2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

2018-yilgi Navroz umumxalq bayramiga tayyorgarlik korish va uni otkazish togrisida

 

 

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Ona tabiatni sevish va ardoqlash, hayot gultoji bolmish insonni qadrlash, Vatanga muhabbat va sadoqat kabi ezgu goyalarni ozida mujassam etgan Navroz xalqimizning eng qadimiy, asl milliy bayramidir. Asrlar davomida el-yurtimizning olijanob orzu-intilishlarini ifoda etib kelayotgan Navroz mustaqillik yillarida yangicha mano-mazmunga ega bolib, tom manoda umumxalq bayramiga aylandi.

Navroz bayramining beqiyos ijtimoiy-manaviy ahamiyatini hisobga olib hamda ushbu qutlug ayyomni yuksak saviyada nishonlash maqsadida:

1. 2018-yilgi Navroz umumxalq bayramiga tayyorgarlik korish va uni otkazish boyicha tashkiliy qomita tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Tashkiliy qomita Navroz bayramini poytaxtimiz Toshkent shahrida, Qoraqalpogiston Respublikasi va viloyatlar markazlarida, barcha shahar, tuman, qishloq va ovullarda umumxalq sayillari shaklida yuqori darajada otkazishga qaratilgan, Aziz vatandoshlar, har kuningiz Navroz bolsin! degan goyani ozida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, madaniy-manaviy hamda targibot-tashviqot ishlari dasturini on kun muddatda ishlab chiqsin va amalga oshirsin.

2. Mazkur dasturni tayyorlashda quyidagi masalalarga alohida etibor qaratilsin:

Navroz munosabati bilan inson ozini tabiat farzandi, uning ajralmas bir qismi deb his etishini ifoda etadigan, atrof-muhitni, ona zaminni asrab-avaylashga, bugungi tinch, erkin va farovon hayotni qadrlab, uni himoya qilib yashashga chorlaydigan manaviy-marifiy tadbirlarni tashkil qilish;

barcha shahar va qishloqlarda Navrozning tarixi, mazmuni va falsafasini, ushbu bayramni otkazish bilan bogliq urf-odatlar, qadriyat va ananalarning mohiyati va ahamiyatini ozida mujassam etgan ommaviy sayillar otkazish;

Navroz kunlarida yordamga muhtoj insonlar, keksalar, nogironlar va kam taminlangan oilalar holidan xabar olish, ularga begaraz komak berish, jamiyatda ozaro hurmat, dostlik va hamjihatlikni kuchaytirishga qaratilgan savob ishlar, xayriya tadbirlari va ommaviy hasharlarni amalga oshirish;

Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bolib otadigan sayillarga folklor-etnografik guruhlari va ansambllarni, taniqli sanatkorlar, havaskor xonanda va sozandalar, baxshilar, askiyachi va qiziqchilar, dorbozlarni, yosh ijrochilarni keng jalb etish;

xalq sayillari dasturlarini tayyorlashda xalqona oyinlar, folklor sanatining eng yaxshi namunalariga keng orin berish, hunarmandlik korgazmalarini tashkil etish, ibratli oila, ibratli mahalla, ibratli maktab, mohir baxshi, mohir laparchi yonalishlari boyicha korik-tanlovlar otkazish, adabiy-badiiy uchrashuvlar, kitob bayramlarini tashkil etish.

3. Tashkiliy qomita tomonidan Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Navroz bayramiga bagishlab aholining keng qatlamlari ortasida marifiy uchrashuvlar, ochiq muloqot va suhbatlar, ijodiy kechalar otkazish maqsadida taniqli olimlar, ijodkor ziyolilar va sanatkorlardan iborat manaviy-marifiy targibot guruhlari tashkil etilsin hamda ularning aniq reja asosida faoliyat olib borishi taminlansin.

4. Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida otkaziladigan bayram dasturlarini tayyorlashga ommaviy tomoshalar boyicha yuksak mahorat va tajribaga ega bolgan ssenarist va rejissyorlar, yozuvchi va shoirlar, kompozitor va bastakorlar, baletmeysterlar, sahna rassomlari, istedodli yosh ijrochilar, folklor sanati vakillaridan iborat ijodiy guruhlar keng jalb etilsin.

5. Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga:

Navroz umumxalq bayramiga tayyorgarlik korish va uni otkazish boyicha hokimlar rahbarligida hududiy komissiyalar tuzish;

bayram sayillarini barcha shahar, tuman, qishloq va ovullarda bosqichma-bosqich ravishda yuqori saviyada, ob-havo sharoitini hisobga olgan holda tashkil etish yuzasidan tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirishni taminlash;

mart-aprel oylarida obodonlashtirish va kokalamzorlashtirish oyligini tashkil etish hamda bu boradagi ishlar eng yaxshi yolga qoyilgan tuman, qishloq va mahallalar tajribasini ommalashtirish;

Mehribonlik, Saxovat, Muruvvat uylari, kam taminlangan oilalar va nogiron shaxslarga moddiy yordam korsatish ishlarini tashkil etish vazifalari yuklansin.

6. Belgilab qoyilsinki, otkaziladigan bayram tadbirlari:

Qoraqalpogiston Respublikasi byudjeti va viloyatlarda mahalliy byudjetlar hamda joylardagi homiylik xayriyalari hisobidan;

Toshkent shahrida respublika byudjeti va Toshkent shahar mahalliy byudjeti mablaglari hisobidan teng ulushlarda qoplanadi.

7. Ozbekiston Milliy axborot agentligi, Ozbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Jahon axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Navroz umumxalq bayramiga tayyorgarlik korish va uni otkazish boyicha amalga oshirilayotgan ishlarni atroflicha yoritib borish tavsiya etilsin.

8. Mazkur qarorning ijrosini taminlash Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.Aripov va Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X.Sultonov zimmasiga yuklansin.

 

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV

 

Toshkent shahri, 2018-yil 23-fevral

 

 

 

 

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018