komil, ushbu konferensiyaning otkazilishi, amaliy ruhdagi muloqot va munozaralar, shuningdek, yakuniy Toshkent deklaratsiyasining qabul qilinishi Afgonistonda tinchlik ornatish boyicha amaliy jihatdan ijobiy natijalarga erishish imkonini beradi v a tinchlik jarayonining oziga xos yol xaritasiga aylanadi.

Mohiyat etiboriga kora sizlarning yordamingiz bilan afgon muammosining eng muhim jihatlari boyicha barcha manfaatdor tomonlarning siyosiy irodasi va ozaro anglashuvini ozida aks ettiradigan hujjat qabul qilinadi.

Afgonistonning kelajagi xalqaro hamjamiyatning barchamiz uchun umumiy bolgan tahdid va xatarlarga qarshi kurashishga ojiz ekanini korsatadigan misolga aylanib qolmasligi lozim.

Bugun barchamiz birlashib, jafokash Afgoniston xalqiga tinchlik va taraqqiyot yolida yordam qolini chozishimiz, uni qollab-quvvatlashimiz har qachongidan ham muhimdir.

Barcha konferensiya ishtirokchilariga chin qalbimdan samarali ish olib borishlarini tilayman!

Etiboringiz uchun rahmat.

 

Manba: OzA

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018