2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Turizm mamlakatimiz iqtisodiyotining ertangi kuni

 

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 22-fevral kuni videoselektor yigilishi otkazildi. Unda xorijiy turistlar oqimini kopaytirish va ichki turizmni yanada rivojlantirish, sayyohlik xizmatlarini yaxshilash va turlarini kengaytirish boyicha korilayotgan choralar natijadorligi tanqidiy tahlil qilindi.

Mamlakatimiz turizm sohasida ulkan salohiyatga ega bola turib, uzoq yillar bu imkoniyatdan toliq va samarali foydalanilmadi. Turizm rivoji uchun qulay iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratilmadi, hamma oz bilganicha faoliyat yuritib keldi.

Davlatimiz rahbarining 2016-yil 2-dekabrdagi Ozbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni taminlash chora-tadbirlari togrisidagi farmoniga muvofiq, sayyohlik mamlakatimiz iqtisodiyotining strategik tarmogi sifatida belgilandi. Prezidentning 2017-yil 16-avgustdagi qarori bilan 2018-2019-yillarda turizm sohasini rivojlantirish boyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Joriy yil fevral oyining ozida Prezidentning shu sohaga doir 4 ta muhim hujjati qabul qilingani davlatimizning turizm rivojiga yuksak etiboridan dalolat boldi. Ushbu hujjatlar bilan sohada yigilib qolgan muammolarni hal etish, turizm salohiyatini oshirish boyicha ustuvor vazifalar belgilandi, ichki turizmni yanada rivojlantirishga koplab imtiyozlar, yengilliklar berildi.

Shavkat Mirziyoyev turizmning iqtisodiyotdagi ornini alohida takidlab, mamlakatimizda bu boradagi ahvol va sohani rivojlantirish boyicha korilayotgan choralar samaradorligini birma-bir tahlil qildi.

Turizmni rivojlantirish davlat qomitasi va uning mintaqaviy tuzilmalari shtat birliklari oshirilgani, hududlarda turizm departamentlari va boshqarmalari, hokim orinbosarlari lavozimlari tashkil etilgani mazkur tashkilotlarning imkoniyatlarini kengaytirdi.

Joriy yilning 10-fevralidan boshlab Yaponiya, Janubiy Koreya, Singapur, Malayziya, Indoneziya, Turkiya va Isroildan kelayotgan turistlarga mamlakatimizda 30 kungacha vizasiz bolishga ruxsat berildi. Bundan tashqari, 39 mamlakat fuqarolariga viza berish tartibi soddalashtirildi. 2018-yil 1-iyuldan elektron vizalar joriy qilinadi.

Yigilishda elektron viza tizimini belgilangan muddatda toliq ishga tushirish, jahon tajribasini organgan holda bu tizimni yanada soddalashtirish va xorijiy turistlar kelishi tartibini muntazam yengillashtirib borish boyicha topshiriqlar berildi.

Turistlar mamlakatimizga kelgandan song yashash joyi boyicha 3 kun ichida royxatdan otishi zarurligi ularga noqulaylik tugdirayotgani qayd etildi. Sayyohlar xavfsizligini taminlash huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning vazifasi bolishi kerakligi takidlandi.

Turist sayohat qilishi, ichki ishlar idoralarida sarson bolmasligi kerak. Agar biz turizm hisobiga ish orinlari ochamiz desak, turistga shart qoyish emas, balki sharoit yaratishimiz zarur, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shu bois royxatga olish tizimini toliq elektron shaklga otkazish, bu masalani ichki ishlar idoralari, mehmonxonalar, davolash muassasalari, xususiy uylar va shu kabi joylashtiruvchi jismoniy va yuridik shaxslarning majburiyati sifatida belgilash, turistlarni bunday tashvishdan xoli qilish yuzasidan korsatmalar berildi.

Yigilishda 2017-yilda Ozbekistonga qariyb 2 million 700 ming turist tashrif buyurgani aytildi. Bu korsatkich sifat jihatidan tahlil qilinib, qarindoshlarini korish, davolanish, oqish yoki tijorat kabi maqsadlarda kelayotganlar kopchilikni tashkil etishi takidlandi.

Turizmni rivojlantirish davlat qomitasiga tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda, turizmning barcha istiqbolli yonalishlarida sayyohlar sonini kopaytirish, turizm xizmatlari real eksportini 5 yil ichida kamida ikki barobar oshirish vazifasi qoyildi.

Turizm salohiyatini oshirishda aviaqatnovlarning tutgan orniga alohida etibor qaratildi.

Jahon sayyohlik tashkiloti malumotiga kora, dunyo boylab sayyohlarning qariyb 60 foizi eng qimmat ekaniga qaramasdan, havo transportidan foydalanadi.

Ozbekiston havo yollari milliy aviakompaniyasining bu boradagi sustkashligi qattiq tanqid qilindi. Aviachiptalar narxini optimallashtirish, yangi reyslar ochish, tranzit yolovchilarni tashish imkoniyatini oshirish va aviaqatnovlar geografiyasini kengaytirish boyicha natijali ish olib borilmayapti.

Shundan kelib chiqib, Ozbekiston havo yollari milliy aviakompaniyasi oldiga qator vazifalar qoyildi. Ularga muvofiq, aviakompaniya tizimiga zamonaviy marketing joriy etiladi, dunyo aeroportlarida mavjud bolgan maxsus moslamalar, mobil aloqa vositalari yordamida aviachipta sotib olish imkoniyatlari yaratiladi.

Chet el tajribasini organish asosida Qarshi aeroportida Ochiq osmon rejimi joriy qilinib, sayyohlarga keng erkinlik yaratilmoqda. Kelgusida shunday tizim Andijon, Nukus va Navoiy aeroportlarida ham qollanadi.

Yigilishda qayd etilganidek, 30 kungacha viza olish bekor qilinganidan keyin ikki kun ichida Isroildan Ozbekistonga kelish uchun iyun oyigacha bolgan aviachiptalar sotib bolingan. Shu bois viza rejimi bekor bolgan davlatlardan qatnovlar soni oshiriladi, Toshkent shahridan tashqari Buxoro, Samarqand, Urganch, Navoiy va Qarshi shaharlariga ham togridan-togri reyslar ochiladi.

Prezident sayyohlarning kayfiyatiga tasir qiladigan eng kichik jihatlargacha etibor qaratdi. Aeroportlar zallaridagi chiroqlar xiraligi, pasport nazorati kabinalari toliq ishlamasligi, uzundan-uzoq suniy navbatlar, taksi xizmati korsatuvchi xususiy avtomobil egalarining tartibsizligi kabi holatlarni yaxshilash boyicha ham topshiriqlar berildi.

Turizmda mavsumiy davrni uzaytirish, korsatiladigan xizmat turlarini kopaytirish va turizm infratuzilmasini yaxshilash masalalari muhokama qilinar ekan, mehmonxonalarning asosiy qismi Toshkent, Buxoro va Samarqand shaharlarida ekani, turistlar oqimi oshgan davrda ularda ham joy yetishmasligi qayd etildi. Mehmonxonalarni kopaytirish, shu bilan birga, bu yonalishda xususiy joylashtirish obyektlari va mehmon uylari tashkil etish, tadbirkorlarga yer ajratish boyicha korsatmalar berildi. Sayyohlar tashrif buyuradigan maskanlar va avtomagistral yollar boyida sanitariya-gigiyena shoxobchalarini kopaytirish zarurligi takidlab otildi.

Madaniy meros obyektlariga kirish tizimini takomillashtirish, turniketlar, videokameralar va yol korsatkichlari ornatish, axborot markazlari tashkil etib, ularda turistlarni qiziqtiruvchi barcha xizmatlarni yolga qoyish boyicha korsatmalar berildi.

Yigilishda yangi xizmat va savdolar tashkil etish orqali valyuta tushumini kopaytirish masalasiga alohida ahamiyat qaratildi. Xususan, suvenirlar ishlab chiqarish va ularni maxsus kiosklarda sotish, aeroportlarda faoliyat yuritadigan Duty Free, Tax Free tizimidagi savdo shoxobchalarini turistik shaharlarda ham ochish, tadbirkorlik subyektlarini jalb qilgan holda avtomobil ijarasi markazlari va Wi-Fi zonalar tashkil etish zarurligi takidlandi.

Qadimiy shaharlarda tunu kun ishlaydigan sayyohlik hududlari, Qadimiy Buxoro va Samarqand siti turistik zonalari tashkil etish boyicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan mutasaddilarning hisoboti tinglandi.

Videoselektor yigilishida ichki turizmni rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi.

Xalqimiz, ayniqsa, mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar va kam taminlangan oilalar vakillarining mamlakatimiz hududlariga sayohatlarini ananaga aylantirish, tashkilotlar kasaba uyushmalari mablaglarida sayohat uchun xarajatlar ulushini kopaytirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Ziyorat turizmi boyicha mamlakatimizning salohiyati juda yuqori. Bu yonalishda zarur qulayliklar yaratish maqsadida Din ishlari boyicha qomita tarkibida Ziyorat turizmini qollab-quvvatlash bolimi tashkil etildi, Malayziya, Turkiya, Indoneziya kabi davlatlar uchun vizasiz rejim joriy qilindi.

Yigilishda bu boradagi imkoniyatlardan tola foydalanilmayotgani, bir qator ziyoratgohlar qarovsiz ahvolda ekani qayd etildi.

Yurtimizda islom dunyosida tan olingan allomalarning maqbaralari, tabarruk qadamjolar kop, dedi Shavkat Mirziyoyev. Masalan, turli viloyatlarda Naqshbandiya tariqatini targib qilgan 12 ulamoning qabri bor. Biz hozir ularning 8 tasi, yani Buxorodagi Etti pir va Samarqanddagi Xoja Ahror Valiy ziyoratgohlarini obod qilyapmiz. Lekin Surxondaryodagi Muhammad Zohid Buxoriy, Alovuddin Attor va Qashqadaryodagi Muhammad Darvesh, Muhammad Imganakiy maqbaralari tamirga muhtoj.

Shundan kelib chiqib, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari hokimlariga ushbu qadamjolarni obodonlashtirish, ularga olib boruvchi yollar holatini yaxshilash, ziyoratchilar uchun barcha sharoitlar yaratish boyicha topshiriqlar berildi.

Ozbekiston turizm brendini xorijda targib qilish masalasi ham tahlil qilindi.

Mamlakatimiz investitsiya, savdo va turizm salohiyatini ozaro muvofiqlashtirib, yagona brend ostida reklama qilish zarurligi takidlandi. Milliy teleradiokompaniya hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi zimmasiga Ozbekistonning turizm salohiyatini kecha-kunduz targib qiluvchi, sayohatga oid turli qiziqarli korsatuvlar namoyish etib boruvchi xalqaro telekanal tashkil etish vazifasi yuklandi.

Xorij davlatlaridagi elchilar mamlakatimiz, milliy qadriyatlarimizning targibotchilari bolishi, bunga chet eldagi vatandoshlarimiz ham hissa qoshishi zarurligi takidlandi. Turizm rivoji uchun zarur sharoitlar yaratishga doir ustuvor yonalishlar belgilab berildi.

Soha mutasaddilari, mamlakatimizning xorijiy davlatlardagi elchilari va joylardagi rahbarlarning hisobotlari tinglandi.

 

Manba: OzA

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018